Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.28K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Bizning_faxrimiz

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Omonova Madina respublika miqyosida matematika,ingliz tili va IQ test bòyicha òtkazilgan integration olimpiadada 7-8-sinf òquvchilari òrtasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijaga erishdi hamda "Oltin medal"(876 ball) va Sertifikatni qo'lga kiritdi.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Bizning_faxrimiz

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Zavqiyev Firdavs Xalqaro IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topshirib,yuqori natijaga(7 ball)erishďi.


https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Antikorrupsiya

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda tizimidagi ta'lim muassasalari va tashkilotlarda korrupsiya holatlariga duch keldingizmi? Bu haqda bizga xabar bering!

👉 Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida t.iss.one/stopcorruption_bot maxsus telegram boti yoki (71) 207 40 48 ishonch telefoni orqali xabar berishingiz mumkin.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga quyidagilar kiradi:

🔹Respublikadagi 14 ta Prezident maktabi;
🔹9 ta ijod maktabi;
🔹3 ta ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab);
🔹"Yangi O'zbekiston" universiteti;
🔹Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Òquv_seminar
#Birinchi_kun

🔰Ayni vaqtda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor òrinbosarlari, psixolog va tarbiyachilari uchun òquv-seminari bòlib òtmoqda

Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik fanlari doktori , professor Firyuza Muxitdinovaning " Òzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "Yangi Òzbekiston strateiyasi"kitobi mohiyati hamda zamonaviy ta'lim va milliy tarbiya sohasidagi islohotlar" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Òquv_seminari
#Mahorat_saboģi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan òtkazilayotgan seminarda falsafa fanlari doktori,professor Jamila Shermuhammedovaning "Ta'lim muassasasi va oila", Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Jamoliddin Kamolovning ma'naviy-axloqiy tarbiya yònalishidagi ishlar amalga oshirish mexanizmi haqidagi ma'ruzalari tinglandi.

🔰Seminar davomida ishtirokchliar tomonidan taklif, fikr-mulohazalar bildirildi

✳️Òquv-seminar òz ishini ertaga davom ettiradi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH BOSHLANDI!

A-level imtihonlarini topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

A-level imtihonini topshirish istagida bo'lgan talabgordan
- shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi,
- amaldagi pochta va telefon raqami,
- ta'lim olayotgan muassasa haqidagi ma'lumot
(maktab bitiruvchilaridan bu talab etilmaydi) hamda
- imtihon topshirishni istagan fanlar ro'yxatini tanlaSH talab etiladi
.

A-level imtihonlariga qanday ro'yxatdan o'tiladi?

Imtihonlar uchun onlayn arizalarni https://alevel.piima.uz/ sayti orqali to'ldirishingiz mumkin.

Batafsil
: https://piima.uz/news/endi-a-level-va-igcse-sertifikatlarini-olish-uchun-chet-elga-borishga-zarurat-yoq-mazkur-imtihonlarni-prezident-maktablari-otkazadi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hudud Inform
Президент Шавкат Мирзиёев бугун "Заковат" интеллектуал ўйинини аҳоли ўртасида оммавий-маърифий ҳаракатга айлантириш ва бошқа интеллектуал ўйинларни ривожлантиришга оид чора-тадбирлар тўғрисида"ги қарорни имзолади.

2021 йил октябрь ойида давлатимиз раҳбари Бухоро вилояти Ромитан туманида “Заковат” интеллектуал ўйинининг финал босқичига ташриф буюриб, баҳсни кузатган, тадбир сўнгида нутқ сўзлаб, билимдон ёшларга шароит яратиш учун кўплаб ташаббусларни билдирган эди.

Ушбу ташаббуслар ижросини таъминлашга қаратилган кенг кўламли чора-тадбирлар Президент қарорида белгилаб берилди. Жумладан:

Ёшлар ишлари агентлиги зиммасига “Заковат” интеллектуал ўйини ва бошқа интеллектуал ўйинларни тизимли равишда ривожлантиришга доир вазифалар юкланди;

— 2022/2023 ўқув йилидан бошлаб интеллектуал ўйинларнинг республика босқичида ғолиб бўлган ўқувчи ёшлар ва талабалар учун йил давомида ҳар ойда бериладиган “Заковат” стипендияси жорий этилади;

2022 йилдан бошлаб, босқичма-босқич умумий ўрта, Президент, ўрта махсус ва профессионал ҳамда олий таълим муассасаларида “Заковат” интеллектуал клублари фаолияти йўлга қўйилади ҳамда ҳудудлардаги Ёшлар марказларида интеллектуал ўйинлар жамоалари учун алоҳида хоналар ташкил этилади;

— 2022 йилдан бошлаб ҳар йили талабалар ўртасида Интеллектуал олимпиада ташкил қилинади. Унда умумжамоа ҳисобида дастлабки учта ўринни қўлга киритган олий таълим муассасасига Ўзбекистон Республикаси Президенти совғаси топширилади;

— интеллектуал ўйинларнинг республика босқичида ғолиб ва совриндор бўлган умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасалари ўқувчилари ҳамда ОТМ талабалари таълимнинг кейинги босқичига базавий тўлов-контракт асосида имтиҳон синовларисиз қабул қилинади;

— таълим муассасаларида ташкил этилган “Заковат” интеллектуал клубларининг координатори бўлган профессор-ўқитувчиларга меҳнатга ҳақ тўлаш фондининг 50 фоизи миқдорида бир марталик устама тўлаб берилади;

— 2022/2023 ўқув йилидан бошлаб ҳар йили апрель ойида “Интеллектуал ҳафталик” тадбири ўтказиб борилади;

— ёшларнинг интеллектуал салоҳиятини ошириш, уларга мотивация бериш мақсадида машҳур олимлар, жумладан, Нобель мукофоти соҳиблари билан учрашувлар ташкил этиб борилади;

— “Заковат” ва бошқа интеллектуал ўйинларининг ҳудудий ва республика босқичи ғолибларини ўз мутахассислиги бўйича кадрлар захирасига олиш ҳамда раҳбарлик лавозимларига тайинлаш амалиёти йўлга қўйилади;

— Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманидаги “Ёшлар оромгоҳи”да мавсумий ишлайдиган “Интеллектуал мактаб” лойиҳаси йўлга қўйилади;

— “Янги Ўзбекистон боғи”га туташ ҳудудда “Заковат интеллектуал ўйинлари клуби” учун алоҳида бино ҳамда “Интеллектуал ўйинлар шаҳарчаси” барпо этилади. Мазкур бинолар Ёшлар ишлари агентлигининг балансида бўлади;

— интеллектуал турнирлар ташкил қилиш, билимдон ёшларни рағбатлантириш, ёш авлоднинг интеллектуал салоҳиятини оширишга қаратилган компьютер ва мобиль ўйинларни яратган дастурчиларга грант ва субсидиялар ажратиш мақсадида 2022 йилда 50 млрд сўм миқдорида, кейинги йилларда асосланган ҳисоб-китобларга мувофиқ давлат бюджетидан маблағ ажратилади.

https://t.iss.one/hudud_inform
#Tanlov
#Uchinchi_renessans_yoshlar_nigohida

❗️Diqqat! Diqqat!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilari va pedagog jamoalari (ixtisoslik yònalishlarida) o‘rtasida "Uchinchi renessans- yoshlar nigohida" nomli loyihalar tanlovi e'lon qilindi.

🟣Tanlov tashkilotchisi: Prezident ta'lim muassasalari agentligi.

🔵Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
-xalqimiz qadriyati, urf-odati va an'analari hamda madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;

-maktablarda sifatli bilim olishda o‘quvchilarning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish va rag‘batlantirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;

- o‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan'anaviy usullari.

🟢Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi.
Birinchi bosqich- ta'lim muassasalari tomonidan belgilangan muddatga qadar loyihalar tayyorlanadi;
Ikkinchi bosqich- Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkaziladi.

🔴Mazkur tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar hamda pedagoglarning maqolalari 2022-yil 30-yanvarga qadar ta'lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhga taqdim etiladi hamda loyiha taqdimoti ko‘rsatiladi.

✳️ Har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan loyihalar ishchi guruh tomonidan aniqlanib, ikkinchi bosqich uchun Prezident ta'lim muassasalari agentligiga yuboriladi.

🏆 Tanlov g‘oliblari 1- bosqichda maktab direktori tomonidan, 2-bosqichda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.



https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Intellektual_tanlov
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

🔉 Diqqat, tanlov!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrda "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida" gi PQ-4865-son qarori doirasida atoqli davlat va jamoat arbobining bebaho ijodiy-ilmiy merosini nafaqat iqtidorli yoshlar orasida, balki xalqimiz, jahon adabiyoti ixlosmandlari orasida milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojidagi alohida o‘rnini yanada keng targ‘ib qilish maqsadida "Xamsaxonlik bahsi" intellektual tanlovi e'lon qilindi.

💥 Mazkur tanlov Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etiladi.

❗️Tanlovning maktab bosqichi quyidagi shartlar asosida tashkil etiladi.
1-shart: Navoiy lirikasi bo‘yicha mushoira;
2-shart: Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan savollar;
3-shart: "Xamsa" dostoni hamda Navoiy zamondoshlari, adabiyotshunoslarning buyuk mutaffakkir haqidagi fikrlari asosida savollar.

🏆 "Xamsaxonlik bahsi" tanlovining yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan uch nafar o‘quvchi maktab direktori tomonidan
1-o‘rin: 1-darajali diplom hamda telefon bilan;
2-o‘rin: 2-darajali diplom hamda esdalik sovg‘a bilan;
3-o‘rin: 3-darajali diplom hamda esdalik sovg‘a bilan taqdirlanadi.

📔 Intellektual tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bir nafar o‘quvchi tanlovning Respublika bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Òquv_seminar
#Ikkinchì_kun

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bòyicha direktor òrinbosarlari, psixolog va tarbiyachilar uchun tashil etilgan seminarning 2-kunida "Òquvchilarda stress holatini oldini olish", jamoa va individual ishlashning samarali metodiasi mavzulariga baģishlandi.

❇️Mashģulotlarni Respublika Tashxis markazi psixologlari Samira Rahimova va Gulbahor Yusupovalar olib bordilar.

✳️Shuningdek, bola psixologiyasini òrganuvchi trening-mashqlar òtkazildi.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi