Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.53K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ|β€’ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Azizbek Norov
#Ochiq_dars

πŸ”°Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi Sherali To'rayev tomonidan 10-"B" sinf 2-guruh o'quvchilariga "Adabiyot" fanidan "Sulaymon kursisining sifati" ("Qissasi Rabg'uziy" asaridan parcha) mavzusida
ochiq darsi bo'lib o'tdi.

πŸ“Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boringπŸ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_dars
#Ona_tili_faxrim

πŸ”°Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mohigul Olimjonova tomonidan 8-"B" sinfi o'quvchilariga 2-soat ona tili fanidan "Teng va tobe bog'lanish" mavzusida
ochiq dars bo'lib o'tdi.

πŸ“šOchiq darsda zamonaviy texnologiya va metodlardan foydalanildi.

πŸ“Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boringπŸ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_dars

πŸ”°8-fevral kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi Nafosat Azizova tomonidan maktabning 7 "D"-sinf o'quvchilariga maxsus adabiyot fanidan
ochiq dars o'tildi.

πŸ“š "Alisher Navoiy hikmatlari" mavzusidagi
ochiq darsda ona tili va tasviriy san'at fani bilan bog'landi. N.Azizova tasvirda taassurotlar, imloni o'rganaylik, ifodali o'qish san'ati, she'riy san'atlar tahlili metodlaridan foydalandi.

βœ… Dars davomida o'quvchilar guruhlar asosida bellashuv tarzida ishtirok etishdi. Darsni mustahkamlash qismida esa o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga lug'atlar taqdim etildi. 

⏩ Dars so'ngida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqida savol-javob o'tkazildi. Unda "Navoiy izdoshlari" jamoasi "Hayrat ul-abror" jamoasini bir ball bilan ortda qoldirdi. N.Azizova darsda faol ishtirok etgan o'quvchilarni taqdirladi.

βœ”οΈ
Ochiq darsda maktab rahbariyati, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari ishtirok etdi.

πŸ“Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boringπŸ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_dars

πŸ‡ΊπŸ‡ΏAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bayrami munosabati bilan "Ochiq darslar haftaligi " bo'lib o'tmoqda.

βœ…Bugun ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Olimjonova Mohigul tomonidan 8-"D" sinfida adabiyot fanidan ochiq dars bo'lib o'tdi.

βœ…"Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari yuzasidan bahs-munozara "mavzusida o'tkazilgan ushbu darsda o'quvchilarga munozara , bahs, musobaqa, test, rolli ijro va turli interfaol mashqlar orqali asar yuzasidan olgan bilimlari mustahkamlandi. Shuningdek, ularning o'zbek adabiy tili normalari, talaffuz qoidalari bo'yicha ham bilimlari baholandi.
#Ochiq_dars

πŸ‡ΊπŸ‡ΏMaktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, "Zamin"xalqaro jamoat fondi, Yoshlar agentligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan "Eko-Schools Uzbekistan" loyihasi yo'l xaritasi tadbirlari doirasida joriy yilning 15-oktabr "Butunjahon oziq-ovqat kuni " munosabati bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ochiq dars o'tkazildi.

βœ…Biologiya va geografiya o'qituvchilari tomonidan tashkillangan ushbu darsda o'qituvchilarga ekologik madaniyat, iqlim o'zgarishlari, to'g'ri ovqatlanish bo'yicha ma'lumotlar berildi, mavzu yuzasidan taqdimot o'tkazildi.
πŸ”΅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boringπŸ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_dars

πŸ‡ΊπŸ‡ΏAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bayrami munosabati bilan "Ochiq darslar haftaligi " bo'lib o'tmoqda.

βœ…Bugun ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shodmonova Dildora tomonidan  8-"A" sinfida ona tili fanidan ochiq dars bo'lib o'tdi.

βœ…"Lazgi" matni ustida ishlash" mavzusida o'tkazilgan ushbu darsda o'quvchilarga  matn yuzasidan tahlil lug'at ustida ishlash, audiomatnni tinglab tushunish, topshiriqlar bilan ishlash orqali ma'lumotlar berildi, bilimlari baholandi. Shuningdek,  ularning o'zbek adabiy tili me'yorlari,   talaffuz qoidalari, imlo bo'yicha ham bilimlari baholandi.

βœ…Darsda adabiyot, musiqa, iqtisod, matematika, tarix fanlari integratsiyasiga e'tibor qaratildi.
πŸ”΅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boringπŸ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_dars

βœ…Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida rus tili fanidan 8-sinfda ochiq dars bo'lib o'tdi.
βœ…O'qituvchi Gulandon Xonkeldiyeva o'quvchilar bilan nazariy bilimlarni amaliy qo'llashga undaydigan maqollar, iboralarni o'z o'rnida ishlatishga mo'ljallangan "Kto znatok?", "ΠšΠ½ΠΈΠΆΠ½Ρ‹ΠΉ ΠΌΠ°Ρ€Π°Ρ„ΠΎΠ½" kabi o'yinlarini tashkil etdi. O'quvchilar nutqiy ko'nikmalarni suhbat, savol-javob jarayonlarida "Mutolaaning foydalari" intellektual o'yini namoyish etildi. Shuningdek, o'quvchilarning ijodiy ishlari taqdimoti bo'lib o'tdi.
βœ…Darsda mavzuga oid videolavhalar, rolli dialoglar, ijro etildi. Dars so'ngida o'quvchilarga ular bilimiga qo'yilgan baholar ramziy tarzda turli rangdagi muloqot kitobchalari tarqatish orqali bildirildi.
βœ…Dars o'ziga xos ijodiy yondashilgan holda tashkil etildi.
#Ochiq_dars
#Nemis_tili

βœ…Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2024-2025 o'quv yilidan o'quvchilarga 2-chet tili - nemis tilini o'qitish yo'lga qo'yilgan.

βœ…Bugun 7-"A" sinfida nemis tili fani o'qituvchisi Hamidova Nafisa tomonidan "Kelishiklar " mavzusida ochiq dars o'tildi.

βœ…Dars ishtirokchilari qisqa vaqt ichida o'quvchilarning nemis tilini o'zlashtirish darajasi, nutq ko'nikmalari rivojlanayotganligini guvohi bo'ldilar.

βœ…Darsda qiziqarli o'yinlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi.O'qituvchi va o'quvchining o'zaro hamkorligi asosida o'tkazilgan dars o'quvchilarga katta ishtiyoq berdi.

⚑️Ijod maktabida bugungi kunda o'quvchilarga Ona tili bilan bir qatorda ingliz til, rus tili, turk tili va nemis tili o'rgatilmoqda.