Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim

❗️DIQQAT, TANLOV!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida "O'zbek tili - qalbim tarjimoni" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi 3 ta yo'nalish asosida o'tkaziladi⤵️

1-shart - "O'zbek tili - qalbim tarjimoni" mavzusida esse va o'zbek tilini sharaflovchi she'r, qasidalar yozish;
2-shart - O'zbek tili haqidagi o'z muallifligi yoki boshqa ijodkorlarning she'rlaridan audiotaqdimot tayyorlash;
3-shart - "Ona tilim - faxrim" mavzusida tasviriy san'at namunasi.

📅Tanlov joriy yilning 12-oktabridan 20-oktabr kuniga qadar o'tkaziladi.

🏆Tanlov g'oliblari 20-oktabr kuni ijod maktabida o'tkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "4" KUN QOLDI❗️

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.

📚Quyida ijod maktabining o'quvchisi Laylo Boymurodovaning O'zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronnning "Ona tilim" she'rini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim
#Arxivdan

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Qadring baland bo‘lsin,
Ona tilim!" shiori ostida o'tkazilgan tadbirlar doirasida tayyorlangan videolavha.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ona_tilim_faxrim
#Qadring_baland_bόlsin_ona_tilim

"Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi.

✍️Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

⚡️IJOD MAKTABIDA O'ZBEK TILI BAYRAMI NISHONLANDI!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlab “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida “Qadring baland bo‘lsin,
ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, jurnalist, faxriy pedagog Bo'ritosh Nosirova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, yozuvchi Temirpo'lat Tillayev, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qarshi davlat universitetining filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Nilufar Umarova, O'zbekiston Respublikasi Oliy aviatsiya bilim yurti o'qituvchilari, serjant va kursantlari, Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrugi mutaxassislari, viloyat bolalar futbol maktabi murabbiy va o'quvchilari, OAV xodimlari, ijod maktabining turk tili o'qituvchisi Junayedbey Bag'ji, shuningdek, maktabning barcha o'qituvchilari va o'quvchilari ishtirok etishdi.

🎥 Tadbir avvalida o'zbek tili tarixiga oid videorolik namoyish etildi.

✔️Tadbirni ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berdi.

Ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori (DcS) Javlon Ibragimov “Davlat tili va uning ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.

❇️ Ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan o'zbek tilini madh etuvchi badiiy, musiqiy va she'riy kompozitsiyalar namoyish etildi, milliy kuy va taronalar yangradi, e'tiborlisi, tadbir davomida maktabdagi barcha to'garak a'zolar o'zlarining betakror chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarida boy taassurot qoldirdi.

🏆 Tadbir so'nggida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Ular maktab rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi. Ta'kidlash joiz, ushbu tanlovning nazm yo'nalishida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi g'oliblar qatorida e'tirof etildi.

⚡️Bir hafta davomida ijod maktabimizda bo'lgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oq'ituvchisi va o‘quvchilariga o'quv-tarbiya jarayonlari, darsdan tashqari mashg'ulot hamda tadbirlardagi faol ishtiroki uchun tashukkurnomalar hamda estalik sovg'alari topshirildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

Muhtaram Vatandoshlar!

Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.

Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.

Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi


Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

Muhtaram Vatandoshlar!

Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.

Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.

Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ona_tilim_faxrim
#Qadring_baland_bόlsin_ona_tilim

"Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi.

✍️Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

⚡️IJOD MAKTABIDA O'ZBEK TILI BAYRAMI NISHONLANDI!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qashqadaryo viloyati hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi, Qarshi davlat universiteti, Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi va ijod maktabi bilan hamkorlikda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlab “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida “Qadring baland bo‘lsin,
ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

🇺🇿Tadbir avvalida barcha ishtirokchilar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qo'yib, ehtirom ko'rsatdilar.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi o'rinbosari Ziyoda Aminova, viloyat hokimi maslahatchisi Niriddin Egamov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari Komila Karomova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev, Qarshi davlat universiteti professori Nafas Shodmonov, QarDU "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi mudiri Nilufar Yo'ldosheva, universitet o'qituvchilari va talabalari, Qarshi shahar va barcha tuman hokimlari davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchilari, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi mutaxassislari, Maktabgacha va maktab ta'limi viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Farid Bozorov, umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchilari va o'quvchilari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

🎥 Tadbir avvalida o'zbek tili tarixiga oid videorolik namoyish etildi.

✔️ Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovning bayram tabrigini viloyat hokimi o'rinbosari Ziyoda Aminova o'qib eshittirdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirishda samarali mehnati uchun bir guruh yurtdoshlarimiz viloyat hokimining Faxriy yorlig'i va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

❇️ Qarshi davlat universiteti talabalari, Namunali maqom ansambli va Ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan o'zbek tilini madh etuvchi badiiy, musiqiy va she'riy kompozitsiyalar namoyish etildi, maqom, milliy kuy va taronalar yangradi. Ishtirokchilarning badiiy chiqishlari tadbir ishtirokchilarida boy taassurot qoldirdi.

🏆 Tadbir so'nggida viloyat Ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'limi mutaxassislari tomonidan "O'zbek tili tarixini bilasizmi?" deb nomlangan viktorina bo'lib o'tdi. G''oliblar esdalik sovg'alari - o'zbek va jahon adabiyoti durdonalari sara asarlari bilan taqdirlandilar.
#Ona_tilim_faxrim

🇺🇿Til so'zlovchining istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir.

Abu Rayhon Beruniy
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram