Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.7K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Seminar_trening

Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida seminar-trening òz ishini boshladi.

Seminar-treningni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi mutaxassisi Zarina G'aniyeva olib bormoqda.

⚡️Unda ijod maktabining ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fani o'qituvchilari ishtirok etmoqda.

🔰Seminar-trening ertaga ham o'z ishini davom ettiradi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#our_pride

🌍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari nufuzli xorijiy universitetlardan grant yutishmoqda.

🎉🥳 Maktabimizning 11-sinf oʻquvchisi Gulsevar To'rayeva xorijning nufuzli oliygohlaridan qabul xatlarini qoʻlga kiritib, jami 372 ming AQSH dollari miqdoridagi grant sohibasi bo'di. Quyida oʻquvchimizning oʻqishga qabul qilinib, grant yutgan universitetlari:

Simmons University $108.000 AQSH dollari;
University of Minnesota
University of Cincinnati $40.000 AQSH dollari;
University of Missouri $60.000 AQSH dollari;
Arizona State University $40.000 AQSH dollari;
University of Arizona $60.000 AQSH dollari;
University of Buffalo $24.000 AQSH dollari;
Colorado State University $40.000 AQSH dollari;

💫Gulsevarning kelgusidagi oʻqish va ishlariga muvaffaqqiyat tilaymiz!

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#our_pride

🎉🥳 Graduates of Creativity school named after Abdulla Oripov in Qarshi are receiving acceptance letters from top universities of the World!

⚡️ Gulsevar Turayeva has been admitted as a student of eight highly ranked universities of the World and received $372 000 scholarships in total.

🇺🇿 Gulsevar Turayeva has been accepted to:

Simmons University with $108.000 scholarship
University of Minnesota
University of Cincinnati with $40.000 scholarship
University of Missouri with $60.000 scholarship
Arizona State University with $40.000 scholarship
University of Arizona with $60.000 scholarship
University of Buffalo with $24.000 scholarship
Colorado State University with $40.000 scholarship

💫 We wish good luck to our students in achieving their goals!

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#our_pride

🌍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari nufuzli xorijiy universitetlardan grant yutishmoqda.

🎉🥳 Maktabimizning 11-sinf oʻquvchisi Marjona Norqulova xorijning nufuzli oliygohlaridan qabul xatlarini qoʻlga kiritib, jami 286 ming AQSH dollari miqdoridagi grant sohibasi bo'di. Quyida oʻquvchimizning oʻqishga qabul qilinib, grant yutgan universitetlari:

The University of Arizona 88000$ AQSh dollari
Arizona state university
Franklin university in Switzerland 98000$ AQSh dollari
The university of Missouri 60000$ AQSh dollari
The university of Minnesota (Honors Program)
University ofColorado Boulder
Whitworth university
The University of Cincinnati 40000$ AQSh dollari;

💫Marjonaning kelgusidagi oʻqish va ishlarida muvaffaqqiyat tilaymiz!

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#our_pride

🎉🥳 Graduates of Creativity school named after Abdulla Oripov in Qarshi are receiving acceptance letters from top universities of the World!

⚡️ Marjona Norqulova has been admitted as a student of eight highly ranked universities of the World and received $286 000 scholarships in total.

🇺🇿 Marjona Norqulova has been accepted to:
The University of Arizona with 88000$ scholarship
Arizona state University
Franklin university in Switzerland with 98000$ scholarship
The university of Missouri with 60000$ scholarship
The university of Minnesota (Honors Program)
University of Colorado Boulder
Whitworth university
The University of Cincinnati with 40000$ scholarship

💫 We wish good luck to our students in achieving their goals!

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijod_maktablari
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

❗️Agentligimiz tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari Gulsevar To'rayeva 372.000 hamda Marjona Norqulova 286.000 AQSH dollari miqdorida bir nechta nufuzli xorijiy universitetlarning grantini qo‘lga kiritishdi.

💫 Gulsevar va Marjonaning kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqqiyat tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?

So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.

Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?

Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.

Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.

Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.

Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.

Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.

Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.

Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.


Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida joriy yilning 13-14-aprel kunlari ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fani o‘qituvchilari uchun "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida Agentlik mutaxassisi Zarina G'aniyeva tomonidan amaliy seminar oʻtkazildi.

📌📌Treningda qoʻllanilgan amaliy mashgʻulotlar o'qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishga, dars metodlariga yangi innovatsiyalarni qo'llashga, ularning tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🗓 Shu yilning 13-14-aprel kunlari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

⚡️ Treningda qoʻllanilgan amaliy mashgʻulotlar o'qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishga,  tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

📍Keyingi manzil: Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube