Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.4K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Amir_Temur_tavalludining_686_yilligi
#Intellektual_musobaqa

Abdulla Oripov nomli ijod maktabida 9-aprel - Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag'ishlangan intellektual musobaqa bòlib o'tdi
❇️"Jahon tamaddunida Sohibqiron Renessansi "nomli ushbu tadbirda Amir Temur faoliyati va temuriylar davri tarixiga oid viktorina savollari, muammoli topshiriqlar bòyicha ijod maktabining 7-"A" hamda 7-"B"sinf o'quvchilari o'zaro bellashdilar.
QarDU geografiya kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Husniddin Boyqobilov
ishtirok etib, o'quvchilarni baholashda o'z fikr-mulohazalarini bildirdi,tadbir mavzusiga oid ilmiy ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.
✳️"Sohibqiron" dramasi asosida yaratilgan sahna ko'rinishlari, buyuk ajdodimiz haqidagi she'rlar, kuy-qo'shiqlar ishtirokchilarga
katta taassurot qoldirdi.
🔰Musobaqa o'quvchilarni tarix fanini chuqur o'zlashtirishga , buyuk ajdodlarimizga ehtirom va faxr tuyg'usini rivojlantirishga xizmat qildi.
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Qaror_ijrosi
#Yashil_makon
#Ekologik_tadbir

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PQ-134-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan yòl xaritasida belgilanganidek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida obodonlashtirish va kòkalamzorlashtirish tadbirlari òtkazilmoqda.

❇️"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktabning orqa binosi hududi atrofiga biologiya o'qituvchilari M.Shoimova,
I .Eshniyozovar hamda 7-sinf o'quvchilari tomonidan turli gul kòchatlari òtqazildi.

❗️"Yashil makon" loyihasi ostida òtkazilayotgan aksiya davom etadi

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook|
#Yosh_tarjimon
#Debat_klub

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Yosh tarjimon" to'garagining navbatdagi mashg'ulotida "Dars payti va yotoqxonadagi shaxsiy vaqtda telefon berilmasin(mi)?" mavzusida ingiliz tilida ravon gaplasha oladigan o'quvchilar va to'garak a'zolari o'rtasida bahs-munozara o'tkazildi.

💥Mashg'ulot ingliz tilida olib borildi. Amerikada malaka oshirib kelgan Fullbright Tea granti sohibi Nargiza Honaliyeva, ijod maktabining ingliz tili o'qituvchisi G.Hamidova, to'garak rahbari M.Ochilova o'quvchilar tayyorlagan matn va taqdimotlarni baholab bordiar.

❗️Bahs -munozarada mobil telefoni o'quvchining dars jarayonida, darsga tayyorlanish vaqtida ortiqcha ekanligi asoslandi

🔰Mashg'ulotda turli noan'anaviy metodlardan, o'yin texnologiyalaridan foydalanildi. O'quvchilar kitobning ahamiyati, uning ma'naviy qudrati haqida o'z mulohazalarini bildirdilar.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi