Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.21K subscribers
12K photos
1.24K videos
96 files
3.63K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 12-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanida Elizarov “Sario'zakning yuragi” deganda qayerni nazarda tutgan?

( To'g'ri javob: Ona bayit qabristoni - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

2) Shavkat Rahmonnning “Abadiyat oralab” toʻplamiga ko'ra,
“Uxlolmaysiz sokin, bemalol,
Qarolmaysiz olamga gʻamsiz,
Orom bermas baribir xayol:
Katta Yerda katta Odamsiz”, deya boshlanuvchi ushbu sheʼri qaysi rus shoiriga bagʻishlangan?

( To'g'ri javob: Yevgeniy Yevtushenko - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

3)
Abdulla Qahhorning "Asror bobo" hikoyasida uylanganiga 26 kun bo‘lganda urushga ketgan qahramon kim?

( To'g'ri javob: Abdumajid - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva).

4) Shuhratning "Oltin zanglamas" romanida kimning qabriga uchi besh qirra yulduzli temir tayoq qadashadi?

( To'g'ri javob: Sodiq - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova).

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 13-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) “Piyoda”, “Xitoy imperatorining qiyofadoshi” romanlari muallifi kim?

( To'g'ri javob: Raul Mir Haydarov - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

2) Rasul Hamzatovning “Mening Dogʻistonim” asariga ko'ra, quzgʻunning sevgan qoʻshigʻi nima?

( To'g'ri javob: qirg'in va o'lim - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

3)
Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida hikoya qahramonining fikricha, chol nechanchi yildan boshlab surat chiza boshlagan?

( To'g'ri javob: 1921-yil - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova).

4) Chingiz Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" qissasiga ko'ra, "Studebekker" nima?

( To'g'ri javob: harbiy yuk mashinasi - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva).

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 14-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) “Alpomish” dostonida Toychaxon nimadan qoʻrqardi?

( To'g'ri javob: Surhayl kampir o'g'illaridan - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Husnora Aralova).

2) Togʻay Murodning dastlabki yirik asari qaysi va qachon yaratilgan?

( To'g'ri javob: 1976-yil, "Yulduzlar mangu yonadi" - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva).

3)
Mahmudxoʻja Behbudiyning “Padarkush” dramasida boyning xotini Toshtimurodning bolalaligida qanday kasal bilan ogʻriganini eslaydi?

( To'g'ri javob: chechak - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Husnora Aralova).

4) “Oyim sandiq ochdi, tugun tugdi. Dadam qoʻlimga bir dasta pul tutqazdi. Nima qilaman desam, bir ogʻiz “kerak boʻlib qoladi”, deb qoʻya qoldi. Tugundagi narsa toʻn bilan doʻppi ekanini bilib, yuragim ezildi” ushbu soʻzlar matni qaysi yozuvchining asaridan olingan?

( To'g'ri javob: O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" asari - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva).

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.