Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.56K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim

❗️DIQQAT, TANLOV!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida "O'zbek tili - qalbim tarjimoni" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi 3 ta yo'nalish asosida o'tkaziladi⤵️

1-shart - "O'zbek tili - qalbim tarjimoni" mavzusida esse va o'zbek tilini sharaflovchi she'r, qasidalar yozish;
2-shart - O'zbek tili haqidagi o'z muallifligi yoki boshqa ijodkorlarning she'rlaridan audiotaqdimot tayyorlash;
3-shart - "Ona tilim - faxrim" mavzusida tasviriy san'at namunasi.

📅Tanlov joriy yilning 12-oktabridan 20-oktabr kuniga qadar o'tkaziladi.

🏆Tanlov g'oliblari 20-oktabr kuni ijod maktabida o'tkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "9" KUN QOLDI❗️

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.

📚Quyida ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Hikmatbek Boyqobilovning O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "Ona tilim" she'rini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ona_tilim_faxrim

Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yoʻqolur butkul,
Bir til qolur dunyoda”.
“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.
Kim dargʻazab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.
“Vaʼzingni qoʻy, birodar,
Sen aytganing boʻlmaydi”.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim oʻlmaydi”.
— Hey, bu qanday aqida! —
Qoʻlida tabarruk jom,
Goʻzal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.
Ehtirosli, otashdil
Beranje soʻrdi nolon:
— Nahotki, farangi til
Yoʻqolgusi bir zamon!
Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
— Kim qasd etib tigʻ urdi
Ona tilim joniga!
Fuzuliy yondi:
— Ozar
Tili guldek soʻlmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim oʻlmaydi”.
Kamalakdek rango-rang
Boʻlsin deb sanʼat, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.
Beqadr boʻlsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yoʻqoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!
“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” oʻtga tutashdi.
Bir sado jahon boʻylab
Taraldi, togʻlar oshdi.
Bu sado yangrar hamon,
Sira ado boʻlmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim oʻlmaydi!

✍️Erkin Vohidov

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "8" KUN QOLDI❗️

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.

📚Quyida ijod maktabining o'quvchilari - E'zoza Normamatova va Gulsevar Umrzoqovalarning O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Kechir meni, ona tilim" she'rini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Musiqa
#Besh_tashabbus

🎻 Musiqa - inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanʼat turi. Ayniqsa, musiqa insonning axloqiy va estetik didi shakllanishida muhim o'rin tutadi.

🎼
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham Zavqiddin Boboxo'jayev rahbarligida "Musiqa" to'garagi faoliyat yuritadi. To'garak a'zolari ham milliy, ham zamonaviy musiqa asboblarida o'z mahoratlarini oshirishmoqda.

🪕Ayni kunlarda to'garak doirasida tashkil etilgan ansabl jamoasi hisobot konsertiga qizg'in tayyorgarlik olib bormoqda.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "7" KUN QOLDI❗️

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.

📚Quyida ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Farid Shodimurotovning O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning "Ona tilim o'lmaydi" she'rini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Musiqa
#Besh_tashabbus

🎼 Ushbu videorolikda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi "Musiqa" to'garagi a'zolarining dutor, doira va pianino kabi musiqiy asboblarda o'z mahoratlarini oshirayotgani aks etgan.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Toʻgaraklar_faoliyatidan
#Pazandalik

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning zamonaviy va milliy kasblarga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida turli to'garaklar faoliyat yuritadi. Shulardan biri "Pazandalik" to'garagidir.

🥘 Ushbu to'garakda o'quvchi-qizlar qandolatchilik va pazandalik, ro'zg'orda tejamkorlik hamda saranjom-sarishtalik sirlarini o'rganishadi.

🍽 To'garak rahbari Po'latova Shahnoza o'quvchi-qizlarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli va unumli o'tkazish hamda ularning qandolatchilik kasbiga bo'gan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida mashg'ulotlar olib bormoqda.

🎂 Bugun mashg'ulot doirasida to'garak a'zolarining talabiga binoan, tort pishirishdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Pazandalik

🎥 Ushbu videorolikda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi "Pazandalik" to'garagi mashg'ulotidan lavhalarni ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram