Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.33K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Buyuk_daho_saboqlari
#Online_tanlovlar
#Ijodiy_tògarak

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchilarning bòsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ijod maktabida faoliyat olib borayotgan barcha tògaraklar tomonidan online konkurslar tashkil etilmoqda

Alisher Navoiyga
Ilm dengiziga to'ldirib suvlar,
Tomchisin shu zahot sepgan ko'ngilga.
Qalbga ma'naviyatdan qurib saroylar,
Besh ulug' xazina jo etgan unga.

Baytlarin bag'rida asrlar dardi,
G'azallar ko'ziga muloyim boqar.
Ko'kka ko'tarilgan millatning qadri,
Yurakka komillik mash'alin yoqar.

Shu bois hamisha ul zotning yodi,
Ko'kka porlayotgan nurli quyoshdir.
Jahon ayvonida bobom bayoti,
Ulug'lik boshida porlagan tojdir.

Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Omonova Sevinch
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Buyuk_daho_saboqlari
#Faxrimiz

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabini 2021-yilda tamomlagan Ahmadjonov Javohir bugungi kunda QarDU ning filologiya fakultetida òqimoqda.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Online_muloqot
#Mushoira

2021-yilning 25-yanvar kuni @ijodmaktablari kanalida ovozli efir orqali mushoira bo‘lib o‘tdi.

❇️ Mushoirada barcha ijod maktablaridan ijodkor o‘quvchilar ishtirok etishdi.

✳️Mushoirani Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola O‘ktamovna Umarova kirish so‘zi bilan ochib, ayni paytda o‘tkazilishi mo‘ljallangan bu kabi mushoiralarning ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy hamkorlikning mustahkamlanishi hamda ularning ijodiy qobiliyatlari rivojlanishida muhim o‘rin tutishi haqidagi fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

🔰Abdulla Oripov ijod maktabi “Ilhom chashmasi” to‘garagi rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nilufar Umarova hamda ushbu to‘garak a’zolari –7-sinf o‘quvchilari Javohir Abdurasulov va Madina Omonovalar ham ushbu she'riyat kechasida ishtirok etishdi.

❇️Javohir Abdurasulov “Yaproqlar”, “Onamga xat” she’rlarini, Madina Omonova “Qish”, “Vaqt” she’rlarini o‘qib eshittirdi.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
📣📣📣Diqqat, online konkurs!

🟦Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Kompyuter grafikasi"tògaragi tanlov e'lon qiladi

🟪"Eng yaxshi shrift dizayni "tanlovi joriy yilning 20-fevraliga qadar quyidagi shartlar asosida o'tkaziladi:

1.Noan'anaviy kòrinish
2.Soddalik va aniqlik
3.Ranglar gammasidan tòģri foydalanib, rang berish

🟩Ushbu to'garak a'zolari hamda kompyuter grafikasiga qiziquvchi yoshlarni tanlov shartlariga ko'ra ishtirok etishlari so'raladi

🟥Ijodiy ish namunalari 97 430 76 87 telegram raqami yoki https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar kanaliga yuborishingiz mumkin

🟧Tanlov g'oliblari diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
📣📣📣Diqqat, musiqa yònalishida online konkurs!!!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi Musiqa to'garagi iste'dodli òquvchilarni aniqlash va raģbatlantish hamda òquvchi-yoshlarning bòsh vaqtlarini mazmunli òtkazish maqsadida "Musiqa sehri" online konkursini e'lon qiladi

🎼Konkursda quyidagi talab va shartlar bòyicha ishtirok etishingiz mumkin

🎹1.Òzbek xalq termalari, qòshiqlari
🪕2.Òzbek mumtoz qòshiqlari
🎻3.Zamonaviy òzbek estradasi
🎸4.Xorij estrada yoki opera san'ati

❇️ Ushbu musiqa yònalishlaridagi asarlardan parcha ijro etish va video shaklda joriy yilning 20-fevraliga qadar +998946701292 telegram raqami yoki https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar telegram kanaliga yuborishingiz lozim.

💥Shoshiling, aziz òquvchilar, òz iste'dodingizni namoyon eting.

✳️Video hajmi 100 mb dan oshmasligi lozim.

🎁Tanlov ģoliblari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_darslar
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida onlayn darslar davom etmoqda.

💻 Dars jarayonlarida https://classroom.google.com/h platformasi va Zoom dasturlaridan keng foydalanilmoqda.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Online_dars
#Mahorat_saboqlari

Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida taniqli shoir, tarjimon, "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi nazm va nasr bòlimi boshlig'i Xumoyun Akbar bilan online ijodiy uchrashuv va Mahorat darsi o'tkazildi.

❇️"Yozuvchi mahorati "mavzusida òtkazilgan darsda òquvchilar badiiy adabiyot va uning umuminsoniy qimmati, badiiy mutolaa, tarjimachilik san'ati, yozuvchi olami, tasvir vositalari va badiiy bòyoqlarning asar yaratishdagi òrni , vazifasi haqida ma'lumotlar berildi.

🔰Humoyun Akbar òquvchilarga òzining "Mutolaa sirlar" va "Ijod falsafasi" asarlarini elektron variantini taqdim etdi.

✳️Darsda buyuk yozuvchilarning mahorati haqida fikr-mulohazalar berildi.Xususan òquvchilar Oybekning "Navoiy"romanini qanday yozganligi haqida qiziqarli ma'lumotlar oldilar.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Mangulikka_daxldor_inson

Chiqdi karvon ila mustaqil yo'lga,
Ko'ngil saroyidan qo'rquvni haydab.
Erklik shamollarin bag'sh etdi yurtga,
Qalbga komillikning niholin qadab.

Poklikka yo'g'rilgan millat orzusin,
O'tmishning qa'ridan opichlab o'tdi.
Baxtning yuzin o'pgan xalqning kulgusin,
Kelajak peshtoqin naqshiga bitdi.

Taralar tinchlikdan qadrdon bonglar,
Yaratdi mehr-la buyuk bo'stonni.
U sabab otmoqda nurafshon tonglar,
Meros qilib ketdi O'ZBEKISTONNI.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Omonova Sevinch
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Mangulikka_daxldor_inson

O'zbekning zabardast buyuk ajdodi,
Qancha-qacha o'tdi jasur o'g'loni.
Janglarda jon tikdi, yosh navqironi,
Shu yurt chun baxshida etdi jonini.

Tarixi buyuk yurt, hur O'zbekiston!
Gullab-yashnayversin mustaqil zamon.
Baxtli bo'lsin, elim, xalqim deb omon,
Mardlar maydoniga chiqdi bir inson.

Dovrug'in taratdi o'zbek shonini,
Mustahkam qurdilar poydevorini.
Xalqi chun ayamay hatto jonini,
Qalblarda qoldirdi mangu nomini.

Tinchligimiz bo'lsin mangu barhayot,
Ruhingiz shod bo'lsin duo qilgaymiz.
Buyuk ajdodlarim berar kuch najot,
Yorqin xotirangiz hech unutmaymiz.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf ŏquvchisi Musurmonova Shaxina.
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Mangulikka_daxldor_inson

Chiqdi karvon ila mustaqil yo'lga,
Ko'ngil saroyidan qo'rquvni haydab.
Erklik shamollarin bag'sh etdi yurtga,
Qalbga komillikning niholin qadab.

Poklikka yo'g'rilgan millat orzusin,
O'tmishning qa'ridan opichlab o'tdi.
Baxtning yuzin o'pgan xalqning kulgusin,
Kelajak peshtoqin naqshiga bitdi.

Taralar tinchlikdan qadrdon bonglar,
Yaratdi mehr-la buyuk bo'stonni.
U sabab otmoqda nurafshon tonglar,
Meros qilib ketdi O'ZBEKISTONNI.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Omonova Sevinch
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Mangulikka_daxldor_inson

O'zbekning zabardast buyuk ajdodi,
Qancha-qacha o'tdi jasur o'g'loni.
Janglarda jon tikdi, yosh navqironi,
Shu yurt chun baxshida etdi jonini.

Tarixi buyuk yurt, hur O'zbekiston!
Gullab-yashnayversin mustaqil zamon.
Baxtli bo'lsin, elim, xalqim deb omon,
Mardlar maydoniga chiqdi bir inson.

Dovrug'in taratdi o'zbek shonini,
Mustahkam qurdilar poydevorini.
Xalqi chun ayamay hatto jonini,
Qalblarda qoldirdi mangu nomini.

Tinchligimiz bo'lsin mangu barhayot,
Ruhingiz shod bo'lsin duo qilgaymiz.
Buyuk ajdodlarim berar kuch najot,
Yorqin xotirangiz hech unutmaymiz.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf ŏquvchisi Musurmonova Shaxina.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mangulikka_daxldor_inson
#Xotira

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf ŏquvchisi Badalova Shahnoza tomonidan O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 84 yilligiga baģishlab tayyorlangan videorolik.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
📣📣📣DIQQAT,DIQQAT!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimdagi barcha maktablar òquvchilari òrtasida 9-fevral -buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlab "Navoiyni anglash" mavzusida online insholar tanlovini e'lon qiladi.

✳️Tanlovning 1-bosqichi - har bir ta'lim muassasalarida joriy yilning 5 -fevraliga qadar , 2-bosqich - Agentlik tizimidagi barcha maktab òquvchilari òrtasida joriy yilning 8-fevraliga qadar òtkaziladi.

🔰Ijodiy ish (insho)namunalarini elektron shaklda 2022-yil 4-fevralga qadar maktabning @abdullaoripovyoshijodkorlar telegram kanaliga yuborish sòraladi.

🎁Tanlov g'oliblari diplom va qimmatbaho estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi