Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#millat_bayrogʻi
#chellenj_davom_etmoqda
🤩 Ixtoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimiz bo’ylab davom etayotgan “Millat bayrog’i” shiori ostidagi chellenjda faol ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#chellenj_davom_etmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Millat_bayroĝi
🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'qituvchilari, o'quvchilari, Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i q'abul qilinganligining 33 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan chellenjda faol ishtirok etdilar.

#Ijodiy_uchrashuv
🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, "Mutolaa" loyihasi bosh muharriri Javlon Jovliyev bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
✅Ma'lumki, ijod maktabi drama to'garagida Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" asari asosida " Ilmdan o'zga najot yo'q!" nomli spektakl sahnalashtirilgan edi va ushbu spektakl Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida o'tkazilgan teatr festivalida "Eng yaxshi spektakl " deb topilib, g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Spektakldagi rollarni ijro etgan o'quvchilar muallif bilan yaqindan suhbat qildilar.
✅Uchrashuv davomida ijodiy jarayonlar, adabiyot va uning shaxs kamolotidagi muhim ahamiyati haqida fikr almashishdi.

Abdulla Oripov
O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
O‘ZBEKISTON BAYROG‘I
Har qanday lashkarning ham
O‘z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.
O‘ylayman, ha, olamda
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.
Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi — bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.
Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har qas nomin
Faqat xalqning hayoti.
Sanasang hodisot mo‘l
O‘zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.
Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?
Bir kuni yovqur shoir
YA’ni Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaberdi
Uning dardli so‘rog‘i,
O‘sha-o‘sha zamin kar,
O‘sha-o‘sha gung oftob.
Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.
✍️1984
O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
O‘ZBEKISTON BAYROG‘I
Har qanday lashkarning ham
O‘z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.
O‘ylayman, ha, olamda
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.
Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi — bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.
Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har qas nomin
Faqat xalqning hayoti.
Sanasang hodisot mo‘l
O‘zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.
Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?
Bir kuni yovqur shoir
YA’ni Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaberdi
Uning dardli so‘rog‘i,
O‘sha-o‘sha zamin kar,
O‘sha-o‘sha gung oftob.
Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.
✍️1984
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Ayni vaqtda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidamiz
Hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishib, muammolarni o‘rganyapmiz. Sizlarga bugun ko‘rgan, yaqindan suhbatlashgan bir qancha insonlarimni tanishtirmoqchiman.
Birinchi suratdagi inson Shoira Jumaniyozova. Tuproqqal’a tumanidagi 11-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, bir yil ichida toifasini ikki marta ko‘tara olgan, birinchi toifali, 19 yillik tajribaga ega ustoz.
Ikkinchi suratdagi qahramonimiz Farida Sapayeva. Tumandagi 13-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi. Oliy toifali, 10 yillik tajribaga ega ushbu ustozimiz 8 yildan buyon mazkur maktabga Navoiy viloyatining Zarafshon shahridan kelib ishlaydi.
Uchunchi suratdagi inson Davronbek Boltayev, taniqli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorovning ustozlaridan biri. 39 yillik tajribaga ega matematika fani o‘qituvchisi bo‘lgan bu fidoyi inson Hazoraspdan Tuproqqal’aga qatnab ishlaydi.
To‘rtinchi rasmdagi yigitcha esa 8 yoshli Rishodbek. U Davronbek akaning umidli shogirdlaridan. Hali bor-yo‘g‘i 2-sinf o‘quvchi bo‘lishiga qaramasdan maktabdagi 1-11-sinflar o‘rtasidagi shaxmat bellashuvida hamda tuman musobaqasida 1-o‘rinni egallagan.
Bu insonlar birgina tumanning ikkita maktabida men uchratgan, suhbatlashgan insonlar. Qahramonlar oramizda!
Ishchi guruhning hududlar bo‘yicha o‘rganishlari esa davom etadi.
@hilola_umarova

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️DIQQAT, TANLOV❗️
🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i q'abul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan joriy yilning 15-noyabridan 20-noyabrga qadar "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" shiori ostida o'quvchi-yoshlar o'rtasida turli yo'nalishlarda tanlov e'lon qiladi.
🇺🇿1. "Bayrog'imiz - g'ururimiz" mavzusida tasviriy san'at namunasi. (7-8-sinflar)
🇺🇿 2. "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida insholar tanlovi (9-11-sinflar)
🇺🇿 3. "Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida videoroliklar tanlovi (9-11-sinflar)
❗️Tanlov ishtirokchilari o'z ijod namunalarini ijod maktabining
https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar
telegram sahifasiga yuborishlari lozim.
Muddat : 2024-yil, 22-noyabr.

#Òquvchi_yoshlar_halollik_tarafdori
🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 11-noyabrdagi xati ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida joriy yilning 1-noyabridan 1-dekabrga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" e'lon qilinib, darsdan so'ng turli konkurs, ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
✅ Ijod maktabining sinf rahbarlari va tarbiyachilari tomonidan "O'quvchi yoshlar halollik tarafdori "mavzusida 8- sinf o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazildi.
✅ Suhbat davomida o'quvchilar jamiyat illati korrupsiya va korrupsion hatti-harakatlarni o'z vaqtida aniqlash, uning oqibatlari haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram