Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.69K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📣 DIQQAT E'LON!

Joriy yilning 20-MAY kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universiteti vakillari ishtirokida onlayn video-konferensiya bo'lib o'tadi.

Konferensiyada siz universitet faoliyati, fakultet va yo'nalishlar hamda qabul jarayonlari haqida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin.

Barchangizni video-muloqotimizga taklif etamiz!

Video konferensiya 20-MAY kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadi.

Quyidagi havola orqali universitetning YouTube, Facebook va Instagramdagi sahifalarida onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin.

➡️ YouTube
➡️ Instagram

➡️ Facebook

Murojaat uchun: +998712024111
Telegram bot: https://t.iss.one/NewUzbekistanUniversitybot

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook
#Saralangan_satrlar

Kelajak uchun kurashmoqchi bo‘lsang, o‘tmishni o‘rgan.

©Konfutsiy

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@abdullaoripov_ijodmaktabi
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-96-son qarorining 4-bandi hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil 30-martdagi 03-02/4-413-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning har seshanba kuni “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.
“Zakovat” o‘yinlarining bu galgi turida ijod maktabining deyarli barcha òquvchilari ishtirok etdilar.
Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu o'yinda 8-B sinfining “Ideal” jamoasi 8 ballni to‘plagan holda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 7-A sinfining “Teorema” jamoasi 7 ball bilan 2-o‘rinni egalladi. 7 B-sinfining “Power of Light” jamoasi esa 5 ball to’plagan holda 3-o‘rinni band etdi.
“Zakovat” o‘yinlari davom etadi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
O'zAS № 17-son.pdf
5.1 MB
#Эътироф

⚡️“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”
gazetasining 2022-yil 20-maydagi №17-sonida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining faollar zalida dramaturg Abdulla Ayizovning “Orzular og‘ushida” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishi yoritilibdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Tógaraklar_faoliyatidan
#Besh_tashabbus

🖥 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Madina Siddiqova rahbarligidagi “Kompyuter grafikasi” to‘garak a’zolari – Saydinova Guljahon, Axmatova Zubayda, To‘rayeva Hulkar kabi o‘quvchilarning hisobot taqdimoti o‘tkazildi.
🌀Ta’kidlash joiz, to‘garak a’zolari to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan buyon bugungi kunga qadar amalga oshirgan loyihalarini elektron tarzda namoyish etib berishdi.
🌀Aytish kerakki, dars mashg‘ulotlaridan so‘ng o‘quvchilarning to‘garaklarda shug‘ullanishlari ularning yaqin kelajakda zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlarida poydevor vazifasini o‘taydi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Musiqa_tanlovi
#Besh_tashabbus

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Musiqa sehri” to‘garagining “Hayotimga hamrohdir cholg‘u” nomli ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
🎤 Tanlovni maktab direktori U.Oripov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
🎻 Tanlovda kasting asosida saralangan jami 14 nafar ijod maktabining o‘quvchilari 2 ta shart, ya’ni cholg‘u ijrochiligi va xonandalik shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
🪕Ularni viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining oliy toifali o‘qituvchisi Abdulaziz Turdixo‘jayev va viloyat namunali maqom ansambli sozandasi Kamoliddin Boboxo‘jayev baholab borishdi.
🎼 Ishtirokchilarni baholashda hakamlar ularning ovoz imkoniyati, asarning so‘zlariga alohida e’tibor qaratishdi va jami 100 ballik mezonda baholandi.
🥇Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Javohir Abdurasulov qo‘lga kiritdi, unga maxsus diplom va akustik gitara sovg‘a qilindi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa Sevinch Itolmasova va Mohitabon Xusenova egallashdi, ularga ham mos ravishda maxsus diplom hamda o‘zbekning qadimiy milliy cholg‘ularidan sanalgan chanqovuz va kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
🎺 O‘z navbatida, ushbu tanlovni tashkil etish hamda o‘quvchilarga musiqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mahorati va yordamini ko‘rsatgan musiqa rahbari Z.Boboxo‘jayevga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
📷 Tanlov jarayoni va taqdirlash marosimidan fotoreportaj