Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.28K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Yangi_elektron_dastur
#Abdulla_Oripovni_birga_o'rganamiz

Joriy yilning 15-aprel kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Omonov Azizbek va Sa'dullayev Sarvarning yangi elektron dasturi taqdimoti o‘tkazildi. Unda respublika "Madaniyat va ma'rifat" telekanali katta muharriri Ilhom Avazov, jurnalist Muhiddin Sattorov, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi mutaxassislari, Qarshi iqtisodiyot instituti o'qituvchilari hamda ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etdilar.
#PIIMA #Press_tur #Taqdimot

⚡️Bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabida press-tur bo'lib o'tdi. Unda:

▶️ job.piima.uz sayti va mazkur sayt uchun tayyorlangan ijtimoiy video-rolik taqdimoti o'tkazildi.
▶️ Maktabdagi pedagog kadrlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berildi.
▶️ Maktab kutubxonasi, robototexnika xonasi, musiqa xonasi, yotoqxona va chet ellik o‘qituvchilar yashaydigan mehmonxonadagi sharoitlar bilan tanishtirildi.
▶️ Davra suhbatida jurnalistlar savollariga jabob berildi.

👉 Batafsil

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qalblardan_joy_olgan_shoir
#Tanlovga

Muhammad Yusuf xotirasiga

Qirda bosh ko‘targan lolaqizg‘aldoq,
Uyalib atrofga qaraydi bundoq.
Dalada bir o‘zi qolgandek go‘yo,
Xayol girdobida turibdi shundoq.

Sizning she'rlaringiz eshitib maysa,
O‘zin o‘xshatadi ulkan chinorga.
"O, ota makonim" so‘zin eshitib,
Atrofga qaraymiz, o‘xshaysiz borga.

Rayhon yaprog‘ini ochib duoga,
Sizga jannatlardan so‘raydi joylar.
"Tanish teraklar" ham sog‘inch dog‘ida,
Xira nur sochmoqda bu to‘lin oylar.

Otasiz qolgandek bedapoyalar,
Yaylovda yugurmay jayron, soyalar.
Hatto lolalar ham tortadilar uf,
"Qani qayda", - deya Muhammad Yusuf.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Yo‘ldosheva E'zoza.

✍️Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
#Qalblardan_joy_olgan_shoir
#Tanlovga
Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligiga
"O, ota makonim, onajon o‘lkam",
Muqaddas tuproqli, musaffo osmon.
Vatan sog‘inchi deb chekkanimda g‘am,
Sen tomon yuzlangum ,shahri Andijon.
Keng dala –dashtingdan boshlab bitilgan ,
O‘chmas xotiralar o‘chmas qissasi .
Manguga yurakka muhr etilgan ,
Ko‘hna to‘llaringda momom allasi .
Shunchaki sevgimas ,”Shoir sevgisi “
U o‘tli yoshlikning yoniq izidir .
Yoki xayol hamda orom o‘g‘risi ,
Sharqning sarvinozi ,”Turkman qiz “idir .
Rayhon hidlaringni yo'limga to‘kib ,
Ko‘kda oy chiqishin kutaman mushtoq .
Go‘yo yangi baxtga ko‘zini tikib
Ochilib turibdi, “Lolaqizg‘aldoq”.
“ Mayli-da, kimgadir yoqsa- yoqmasa”...
Albat, kamolotin topadur odam.
Garchi dunyo nomin bilsa – bilmasa,
Ona xalqim menga aziz muhtaram.
Bizdan “ Mehr qolur”, qolar oqibat,
Umr o‘tib ketar, dard – g‘urbatlarda.
Vatan, baxt nomlari yashaydi abad,
Muhammad kuylagan muhabbatlarda!
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Sa’dullayev Bobomurod
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakat taraqqiyotini malakali kadrlar ta'minlaydi

🔹Bugungi kunda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarga malakali, innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlarni jalb qilish va ularning malakasini oshirishni doimiy asosda ta'minlash borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Zamonaviy pedagog eng avvalo, o'quvchilarni bilimga qiziqtira olishi, o'z qobiliyatini namoyon qilishida o'quvchiga to'g'ri yo'l ko'rsata bilishi, bolalarda mantiqiy va erkin fikrlashni, o'zgalar
fikrini anglash va o'z fikrini to'g'ri yetkazib berish qobiliyatini shakllantira olishi zarur.

Bir so'z bilan aytganda, ta'limning muvaffaqiyati ustoz salohiyatiga bog'liq. Biz ana shunday salohiyatli ustozlarni Agentlik tizimidagi maktablarga ishga taklif qilmoqchimiz.

📌Marhamat, Siz uchun qulaylik va shaffoflik yaratish maqsadida tashkil etilgan job.piima.uz sayti orqali ro'yxatdan o'ting !

