Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Gerbim_faxrim

Давлатимнинг герби – бахтим тумори

Гул водийлар узра нур сочар қуёш,
Саккиз бурчагингда ҳурлик тимсоли.
Тоғлар, дарёлар ва буғдойзор акси,
Озодлик тимсоли, бахтнинг тимсоли.

Ҳумо қуши қанотида ниятлар,
Яшил, кумуш, олтин рангда, оқ рангда.
Донишманд эл дилидаги ҳикматлар,
Яшил, кумуш, олтин рангда, оқ рангда.

Зарҳалланган ҳошияси бир мағрур,
Қалбимизга монанд рангда, оқ рангда.
Эрксеварлик рамзи ҳамда бахт рамзи,
Яшил рангда, кумуш рангда, оқ рангда.

Эй, бахтлари баҳорларга монанддим
Йиллар кечди қора ранг – совуқ рангда.
Гербимизнинг ишораси зафарлар,
Яшил рангда, кумуш рангда, оқ рангда.

Бараканинг исмин айтар бошоқлар,
Ёрқин рангда, тонг каби порлоқ рангда.
Ҳалолликни ушлаб пахта чаноқлар
Кумуш рангда, оппоқ рангда, оқ рангда.

Ўзбекиcтон, йўлларинг нурли бўлсин,
Олтин рангда, кумуш рангда, оқ рангда.
Давлатимнинг герби – менинг туморим,
Осмон рангда, тонг каби порлоқ рангда.

Зулфия Мўминова, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_gerbi_iftixor_ishonch_va_ezgulik_ramzidir_

Abdulla Oripov nomli Ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Badalova Shaxnozaning O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab shoir G‘ayrat Majidning "Davlat timsoli"she‘ri asosida tayyorlagan ijodiy ishi.
ГЕРБИМИЗ МУАЛЛИФИ

Бугун Ўзбекистон Республикаси давлат герби қабул қилинган кун

Давлатимиз герби 1992 йилнинг 2 июль куни Олий Кегашнинг Х сессиясида қабул қилинган бўлиб, унинг муаллифи графикачи-рассом Анвар Мамажоновдир.
Мусаввир 1950 йилнинг 22 май куни Тошкент шаҳрида туғилган.
Davlat gerbi – milliy yuksalish mujassam ulugʼvor Vatan timsoli

2-iyul – Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Bu ulugʼvor gʼoya bugun yangi Oʼzbekistonning, har bir vatandoshimizning istiqbolga qaratilgan azmu qaroriga aylandi. Inson ulugʼ gʼoya va daʼvatlardan kuch oladi, ularga qarab qaddini rostlaydi, ularga mos ravishda oʼktam qadam tashlashga intiladi. Tiklanishsiz yuksalish boʼlmaganiday, buyuk niyat va maqsadsiz kuchli harakat, nurafshon kelajak boʼlmaydi. Аna shu maʼnoda Davlat ramzlari bugun xalqimizga hayot sinovlarini mardona yengib oʼtishda, har kun, har lahza gʼurur va matonat bilan milliy yuksalish qadam tashlashda betimsol qudrat va bunyodkorlik baxsh etmoqda.
Vatan surati! Ulugʼ mehr, ulugʼvor niyat ila muhabbat moʼyqalami bilan chizilgan, gʼurur-iftixor ranglari jo boʼlgan, qalb olami usiz huvillab qoladigan betimsol, bemisl suratki, u davlat bayrogʼimiz, gerbimiz, madhiyamiz, oʼzbek tili siymosida, avvalo, oʼzimizni oʼzimizga, shuningdek, dunyoga tanitadi.
2 iyul – Oʼzbekiston fuqarolari uchun qadrli va unutilmas kunlardan biri: bundan 28 yil muqaddam ayni shu kunda “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Demak, Davlat gerbi – xalqning erki, baxti, gʼururi, oʼzligi timsoli. Shunday timsolki, har qaraganda, xalqu Vatan tarixi, buguni, kelajagi bilan bogʼliq orzu-intilishlaringga quvvat, qudrat olasan goʼyo. Qorachigʼingga Vatan ramzida jo boʼladi, unga hatto gard tushsa ham, koʼzing yoshlanadi, diling vayron boʼladi.
Har safar Davlat gerbimizga qaraganimda, ustoz shoir Аbdulla Oripovning barchamizga sevimli “Men nechun sevaman Oʼzbekistonni” sheʼrlari beixtiyor yodga tushadi.
Togʼlar, daryolar va soʼl tomoni bugʼdoy boshoqlaridan, oʼng tomoni chanoqlari ochilgan gʼoʼza shoxlaridan iborat chambarga oʼralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochmoqda. Biz Vatanni goʼzalligu boyliklari koni boʼlgan togʼu dashtlari, daryolari uchun sevamizmi yoki oltin boshoqlari, oppoq paxtalari muhabbatimizga sababmi? Balki, toʼrt faslimizni ham munavvar, serob etgan quyoshi qalbimizga mehr nurlarini yogʼdirar?.. Shoir fikrlashga chorlagani kabi:

Men nechun sevaman Oʼzbekistonni,
Tuprogʼin koʼzimga aylab toʼtiyo.
Nechun vatan, deya yeru osmonin
Muqaddas atayman, atayman tanho.

Аslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta oʼsmaydimi oʼzga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Аxir quyoshli-ku, butun Osiyo...


Bu savolning javobi qalbni ulgʼaytirgan, maʼnaviy ganjinalar bilan boyitgan, insonni oʼz vatanidagina baxtiyor etgan tuygʼularda yaraqlaydiki, ifodasiga soʼz tanlayverasiz, tanlayverasiz! Balki, Vatanni soʼzsiz, dil bilan sevmoqning maʼnosi shundandir.
Gerbimizda tasvirlangan har bir timsol dilga tutash, ular mohiyatidagi maʼno, hikmat, mehr qalbimizda sayqallanib boraveradi. Savlat toʼkib turgan magʼrur togʼlar shunchaki togʼ emas, ular mardligu jasorat, Vatan muhabbatiga sadoqat bobida bashariyatga ibrat boʼlib qolgan ajdodlarimiz ramzi. Bu togʼlar – kuchni adolat tarozusi bilan oʼlchagan Sohibqiron Аmir Temur, Sind daryosi boʼyida mardligu shijoati bilan Chingizxonni lol qoldirgan Jaloliddin Manguberdi, Vatan bayrogʼini jonga tikkan Najmiddin Kubro, yurt gʼanimlarga oyoqosti boʼlmasligi yoʼlida umrini fido etgan Shiroq, Toʼmaris... zero, har qanday zamonda elu yurt qaddi, qadri baland boʼlishi uchun fidoyilikka tayyor insonlarning siymosi goʼyo.
Porlab turgan quyosh mehridaryo xalqimizning yuragi kabidir. Unda bagʼrikenglik, Vatanga muhabbat, qadriyatlarga hurmat, milliy yuksalishga qanot boʼlayotgan olovqalb insonlarning otashin shijoati bardavomligi bor. Quyosh hamma yurtlar uzra birdek nur, harorat ulashadi. Oʼzbekistonni sevishimizning sababi, demak, quyosh emas, qalb harorati. Gerbimizdagi quyosh bu koʼhna zaminga obodlik, fayzu barakot, yuksalish, toʼkinlik baxsh etayotgan xalqning mehr-muhabbat ofotobi ramziga ham oʼxshaydi.
Gerbimizda tasvirlangan zaminda ilmu urfonda dunyo tamadduni sarchashmalarini ochgan, uni irmoqlardan daryolarga aylantirgan bobokalonlarimiz, maʼrifatu yuksak maʼnaviyati insoniyat qalb koʼzlarini nurlantirgan ulugʼ allomayu donishmandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan momojonlardan tortib,
yaqin tarixda shu tuproq, shu xalq erku ozodligi uchun fido-qurbon boʼlgan otalarimiz, onalarimiz nafasi bor. Bu nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda ulugʼvor davlatchiligi, yuksak madaniyati, buyuk tarixi bilan eʼzozlanib kelinayotgan muqaddas zamin!
Hazrat Аlisher Navoiy aytadilar:

Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranju gʼurbat havas aylama.

Vatanni bir nafas ham tark aylash, onadan ayrilgan goʼdak koʼzidagi yoshdek gʼamli, oʼkinchli, iztiroblidir. Davlatchiligimiz tarixining barcha davrida shu aziz tuprogʼu millat ramzlari, vatan timsollari eng aziz va muqaddas qadriyat sifatida eʼzozlangan. Tugʼ, tamgʼa millat, xalq, davlatning or-nomusi kabi asralgan. Muqaddas ramzlarni asrab qolish yoʼlida ajdodlarimiz, hatto, oʼz jonidan ham kechganini koʼrsatuvchi misollar juda koʼp. Bayroq, tamgʼa bilan bogʼliq yana bir muhim jihat shundaki, jangu jadallarda davlat ramzlarini eng ishonchli bahodirlar, pahlavonlar qoʼriqlagan, koʼtargan.
“Moʼgʼullar Gurjanchni qamal qildilar. Garchi Chingizxon bir necha marotaba 76 yoshli shayxga elchi yuborib, uning salomat qolishiga kafolat berib, qalʼani tark etishga daʼvat etsada, Najmiddin Kubro “Kindik qonim toʼkilgan, menga mehr-muhabbat koʼrsatgan Vatanim uchun kurashib oʼlish huquqini mendan hech kim tortib ololmaydi”, deya bu taklifni rad etadi. U Vatan bayrogʼini baland koʼtarish barobarida oʼzi ham bayroqqa aylanadi. Vatan ishqi, ozodligi yoʼlidagi insoniy burch umrida hatto oʼn kishilik lashkarni ham boshqarib koʼrmagan buyuk olim, donishmand Najmiddin Kubroni moʼgʼullarga qarshi qahramonona jangga otlangan qoʼrqmas qoʼmondon, mard jangchiga aylantiradi. “Yo Vatan, yo sharafli oʼlim!” deya elga bosh boʼlib shahar mudofaasini tashkil etishga otlanadi.
Bu jang ona Vatanimiz tarixidagi eng shonli, shuningdek, eng fojiali voqealardan biri boʼldi. Shayx boshchiligidagi mudofaachilar Vatanning yuragi boʼlmish Gurganj himoyasini or-nomus himoyasi, deb bildilar. Har bir kurashayotgan jangchi, mudofaadagi xalq – kattayu kichik Vatan uchun kurashib oʼlishni faxr va sharaf deb bilgan ruhan yengilmas kuchga aylanadi. Imon belgisi – Vatan sevgisiga sadoqat bilan gʼanimga qarshi jangda mardona boʼlish haqidagi ulugʼ shayxning daʼvati moʼgʼullar berayotgan qurbonlar sonini keskin oshirib yuboradi. Shaharda tirik jon borki, mudofaachiga aylandi. Shayx dushman bayrogʼiga chang solgancha halok boʼladi”. Davlat gerbidagi tasvirlarning har bir qati ana shunday mardlik va qahramonliklar bilan yoʼgʼrilgan.
Donolar “Kim oʼz yurtini sevmasa, u hech qachon hech nimani seva olmaydi”, – deydilar. Taʼbir joiz boʼlsa, bizning Ona Vatanga, shu muqaddas tuproqqa boʼlgan muhabbatimiz milliy ramzlarga boʼlgan munosabatimiz orqali ham shakllanadi, ifodalandi.
Vatan ramzlari doimo balandda turadi. Bosh uzra hilpiraydi, peshtoqlardan oʼrin oladi. Negaki, u millionlarni birlashtiradi. Xalqqa kuch-qudrat baxsh etadi. Yuksak maqsadlarni tarbiyalaydi, irodani toblaydi. Ezgulik uchun kurashlarda yiqilganni tiklaydi, qoʼrquvni jasoratga, zaifni matonatli insonga aylantira oladi. Bayroqni mardona koʼtargan, davlat gerbini oʼz erki va or-nomusi ramzidek qabul qilgan inson minglab qalblarga vatanparvarlik, xalqparvarlik bayrogʼini tika oladi.
Gerbimizning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini keng yozgan Humo qushi, pastki qismida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼini ifoda etuvchi chambar lentasining bandida “O‘zbekiston” deb yozib qoʼyilgan. “O‘zbekiston” – bu soʼz koʼzimizga dunyo imlo lugʼatlaridagi barcha soʼzlardan ham koʼra chiroyli koʼrinadi. Humo qushini ajdodlarimiz baxt va iqbol, ezgulik va ulugʼvorlik keltiruvchi qush, deya taʼriflagan. Rivoyatlarda keltirilishicha, u kimning boshiga qoʼnsa, shodimonlik, baxt doimiy hamrohi boʼladi. U bizning VАTАN boshiga qoʼngan, yurt uzra parvozi bardavom, barqaror boʼlgan baxtu saodat timsolidir.
Davlat Gerbimizga qarab turib, yana bir gap dilimdan oʼtdi. Bizning Davlat Gerbimiz ham Bayrogʼimizdek chiroyli, yorugʼ, undan ezgulikning, bunyodkorlik va yaxshilikning nafasi keladi. Davlat Gerbining oʼzi bir doston, dostonki, unda buyuk xalqimizning qalbi mujassam. Biz dunyo sahnasida bugun davlat tiklagan millat emasmiz. Shu bois ham unda ulugʼ tarix, madaniyat, ezgu niyat va murod mujassam.
Davlat ramzlari bizni yurtimiz tinchligi, vatanimiz ravnaqi yoʼlida birlashtiri
b, mamlakatimiz mustaqilligini hamisha koʻz qorachigʻiday asrashga, buyuk ajdodlarga munosib voris boʻlishga, yuksak ishonch va qat’iyat bilan kelajakka qadam tashlashga da’vat etib turibdi. Davlat ramzlari – bayroq, gerb, madhiyamizda buyuk oʻtmish va yuksak madaniyatga ega boʻlgan xalqimizning shon-sharafi, gʻururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va kelajak sari intilishlari mujassamdir. Mana shu ramzlarni e’zozlash orqali biz oʻz qadr-qimmatini, oʻz mamlakatimiz istiqboli, demakki, oʻzimizga boʻlgan ishonchimizni mustahkamlaymiz. Oʻz mamlakati bilan faxrlanadigan inson hamisha millatga saodat baxsh etadigan ulugʻ ishlarga qodir boʻladi. Ana shu ma’noda 2-iyul -Oʻzbekiston Respublikasi davlat Gerbi qabul qilingan kun katta bayram qilinishga arzirli kundir.

Bu – koʻksida Vatan degan muborak nomni gard yuqtirmay olib yurishni oʻziga sharaf deb bilganlar bayrami. Bu – yangi Oʻzbekistonni bunyod etishga sidqidildan intilayotgan mardona xalqimizning bayrami. Bu – oʻz ilmi, kasb-kori, fidoyiligi bilan buyuk ajdodlarga mos ravishda qadam tashlashga intilayotgan oʻktam yoshlarning bayrami. Bu – bir butun Vatanga aylangan oʻzbekistonliklar bayrami!

Minhojiddin Mirzo, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi fanlardan òqituvchilikka ishga tanlov e'lon qiladi:

Ona tili va adabiyot, ingliz tili, geografiya, tarbiya fani òqituvchisi

Imkoniyatlar:
- Doimiy malakaviy o’sish;
- Iqtidorli o’quvchilar;
- Xalqaro va respublika konferensiya hamda treninglar;
- Boshqa ko’plab imkoniyatlar.

🔷Talabgorlar haqidagi ma'lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:

👉🏻 [email protected]

🏛ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI MA'MURIYATI
🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi:

Ixtisoslashtirilgan fanlar bòyicha direktor o‘rinbosari

Imkoniyatlar:
- Doimiy malakaviy o’sish;
- Iqtidorli o’quvchilar;
- Xalqaro va respublika konferensiya hamda treninglar;
- Boshqa ko’plab imkoniyatlar.

🔷Talabgorlar haqidagi ma'lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:

👉🏻 [email protected]

🏛ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI MA'MURIYATI
#Kun_hikmati

📚Hech qachon sabr-toqatni yoʻqotmang — bu Siz uchun eshiklarni ochadigan soʻnggi kalitdir.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
18%
xavola
82%
havola
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
49%
erta pishar
51%
ertapishar
#qabul_2023
#10_iyun_10_iyul

⚡️Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📌 Ushbu arizalarning 3-iyul holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

🖇 Eslatib o‘tamiz, Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hamda Prezident maktablarining bo’sh o’rinlariga hujjatlar qabuli 10-iyulga qadar uzaytirildi.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Шеърият_манзили

✍️Abdulla Oripov she'ri - "Ayol"
🎙O‘qidi: Madina Norchayeva.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi.

✔️ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi;
✔️ingliz tili fani o'qituvchisi;
✔️geografiya fani o'qituvchisi;
✔️tarbiya fani o'qituvchisi.

Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Kamida 5 yillik pedagogik stajga ega bo'lishi;
🔷 O'z fanidan kamida II toifaga ega bo'lishi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 31-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (75) 221-75-28 (9:00 dan 18:00 gacha murojaat etishingiz mumkin)

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:

📩 [email protected]

🏛ABDULLA
ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI MA'MURIYATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Келажагингизга бефарқ бўлманг!

Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловига 6 кун қолди
#Qabul

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun yaqin kunlarda ijodiy imtihonlar bòlib òtadi.

📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi:

I
- ijodiy matn yaratish;
II - ijodiy suhbat;
III - 50 ta test.
▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test;
▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test;
▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test.

📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi.

📞Call-markaz - 1206

☎️Telefonlar:
+99875 221 75 27   
+99875 221 84 32  
+99891 470 73 20

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Akademik_soat

"Madaniyat va ma'rifat" telekanali "Akademik soat" ko'tsatuvida adabiyotshunos olim, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning "Badiiy ijod va estetik mezon" mavzusidagi ma'ruza darsi efirga uzatildi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram