Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.62K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ijodiy_tògarak

Sog'inch


Yurak qinim toʻldirar bu his,
Abadiyga oʻxshar sevinchi. 
Hatto hech kim qoʻyolmas tashxis,                             
Oʻzgachadir vatan sogʻinchi.

Vujudimni aylagan makon,
Qaylargadir berkinib olmas.
Odamni odamga qiyoslash mumkin,                             
Vatanni Vatanga oʻxshatib boʻlmas.
                         
Ehtimol, sen, tanigan daraxt,
Oʻxshash koʻplab uning soyasi.
Gʻalatidir lekin nimadir,
Begonadir mungli nolasi. 

Sogʻinch hissi qayda boʻlmasin,
Hamroh menga, eng yaqin doʻstim.
Xoh xonamda xoh uyda boʻlsin,
Sogʻinmoqlik yomon odatim.

  Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-"A"sinf o'quvchisi Ziyodullayeva Laziza
#Ijodiy_tògarak

TARAQQIYOT GULSHANI


Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti
Yuksak ma’naviyat aks etar unda.
Ulug‘ maqsad qo‘ygan xalqning hayoti
Maftunkor qirrasin ochdi bu kunda.

Har soha bir-birin qo‘lin tutmoqda,
Marrani do‘stona zabt etmoq uchun.
Ma’rifat gulshani – O‘zbekistonning
Nomin ellar ichra taratmoq uchun.

Bizlar kelajagi buyuk avlodmiz
Orzumiz maqsadlar bilan mushtarak.
Bir kelajak hamda yagona xalqmiz,
Eng ulug‘ Vatanmiz, agar birlashsak!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi
Amirqulova Marjona
#Ijodiy_tògarak

Hashar


Tong saharda qozonda
Osh pishadi azonda.
Chunki bugundir hashar
Hashar –  elga yarashar.

Hovlida katta yumush
Qaynagan go‘yoki ish.
Hasharchilar xo‘p shunqor
Quyishadi poydevor.

Bobom esa ularni
Ruhlantirib turibdi.
-Balli bolalarim, - deb
Rosa maqtab qo’yibdi.

Qarab turmasdan men ham
Ularga berdim yordam.
Mehnatdan tanimni ham
Juda ham sezdim bardam.

Hovlimizga fayz kirdi
Qalbimiz nurga to‘ldi.
Chunki bizning hovlida
Kattakon hashar bo‘ldi.

              Mehr

Muruvvatli bo‘lish, mehrli bo ‘lish
Har bitta o‘zbekning qonida bordir.
Kimki saxovatli – ochiqqo‘l bo‘lsa,
Shu insonga doim saodat yordir.

Mehr xazinadir, tutmangiz darig‘.
Muhtojlarga doim beringiz yordam.
Abad bo‘lsin hayot yo‘lingiz yorug‘ 
Mehrdan yashnasin bu zamin, olam!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Muhammad Odilov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_tògarak

🇺🇿O'ZBEKISTON BAYROG'I

Olqishlab-olqishlab munavvar tongni,
U mayin hilpirab turibdi qarang.
Bu kez termultirgan jumla jahonni,
Yurtim bayrog'ida porlar to'rt xil rang.

Hurlikni ulug'lab hilpirar mag'rur,
O'zbek iftixori-Vatan bayrog'i.
Yashaydi millatlar do'st inoq bunda,
Sajdagoh makondir,oltin tuprog'i.

Kechdi bu zamindan Manguberdilar,
Kubrolar,Temurlar shavkat-u shoni.
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt,
Bir bayroq ostida yashnadi zamon.

Biz bugun kuylagan erk va baxt uchun,
Bir zamon to'kilgan qutlug' qondir bu.
Ko'ksimdagi iftixor ko'zgusi bo'lgan,
Vatanim g'ururi-bayrog'imiz bu!

✍️Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_tògarak

***


Moviy osmonlardan miltirab shafaq,
Aziz tongni ko‘rmoq emasmi bu baxt?
Shivirlab tunlarga dardingni aytsang,
O‘kinma, yaxshilik istabdi hayot.

  Faqat jilmay, azizam, tabassum qilgin,
Toki bu dudoqlar ilhomim bo‘lsin.
Mayli, g‘amning bori bizga kelsa ham,
Yashagan umrimiz mehrga to‘lsin.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining
11-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar
#Ijodiy_tògarak

G'azal

Hamid Olimjon she'riga nazira
 
“Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam”
Sening hajring bilan ohlar chekib axiyri “dol” bo‘lsam.

Yuzing oftob erur senga qaray olmoq mashaqqatdur,
Agar bir bora boqsam so‘ng tag‘in mayli ne hol bo‘lsam.

Jahon kezding g‘arib ko‘nglim etib bundan-da xorroq,
Agar dengizga otlansang, sening-chun ko‘hna sol bo‘lsam.

Demasman menga tinmasdan kalom aytgin, ayo dildor,
Bu ne baxtdur rizo bo’lgum nigohingda savol bo‘lsam.

Sening yo‘lingni poylarman tun-u kunlar chekib oh-zor,
Kelib bir bora amr etsang, egib boshim qarol bo‘lsam.

Vakilman ahli junun nomidan poyingda, ey yoro,
Etardim ming shukurlar gar ayoqingda zavol o‘lsam.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
#Марокли_таътил
#Ijodiy_tògarak

Navoiyga bag’ishlov

Qalbda nurafshonlik eshigin ochgan,
Nazmda g’azalning durlarin sochgan.
Mehnatsiz yuksalish yo’lidan qochgan,
Navoiy bobomni yodga oldim men.

So’zlarni sadafdek bir qator tizgan,
Ma’nolar qasrini she’rida tuzgan,
Allohga sevgisin qalamda chizgan,
Ko’ngil me’morini yodga oldim men.

Yuragim titrar har baytini o’qib,
Bobomdek men ham zar misralar to’qib.
Dilda tug’yonlarim bugun jo’sh urib,
Adabiyot ko’rkini yodga oldim men.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi
Umrzoqova Gulsevar
#Мароқли_таътил
#Ijodiy_tògarak

BAHORNI SOG‘INIB…
Kichkina bolakay ketmoqda,
Ortiga ukasin opichib.
Sovqotgan qo‘llarin yengiga,
Qari qiz-buldurug‘in yopishib.

Ukasin qo‘lida do‘ppisi,
Ichida qip-qizil, ko‘k yalpiz.
Go‘yoki, navbahor kelmoqda,
O‘lkamga taratib shirin is,

Yo‘lovchi, shoshmagin, bir nafas,
O‘pib qo‘y, bolani to‘xtatib.
Axir u hammadan ilgari,
Topibdi bahorni axtarib.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Mamatov Dilshod
#Мароқли_таътил
#Ijodiy_tògarak

...Kimni etmas bu koʻngil shaydo,
Kim sheʼr yozmas mening yoshimda.  
(O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov sheʼrini o'qib...)

  Sheʼriyatga boʻlgandim shaydo,
  Bolaligim-kichik, yoshimda.
  Ajib tuygʻu boʻlgandi paydo,
  Murgʻak qalb-u, jajji boshimda.

  Sheʼriyatning sirli jilvasi
  Aks etgandi har qaroshimda.
  Tovlanardi kulgularim ham,
  Gʻamga choʼmsam tomchi yoshimda.
  
  
   Yozganlarim oʻqirdim burro,
   Munis onam turar qoshimda.
   Kimni etmas bu koʻngil shaydo,
   Kim sheʼr yozmas mening yoshimda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi
Hamidova Munisa