Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.16K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.12K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Тошкент шаҳрида Абдулла Авлоний номидаги Педагогик маҳорат миллий институти фаолияти билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yuksak mahoratli, jonkuyar va talabchan o‘qituvchilar – xalqning, millatning noyob boyligi, ularning mashaqqatli, mas’uliyatli mehnati eng yuksak baho va rag‘batga munosib

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👏3
#Muallim_kamolot_ichra_kòzgudir

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "O'qituvchi va murabbiylar kuni" ga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.


💐Unda o‘zining mashaqqatli mehnati, ijodiy salohiyati bilan jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan o‘qituvchi-murabbiylar o’quvchilar tomonidan samimiy muborakbod etildi.

🔰O’quvchilar  ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, go‘zal taronalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
👏4🎉3
#qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!

Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻgʻil-qizlarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni zabt etadigan, yetuk salohiyatli, milliy gʻururi baland, Vatanga muhabbati cheksiz insonlar boʻlib ulgʻayishadi.

Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustozlar - borimizni bor, hayotimizni hayot qilib turgan kuchli insonlar!

Ularni e’zozlash, qadrlash va bergan ilmlaridan foydalanish, barchaga ulashish asosiy vazifamizga aylansa, jamiyat ma’rifatga to’la bo’ladi!

Biz uchun “ustozingga rahmat” degan e’tirofni eshitish hayot mazmuniga aylansa, Uchinchi Renessans shunda bunyod bo’ladi!

Bayram muborak bo’lsin, qadrli ustozlar!

Qahramon Quronboyev,
O’zbekiston mahallalari uyushmasi raisi, siyosiy fanlar doktori, professor


@otabek_khasanov
3👍2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Ўқитувчи ҳуқуқий, ижтимоий ва молиявий томондан ҳимоя қилинган ва етарли таъминланган бўлиши керак

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🎉5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз сўнгги йилларда таълим тизимида эришилган юксак натижаларни санаб ўтди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3🎉3
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?

Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.

Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.

Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanaman hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.

@hilola_umarova
👏7
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz - hayot mash’alasi! Ular bizga saboq berib, ilm va tajriba o’rgatib, umrimizni yoritib boraveradi.

O’ylab qarasam, agar ustozlar bo’lmaganda, butun olam nursiz, ma’nosiz bo’lardi. Yo’limiz topolmay adashgan, maqsadlarimizga yetolmay, mazmunsiz umr kechirar edik.

Borligingiz uchun minnatdormiz, aziz ustozlar!

Bayramingiz muborak bo’lsin, qadrli ma’rifat bog’bonlari!

Otabek Hasanov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, siyosiy fanlar doktori
🤗4👍2
#Boqiy_satrlar

Shogird magar shayxulislom, magar qozidir,
Agar ustoz rozi andin, Tengri rozidir.

Alisher Navoiy. 🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotidagi nutqidan
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_bilan_muloqot

Sifatli ta’limning ajralmas qismi bo‘lgan tarbiya va odob-axloq jarayonlari zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Yoshlarimizda g‘oyaviy immunitetni shakllantirishda kattalar ham ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishi, bolalarimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishlari kerakligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun tarbiyaga oid raqamli kontent yaratish topshirildi.

Ushbu kontent “Milliy tarbiya” elektron platformasiga va yetakchi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilib, doimo yangilab boriladi.


@otabek_khasanov
🔥3
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
👍4
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining avvalgi va hozirgi holati.

Ko‘rib, baho berishingiz mumkin.

@hilola_umarova
3