Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Abdulla Oripov nomli Ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i q'abul qilinganligining
30 yilligiga bag'ishlab "Vatanim mening - bayrog'im mening!" shiori ostida ijodiy ishlar tanlovini e'lon qiladi.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Tanlov 5 yo'nalishda o'tkaziladi.

1.Nazm📖✏️📜
2.Nasr📝📃📖
3.Publisistika📚
4.Audiotaqdimot🎤🎼🎧
5.Videorolik🖥 🎬🎼

Barcha yo'nalishlarda mavzudan chetlashmagan holda, bayrog'imizning o'ziga xosligini aks ettirish zarur.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Ijodiy ish namunalari 2021-yil 19-noyabrga qadar maktabning @abdullaoripovyoshijodkorlar kanaliga qabul qilinadi.

@abdullaoripovmaktabi
#18_noyabr_qutlug_sana


Erklik bayrog'i

Ko'kni qurshab olib qora quzg'unlar,
Bag'ringni ming chokka bo'lganda, xalqim.
Olam qulog'iga bog'labon unlar,
Adolat bong urdi dilingda, xalqim.

Ko'ksingda kishnadi mashaqqat oti,
Yillar yuzlaringni savalaganda.
Zaminni qurshadi erklik bayoti,
Bayrog'ing mardona ko'kni quchganda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Omonova Sevinch
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_bayroğim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 7-sinf ŏquvchisi Panjiyeva Gulruxning 18-noyabr- O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan tayyorlagan videoroligi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayroģim_ģururim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli Ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Sayfullayeva Nasibaning O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i q'abul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tayyorlagan videoroligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayroģim_ģururim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli Ijod maktabining tògarak rahbari Berdiyev Bahodirning O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i q'abul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tayyorlagan videoroligi

👉t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Xalqaro_forum
#Workshop
Mavzu: "Ta'lim jarayonini strategik rejalashtirish"

"Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" mavzusidagi xalqaro forum doirasida seminar-treninglar boshlandi!

🔸15-noyabr kuni O'zbekistonga yetib kelgan Germaniyaning TUM International tashkiloti delegatsiyasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston” Universitetida universitet xodimlari va pedagog-kadrlar uchun seminar-trening (Workshop) tashkil etildi.

✔️Unda TUM International Strategiya va amaliyot bo‘limi boshlig‘i Jana Legtenborg, loyiha menejerlari Katrin Rixter va Aleksandr Turnvald va oliygoh rahbariyati boshchiligida universitet ta'lim jarayonini strategik rejalashtirish, ilmiy yo‘nalish va g‘oyalar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

📎 Forum doirasida seminar-treninglar davom etadi...

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot orqali yo’llang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” mavzusida xalqaro forum tashkil etilmoqda!

Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad:
🔸xorijiy davlatlar vakillarini O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari bilan tanishtirish;
🔸zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish;
🔸nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat.

⚡️Forumga Yevropa, Amerika, Osiyo qit'alaridan ta'lim sohasining 100 dan ortiq yetuk mutaxassislari, o‘z yo‘nalishida jahonning eng nufuzli ta'lim dargohlari rahbarlari va jahon OTMlari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot orqali yo’llang!
NAVOIYLIK ZIYOLILAR ABDULLA ORIPOV IJOD MAKTABIDA

Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Navoiy davlat konchilik instituti rektori matbuot kotibi, yosh tadqiqotchi Azamat Zaripov tashabbusi bilan viloyat “Jasorat va matonat” targ'ibot markazi hamkorlikda “Abdulla Oripov asarlarida bag'rikenglik tuyg'usi” mavzusida seminar o'tkazildi. Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga Qarshi davlat universiteti professori, adabiyotshunos olim Abdurahim Erkaev, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Odil Hotamov, Shoyim Shernazar, O'roz Haydar hamda ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etdi. Seminar so'nggida Navoiy viloyat “Jasorat va matonat” targ'ibot markazi rahbari Jonibek Shuhratov “Abdulla Oripov she'riyati: Eng mantiqiy 10 ta savol egasi” tanlovi g'olibini taqdirladi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram|web sayt|facebook|youtube
#Sport_soģlom_turmush_garovi
#Bayramga_baģishlangan_turnir

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i q'abul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan sporting futbol turi bòyicha òqituvchilar jamoasi òrtasida musobaqa òtkazildi.

👉t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi