Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸Tanlovdan fotoreportaj (2-qism)
📸Tanlovdan fotoreportaj (3-qism)
#Ijodiy_ishlar_tanlovi
#navoiyxonlik

Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi, “Ilhom chashmasi” ijodiy to‘garagi a’zosi Narsillayeva Maftunaning buyuk daho Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ijodiy ishlar tanloviga yozgan she'ri.
BUYUKLIK
Asrlar asragay yillar sabog’in,
Jo’sh urib yurakdan otilgan baytlar.
Oldiku munajjim olam ardog’in,
Hayot kitobidan keltirib qaydlar.

Ijod gulshanidan guldasta yasab,
So’zlarni dur kabi baytlarga tizdi.
Gavhar izlagandek dengiz tubidan,
She’riy ummonlarda g’ovvosdek suzdi.

Pokiza ko’nglini, o’tkir aqlini,
Ona vataniga fidolar qildi.
Meros atab bizga buyuk naqlini,
Navoiy mangulik uchun yaraldi.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Ijodiy_ishlar_tanlovi
#navoiyxonlik

Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Raimova Durdonaning buyuk daho Alisher Navoiy tavalludiga baģishlab òtkazilayotgan ijodiy ishlar tanloviga taqdim etgan she'ri

NAVOIYGA
Qalbda nurafshonlik eshigin ochgan,
Nazmda gʻazalning durlarin sochgan.
Mehnatsiz yuksalish yoʻlidan qochgan
Navoiy bobomni yodga oldim men!

Soʻzlarni sadafdek bir qator tizgan
Ma'nolar qasrini she'rida tuzgan
Allohga sevgisin qalamda chizgan
Koʻngil me'morini yodga oldim men!

Yuragim titrar har baytini oʻqib,
Bobomdek men ham zar misralar toʻqib,
Dilda tugʻyonlarim bugun joʻsh urib,
Adabiyot koʻrkini yodga oldim men!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Audio
#Navoiy_ģazallari
#Buyuk_saodat

«Ey, nasimiy, subh ahvolim...»

✍️ Alisher Navoiy g'azali
🎤 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining Ijodiy to'garak rahbari, Òzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Nilufar Umarova o'qidi.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyxonlik

🔰 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rus tili fani o'qituvchisi Gulandom Xonkeldiyevaning she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlab tayyorlagan videoroligi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Besh_tashabbus

🏆"Besh tashabbus"ning ikkinchi yoʻnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

⚽️Shu ma'noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-10-sinflari o'quvchilari o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi.

🥇Musobaqada 1-o'rinni 9-sinf o'quvchilari qo'lga kiritishdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
Maktab ta’limiga oid muhim choralar amalga oshirilishi belgilanmoqda — Davlat dasturi Farmoni loyihasi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unda ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida joriy yilda qator muhim choralar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Aziz yurtdoshlar va ta’lim sohasi fidoyilari!

Siz ham ushbu Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting hamda sohaga doir muhim takliflaringizni qoldiring.