Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.28K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📣📣📣DIQQAT,DIQQAT!

🟦Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabi 9-fevral -buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlab o'quvchi-yoshlar ongiga uning bebaho ijodiy-ilmiy merosini chuqur singdirish maqsadida "Buyuk daho saboqlari" mavzusida online ijodiy ishlar tanlovini e'lon qiladi.

🟩Tanlov 3 yo'nalishda o'tkaziladi:

1.Nazm(she'r, qasida, doston)
📚📖✏️📝📘
2.Badiiy publisistika(maqola, insho,esse)
📒📃📚📜📕📚
3.Buyuk shoir ijodi aks etgan videorolik yoki audiotaqdimot
🖥🎼🎤🎧🎬📚
4.Tasviriy san'at namunasi (ulug' shoir asarlari syujeti asosida)

🟪Barcha yo'nalishdagi ijodiy ishlar mavzusi Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning boy merosiga bag'ishlanishi shart.

🟥Ijodiy ish namunalarini 2022-yil 10-fevralga qadar maktabning @abdullaoripovyoshijodkorlar telegram kanaliga yuborish sòraladi.

🎁Tanlov g'oliblari diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy__581_yoshda
#Buyuk_daho_saboqlari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida sòz mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlab online konkurs e'lon qilindi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Online_tanlovlar
#Ijodiy_tògarak

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchilarning bòsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ijod maktabida faoliyat olib borayotgan barcha tògaraklar tomonidan online konkurslar tashkil etilmoqda

QISH SEHRI

Dalalarda ajib sukunat,
Zamin esa dam olar sokin.
Mehribon koʻk ungachi yana,
Yopib qoʻyar oppoq koʻrpasin.

Shivirlaydi yomgʻir ham unga,
Aytib tinmas shirin allasin,
Shoʻx tomchilar erkalanib xoʻp,
Qitiqlaydi zaminning koʻksin.

Ichkarida jajji bolakay,
Derazasin qo‘yar lang ochib.
Zavq oladi bu tomoshadan,
Yuragiga qish sehrin sochib.

Sokinlikning kuyi taralar,
Adirlarga, dalayu dashtga.
Qattiq uyqu bosgan borliqni,
Uygʻotolmas bahordan boshqa.

Sadinova Guljahon
7-sinf o‘quvchisi, “Ilhom chashmasi” to‘garagi a’zosi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Халкаро_таълим_куни

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabini 2021-yilda tamomlagan 6 nafar òquvchisi: Samiyeva Baxtigul, Rajabova Gulinur,Hakimova Gulzoda, Oromova Fayoza, Itolmasov Rustam hamda Rahimov Mardon bugungi kunda Xalqaro universitetlarda tahsil olmoqdalar

❇️Ular Toshkent xalqaro Vestminster , Singapur, TEAM universitetlari hamda Yogju texnika institutida tahsil olmoqdalar

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Buyuk_daho_saboqlari
#Online_tanlovlar
#Ijodiy_tògarak

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchilarning bòsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ijod maktabida faoliyat olib borayotgan barcha tògaraklar tomonidan online konkurslar tashkil etilmoqda

Alisher Navoiyga
Ilm dengiziga to'ldirib suvlar,
Tomchisin shu zahot sepgan ko'ngilga.
Qalbga ma'naviyatdan qurib saroylar,
Besh ulug' xazina jo etgan unga.

Baytlarin bag'rida asrlar dardi,
G'azallar ko'ziga muloyim boqar.
Ko'kka ko'tarilgan millatning qadri,
Yurakka komillik mash'alin yoqar.

Shu bois hamisha ul zotning yodi,
Ko'kka porlayotgan nurli quyoshdir.
Jahon ayvonida bobom bayoti,
Ulug'lik boshida porlagan tojdir.

Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Omonova Sevinch
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Buyuk_daho_saboqlari
#Faxrimiz

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabini 2021-yilda tamomlagan Ahmadjonov Javohir bugungi kunda QarDU ning filologiya fakultetida òqimoqda.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Online_muloqot
#Mushoira

2021-yilning 25-yanvar kuni @ijodmaktablari kanalida ovozli efir orqali mushoira bo‘lib o‘tdi.

❇️ Mushoirada barcha ijod maktablaridan ijodkor o‘quvchilar ishtirok etishdi.

✳️Mushoirani Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola O‘ktamovna Umarova kirish so‘zi bilan ochib, ayni paytda o‘tkazilishi mo‘ljallangan bu kabi mushoiralarning ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy hamkorlikning mustahkamlanishi hamda ularning ijodiy qobiliyatlari rivojlanishida muhim o‘rin tutishi haqidagi fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

🔰Abdulla Oripov ijod maktabi “Ilhom chashmasi” to‘garagi rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nilufar Umarova hamda ushbu to‘garak a’zolari –7-sinf o‘quvchilari Javohir Abdurasulov va Madina Omonovalar ham ushbu she'riyat kechasida ishtirok etishdi.

❇️Javohir Abdurasulov “Yaproqlar”, “Onamga xat” she’rlarini, Madina Omonova “Qish”, “Vaqt” she’rlarini o‘qib eshittirdi.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
📣📣📣Diqqat, online konkurs!

🟦Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Kompyuter grafikasi"tògaragi tanlov e'lon qiladi

🟪"Eng yaxshi shrift dizayni "tanlovi joriy yilning 20-fevraliga qadar quyidagi shartlar asosida o'tkaziladi:

1.Noan'anaviy kòrinish
2.Soddalik va aniqlik
3.Ranglar gammasidan tòģri foydalanib, rang berish

🟩Ushbu to'garak a'zolari hamda kompyuter grafikasiga qiziquvchi yoshlarni tanlov shartlariga ko'ra ishtirok etishlari so'raladi

🟥Ijodiy ish namunalari 97 430 76 87 telegram raqami yoki https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar kanaliga yuborishingiz mumkin

🟧Tanlov g'oliblari diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
📣📣📣Diqqat, musiqa yònalishida online konkurs!!!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi Musiqa to'garagi iste'dodli òquvchilarni aniqlash va raģbatlantish hamda òquvchi-yoshlarning bòsh vaqtlarini mazmunli òtkazish maqsadida "Musiqa sehri" online konkursini e'lon qiladi

🎼Konkursda quyidagi talab va shartlar bòyicha ishtirok etishingiz mumkin

🎹1.Òzbek xalq termalari, qòshiqlari
🪕2.Òzbek mumtoz qòshiqlari
🎻3.Zamonaviy òzbek estradasi
🎸4.Xorij estrada yoki opera san'ati

❇️ Ushbu musiqa yònalishlaridagi asarlardan parcha ijro etish va video shaklda joriy yilning 20-fevraliga qadar +998946701292 telegram raqami yoki https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar telegram kanaliga yuborishingiz lozim.

💥Shoshiling, aziz òquvchilar, òz iste'dodingizni namoyon eting.

✳️Video hajmi 100 mb dan oshmasligi lozim.

🎁Tanlov ģoliblari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_darslar
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida onlayn darslar davom etmoqda.

💻 Dars jarayonlarida https://classroom.google.com/h platformasi va Zoom dasturlaridan keng foydalanilmoqda.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube