#Kun_hikmati
🗓 Ko‘ngillarning sururi - ilmdandur!
Ko‘rar ko‘zlarning nuri - ilmdandur!
Kerak har ilmdan bo‘lmak xabardor,
Bo‘lur har qaysi o‘z vaqtida darkor!
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat
🗓 Ko‘ngillarning sururi - ilmdandur!
Ko‘rar ko‘zlarning nuri - ilmdandur!
Kerak har ilmdan bo‘lmak xabardor,
Bo‘lur har qaysi o‘z vaqtida darkor!
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat
#Kun_hikmati
🕯Ruh - shamchiroqqa, bilim ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‘duga o‘xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‘xtamas ekan - sen tiriksan.
Abu Ali ibn Sino

#kun_hikmati
#barhayot_siymolar_turkumidan
Abulqosim Firdavsiy
Abulqosim Firdavsiy (Tusiy) 934-yilda Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog'ida tug‘ilgan. U Eron, Turon, Yunon va Hindiston olimlarining turli sohadagi asarlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan. Firdavsiy bilimining qanchalik chuqurligi, dunyoqarashining qanchalik kengligi, she‘riy salohiyatining qanchalik yuksakligi muazzam "Shohnoma" da manaman deb turibdi - bunga ishonch hosil qilish uchun asarni o‘qib chiqishning o‘zi kifoya. Abdurahmon Jomiy ham: "Shohnoma"dek asari bor kishiga ta'rif va tavsif bekor", - deb yozadi.
Eron va Turon xalqlarining qariyb to‘rt ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan badiiy talqin qilingan 60 ming baytdan iborat "Shohnoma" ustida Firdavsiy 30 yil ter to‘kadi. Lekin mutaassib ulamolar va hasadgo‘ylar qutqusi bilan asar taqdim etilgan o'sha davr hukmdori Mahmud G‘aznaviy "Shohnoma"ni munosib baholamaydi.
Shubha yo‘q, ilmdan tirikdir inson,
Mashaqqat mehnatni yengadi oson.

⚡️Ilmni fursat bo'lganda o'rganaverish kerak. Chunki ilm zarur bo'lgan paytda fursat topilmaydi.
⚡️Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog'dorlik, eng zarur narsa vaqtdir.
⚡️Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o'tin yorishga sarf qilish kerak emas.
Abdulla Qahhor.

📚Biz oʻzbeklarda istihola kuchli. Oʻzni namoyon qilishdan tortinamiz… Endi oʻsha istiholani yigʻishtirib, xalq bilan muloqotning hamma shakllaridan foydalanishimiz lozim. Bu zamon oldidagi, Vatan oldidagi burchimizdir.
✍️Erkin Vohidov
O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri

📚Agar ilm-u ma'rifatning surati bo'lganida u quyoshdan, oydan, osmon-u yulduzlardan-da go'zalroq bo'lardi.
✍️Hasan Basriy

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM