Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.63K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#ishga_taklif

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi.

✔️ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi;
✔️ingliz tili fani o'qituvchisi;
✔️geografiya fani o'qituvchisi;
✔️tarbiya fani o'qituvchisi.

Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Kamida 5 yillik pedagogik stajga ega bo'lishi;
🔷 O'z fanidan kamida II toifaga ega bo'lishi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 31-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:

+998 (75) 221-75-28
+998 88 811 44 84 (9:00 dan 18:00 gacha murojaat etishingiz mumkin)

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi (texnik sabablarga ko'ra, oldinroq o'z ma'lumotnomasini yuborgan talabgorlardan ushbu pochta manziliga qayta jo'natishlarini so'rab qolamiz):

📩 [email protected]

🏛ABDULLA
ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI MA'MURIYATI
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
77%
aliment
23%
alement
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
78%
xayrli
22%
hayrli
#Kun_hikmati

📚ILMni fursat boʻlganda oʻrganish kerak, chunki ilm
zarur boʻlgan paytda fursat topilmaydi.

✍️Abdullox ibn Mas’ud

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik

✔️ Ijtimoiy videorolik

📖 Kitob - mazmunli hayotga eltuvchi yo‘ldir...

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#xatosiz_yozing
Final Results
58%
Oynai jahon
42%
Oynayi jahon
#xatosiz_yozing
Final Results
54%
xayol
46%
hayol
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

***
Umr o'tib borar misoli ertak,
Ertaning ketidan kelib qolar shom.
Faqat g'aflat ichra yotmagin, yurak,
Qaytib kelmas sira bu yoshlik ayyom.

Payt kelar, va'daning qimmati qolmas,
Muhlat bermas u dam to'lgan paymona.
O'tgan bir oningni qaytara olmas
Na ko'zyosh, na afsus va na bahona...

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xushxabar

🇹🇷🇺🇿Avval xabar berganimizdek, o'tgan o'quv yilidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida turk tili darslari ham yo‘lga qo‘yilgandi. Turkiyalik o‘qituvchi Bağci Cüneyt ushbu tilni o‘rganishni istovchi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda.

⚡️E'tiborlisi, turkiyalik o'qituvchidan turk tilini o'rganayotgan, shuningdek, "Ijodiy" va "Tarjimon" toʻgaraklari a'zosi, ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Gulsevar Umrzoqova Turkiyada oʻtkaziladigan kitob taqdimotiga taklif etildi!

Gulsevar o'z yozgan she'riy mashqlarini turk tiliga tarjima qilib, Turkiyadagi adabiy jurnallarga jo'natgan. Natijada, uning she'rlari Turkiyada chop etiladigan antalogiyada nashr etildi.

📚Ta'kidlash joiz, Gulsevar Umirzoqova «Orzuim kamalagi» nomli kitob muallifi. She’r va hikoyalari respublika gazetalari hamda turli bayozlarda nashr qilinib kelinmoqda.

🎊Ushbu yutuq bilan Gulsevarni tabriklaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazmiy_tarjima

Shamollar

Shamollar to’zg’itar hislarim,
Yurakda bisyor umid uyg’otar.
Nihoyat tun tugab men uchun,
Shodlikka yo’g’rilgan tong otar.

Shamollar, silaydi sochlarim,
Omonlik tilaydi boshimga.
-Tolangdan ko’p bo’lsin deb umring,
Omading yosh qo’shsin yoshinga.

Ey sabo, bo’l mening hamrohim,
O’ragin beg’ubor hislarga.
Mayliga guvoh bo’l men bilan,
Ortimdan qolguvchi izlarga.

* * *

RÜZGARLAR

Rüzgarlar kariştiriyor duygularimi,
Kalbimdeki umutlarim uyantirar.
Nihayet,benim için gece bitib,
Neşe dolu bır sabah doğacak.

Rüzgarlar oksuyor saçlarim,
Bana iyi şansları tilab.
Der:istediğinden çok yaşa,
Şansın omrüne yıllari katsın.

Ey saba,gelib bana eslık et,
Sarma beni beyaz duygularla.
Benimle tanik bo'l her zaman,
Geridema kalan izlere.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Gulsevar Umirzoqovaning turk tiliga o'girgan tarjimasi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazmiy_tarjima

ISHONCH

Ishonchim, sen meni tark etma,
Sinovlar qo’rquvga solmasin.
Maqsadlar yo’lida adashmay,
Yugurgan oyoqlar tolmasin.

Ishonchim, sen meni tark etma,
Tillar aytmasin nolishni.
Ey hayot, men uchun tuhfa et,
Maqsadning bag’rida qolishni.

* * *

Güvenim

Güvenim,sen beni birakma,
Cefalar korkuya salmasin.
Rüyaler yölunda yanilmay,
Bacaklar koşmaktan yorulmaz.

Güvenim,sen beni birakma,
Bu dilim etmesin ağıtni,
Ey hayat,ban için hediye et,
Hedefin bağrinda kalmakni.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Gulsevar Umirzoqovaning turk tiliga o'girgan tarjimasi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari

📢 PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

🔹Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi
:

Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

📌 Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

📚Harakatsizlikda baxt yoʻq.

✍️Fyodor Dostoyevskiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
“Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qishga hujjatlar qabuli yakunlanishiga ikki kun qoldi

Agentligimiz tizimidagi mazkur davlat universiteti Prezident maktablarining davomi sifatida Davlatimiz rahbarinining tegishli qaroriga binoan tashkil etilgan (PQ-5158).

Abituriyentlar Muhandislik, Raqamli texnologiyalar, Gumanitar va tabiiy fanlar hamda Menejment maktablarida o‘zlari qiziqqan yo‘nalishga o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.

👉 Batafsil: newuzbekistanuniversity

Imtihon 5-avgust kuni yurtimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 28-iyul 17:00 ga qadar davom etadi.

Universitet talabalariga ko'plab grantlar ajratadi va eng asosiysi bitiruvchilar o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lishadi.

Universitetda darslar xalqaro standartlar asosida ingliz tilida olib boriladi. Talabalarga o'z startap loyihalari ustida ishlash hamda xorijda amaliyot o'tash imkoniyatlari ham yaratib berilgan.

Bog‘lanish: +998712024111, @newuucontact_bot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#OAV_biz_haqimizda
#2_qism

🎙Avval xabar berganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova “O‘zbekiston radiosi”ning “Ziyo maskanlari” eshittirishida intervyu bergandi. Ushbu
intervyuning 2-qismini e'tiboringizga havola etamiz.

⚡️Yoqutoy Djamalova o‘z intervyusida ijod maktabida "Yozgi oromgoh" loyihasi ham an'anaviy, ham onlayn tarzida davom etayotgani, to'garaklar ham xuddi shu yo'sinda faoliyat ko'rsatayotgani, ayniqsa, Omonova Madina, Omonov Azizbek kabi ko'plab iqtidorli o'quvchilarimiz yozgi ta'til davomida ham bir qator nufuzli tanlovlarda g'oliblar safida e'tirof etilayotgani haqida ta'kidlab o'tdi.

O'z navbatida, o'quvchilar bilan bir qatorda o'qituvchilar ham o'z malakasi va tajribasi ustida ishlayotgani, yanada yangi bilimlarni o'zlashtirayotgani haqida batafsil so‘z yuritildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#xatosiz_yozing
Final Results
18%
shirgurunch
82%
shirguruch
#xatosiz_yozing
Final Results
54%
shuur
46%
shu'ur
#xatosiz_yozing
Final Results
73%
Shahanshoh
27%
shohanshoh
#xatosiz_yozing
Final Results
51%
shoxariq
49%
shohariq