❗️Yurtimizdagi eng iqtidorli o'quvchilar aynan Sizni kutmoqda
​​Bill Geysdan maktab o'quvchilari uchun hayotiy qoidalar:

- Hayot ko'rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo'ladi. Siz ham hayotingizni qo'lga oling va uni ishga soling!

- Dunyo sen o'zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o'zingni hurmat qilishingdan oldin, biror ishni qoyillatib qo'yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga loyiq ekaningizni isbotlang.

- Agar bugun o'qituvchining talabchanligidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo'lida ishlaganingizda pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko'ring.

- Maktabni tamomlamasdan turib, na o'zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda hattoki yashay olishning ham iloji yo'q. Shuning uchun hozir bilim oling.

- Ehtimol, siz o'zingizni quyi ishga munosib ko'rmassiz, ammo sizning ota-bobolaringiz bu ishni boshqacha: "imkoniyat" deb atagan. Siz ham ishni quyidan boshlang va mehnatga nisbatan kibrli bo'lmang.

- Hayotda nimaninidir xato qilsangiz bunda o'zingizni yoki boshqalarni ayblamang. Aybdorni topishdan foyda yo'q. Xatodan xulosa chiqarishni o'rganing. Xulosalardan foyda.

- Sizning tug'ilishingiz ota-onangiz uchun faqatgina bayram bo'lmagan. Balki katta mas'uliyat ham bo'lgan. Ularni qadrlang. Shunda o'zingiz ham qadr topasiz.

- Maktabni a'lochilar ham, past o'zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o'qiydiganlarga to'g'ri javobni topgunlariga qadar qulay imkoniyat yaratib beriladi. Ammo katta hayotda to'g'ri yo'lni topish uchun sanoqli imkoniyat beriladi. Shuni unutmang.

- Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to'lash kerak bo'ladi. Bu esa vaqt va mashaqqat degani
❗️PIIMА tizimidagi maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

📋 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimida hozirgi kunda 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta Ijod maktabi faoliyat yuritadi.

💻 Hozirgi kunda barcha davlat organlari telegramda oʼz sahifalarini yuritmoqda. Jumladan, Аgentlik tizimidagi maktablar ham.

🔷Mazkur telegram kanallarida tizimdagi maktablar yangiliklaridan boxabar boʼlish, oʼzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud. Maktablarning rasmiy kanallari bilan tanishib, aʼzo boʼlishni tavsiya qilamiz.

PREZIDENT MAKTABLARI

▶️ Toshkent shahridagi Prezident maktabi
▶️ Namangan shahridagi Prezident maktabi
▶️ Nukus shahridagi Prezident maktabi
▶️ Xiva shahridagi Prezident maktabi

IJOD MAKTABLARI

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o`qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqur órgatishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
▶️ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Isxoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
▶️Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
▶️ Muxammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktab
▶️ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Mirzo Ulug’bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati
#Tanlovga

El shonini kuylagan shoir
(Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligiga bag'ishlanadi)

O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf o’zining qisqa, ammo mazmundor umri va ijodiy faoliyati davomida boy adabiy meros qoldirdi.Vatan ozodligi, xalq baxti,yurtning nurafshon kelajagini yonib kuylagan iste’dodli shoirning asarlari millat e’tirofiga sazovor bo’ldi va qalblardan chuqur joy oldi.Uning har bir she’ridan shoirning chin inson va jo’shqin ijodkor sifatidagi yorqin siymosi, qalb kechinmalari, hayotga va odamlarga o’zgacha mehri haqida yaxlit tasavvur hosil bo’lishi aniq.Bilasizmi,so’z bilan ko’ngil tubiga kirish mumkin. So’z bilan toshbag’irlarni eritish mumkin. Ammo, bu oson bo’lmaydi. Muhammad Yusuf esa o’z so’zi bilan xalqimiz yuragidan joy olgan, so’zi bilan haq gapni aytolgan ijodkor edi. Uning barcha she’rlari allaqachon muxlislarga yod bo’lib ketgan, ohanglarga solib qo’shiq qilib aytilgan bo’lsa hamki o’z jozibasini yo’qotgani yo’q. Chunki uning bitgan barcha satrlari o’zining xalqona ruhi, sodda va samimiyligi, ohanglarining sermazmun va ravonligi bilan ajralib turadi. Bunday shaffoflik, samimiylik o’quvchini o’ziga rom qiladi, tafakkur va tasavvur, xayol va hayrat olamiga yetaklaydi.
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog’ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo’llariga aso-bir tayoq tushsin.
Iymoni sog’,yuzga kirib yorug’ yuz,
To’ylar ko’rib yelkasidan tog’ tushsin.
Va jismiga so’nggi safar oldidan
O’z o’g’lining qo’lidan tuproq tushsin.
Ushbu she’rda shoir yangi g’oya yaratdi desak noto’g’ri bo’lmaydi.Chunki, bu she’r yozilishidan avval samimiy kishilarning bari har bir insonga chin ko’ngildan “doimo yasharib yuring, sochingizga oq oralamasin asnosidagi iliq tilaklar bildirishgan. Biroq Muhammad Yusuf bu sherida bu tilaklarning asl ma'nosini qoldirib, so'zlarning qarama-qarshisiga o'zgartirgan. Biz onajonimizga dil izhori sifatida aytadigan “sochingizga oq oralamasin” gapida bu so'zlar “doimo yasharib yuring”, “uzoq umr koring” ma'nolarini anglatadi. “Tilak” nomli she'ridagi “har kimning ham sochlariga oq tushsin” misrasida ham u “ har kim yoshini yashasin”, “uzoq umr korib, keksalik davronini sursin” ma'nosini ifodalaydi. Ushbu sh'er yarim tunda Yahyo Tog'aning uyqusirab aytgan “Har kimning ham sochlariga oq tushsin” misrasi sabab bolib dunyoga keladi.
O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad Muhammad Yusuf haqida shunday deydi: “Muhammad Yusuf pokiza inson edi. U odamlarni o'ylatgan, kuldirgan, yig'latgan, topgan-tutganini odamlar ustidan sochgan saxiylik timsoli edi. U hammani o'ziga do'st deb bilardi. Hech kimni begona qilmasdi. Qo'lida borini do'stlariga tarqatmagunicha, cho'ntagi bo'shab qolmagunicha ko'ngli to'lmasdi. Muhammad Yusuf tez og'izga tushdi. Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo'lmagan. Ochig'ini aytsam, Muhammadga ko'z tegdi Aslini olganda, asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o'lmas meros qoldirdi. Muhammad muxlislarining yuragini o'rtab ketdi. Endi shoirning o'zi yoq. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she'riyat bor! Bu she'riyat aslo zavol bilmaydi”.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 6-sinf o'quvchisi Omonova Madina
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Bevafo ko'p ekan” Muhammad Yusuf ,“O'zbekiston” 2018-yil.
2. “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” Muhammad Yusuf, “DAVR PRESS” 2019-yil nashri.
#Tanlovga
#Qalblardan_joy_olgan_shoir

O'zbekmomo
Tinchlik naqshi ko'rinadi yuzingizdan,
Tark etmayin shu quvonching O'zbekmomo.
Yursang oftob ergashadi izlaringdan,
Oftob bo'lib nur soch endi O'zbekmomo.

Donga to'lar tog'dek bo'lib xirmonlaring,
Ushaladi qalbga ko'mgan armonlaring,
O‘zingniki o‘zing yopgan shirmonlaring,
Senga tegmas qirmoch endi O‘zbekmomo.

Saroblarga aldangandik, sodda elmiz,
Bir musht bo‘lib tuguldik biz, kurashdik biz,
Chin vatanning poylariga cho‘kaylik tiz,
Sen yo‘l boshla, yo‘l och endi O‘zbekmomo.

Ey, sen, hikmatlarga to‘la sirli bag'ir,
Qancha sinovlarga chidab etding sabr,
Temurga ham alla aytding o‘zing axir,
Qaytar qalbga ishonch endi O‘zbekmomo.

Ozod yurtda, obod yurtda hur kelajak,
Bu yurt minglab daholarni kashf etajak.
Hali ne-ne Alpomishlar tug'ilajak,
Baxting boshga gultoj endi O‘zbekmomo.

Oqarmasin sochingdagi bitta tolang,
Sen yashagin, yashnasin bu dasht-u dalang
Cho‘pon bolang, dehqon bolang,sulton bolang,
Kel, duoga qo'l och endi O'zbekmomo.

Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Yusupova Shodiya
#Tanlovga
#Qalblardan_joy_olgan_shoir

O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligiga bag‘ishlanadi

UMID
Umidni o’zimga qilaman qalqon,
O’ynoqi xayollar tinadi bir kun.
Porloq kelajakka ishondim chunon,
Kapalak kaftimga qo’nadi bir kun.

Hayot shudgorini gulga belayman,
Shu gulning ta'rifin she’rlar qilay man.
Rabbimdan yolvorib shuni tilayman,
Kapalak kaftimga qo’nadi bir kun.

Axtarib yashayman cho'qqilarga yo’l,
Ko’kdagi yulduzga uzataman qo’l.
Umidlarim dengiz, hech bo’lmasa ko’l,
Kapalak kaftimga qo’nadi bir kun.

Bulutga ergashib chiqaray qanot,
Shabboda, bo'ronlar bo’lar menga ot,
Bir kamin to’ldiray dunyoni, hayhot,
Kapalak kaftimga qo’nadi bir kun.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Lochinbek Ismatillayev