Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.63K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI

Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak,
– Prezident maktablariga 62 062 nafar;
– Ijod maktablariga 5 512 nafar;
– Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;.
– Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan.

Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi.

Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman.

Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman!

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi
#10july #uzbekiston24

00:31 — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning jarayonlar yuzasidan intervyusi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi:

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;

2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari.

✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi.

EKSPERTLAR:

➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar!

Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi.

Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda.

Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz.

Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz!

Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz.

Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman.

Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Kun_hikmati

📚Oʻzining fikri boʻlmagan odamlar oʻzga fikrlar ichida kun kechiradi.

✍️Xurshid Do'stmuhammad

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Butun insoniyat nuqtai nazaridan olib qaralganda, mo‘jiza bitta. Bu mo‘jiza — kitob”

Bu bahsli gap bo‘lishi mumkin. Kitobning yaralganiga endi 600 yil bo‘lyapti... Lekin...

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alidan teran fikrlar.

📺“Olamning qalbi”

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yoz_ilhomlari
#Ijodiy_tògarak

* * *
Doʻstim,
Uzoq ketma mendan yiroqqa
Ogʻzimdagi ilon qilsa ham hamla.
Hujumin qaytarar posbon tishlarim,
(Ammo abad davom etmas bu qamal).

Oʻrgimchak toʻriday nafis qalbingga
Alining tigʻidek nayzam tegmasin.
Doʻstim,
Bir panjara bilan oʻrab qoʻy
Alpomish kelbatli yurak tegrasin.

Doʻstim,
Seni sevdim Qodiriy kabi,
Soʻngsiz dushmanlaring menga ham dushman.
Sen mangu yonimda boʻlsang agarda,
Osmonni hech kimga bermas bir qushman.

Oshnolarim ichra vafosiz hamda
Men uchun havodek kerakli doʻstim!
Isming Haqiqatdir, men seni koʻrmay,
Senga gʻoyibona ishq bilan oʻsdim.

Doʻstim, uzoq ketma mendan yiroqqa...

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ko‘ngillardan boshlanar Vatan” deb nomlangan ko‘rgazma qo‘yildi

📚 2024-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullaev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Ko‘ngillardan boshlanar Vatan” deb nomlangan ko‘rgazma qo‘yildi. Unda soir va tarjimonning she'riy to‘plamlari hamda ijodi bilan tanishtiruvchi kitoblar o‘rin olgan.
- N. Narzullaev 1934-yilning 7-iyulida Qashqadaryo viloyatida dunyoga kelgan.
- Uning ilk she'rlari 1954-yilda vaqtli matbuot sahifalarida bosilgan.
- “Suyunchi” ilk she'riy to‘plami 1965-yilda bosilib chiqdi.
- Uning o‘ttizga yaqin kitoblari chop etilgan.
- Uning tarjimasidagi G.Geyne, M.Tank, Y.Yevtushenko, J.Navro‘z, Q.Quliev, I.Yusupov, A.Dementev asarlari o‘zbek kitobxonlariga manzur.
- Uning she'rlari ingliz, ispan, fransuz, nemis, chex, polyak, v'etnam, turk, hind tillariga tarjima qilingan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website