Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni

📣 DIQQAT E’LON!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi sizni "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"ga taklif etadi!

Unda siz ijod maktabi  hayoti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin:

O‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot;

Ijod maktabidagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi taqdimoti;

Ta'lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;

Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilgan Ixtisoslashtirilgan to‘garak  mashg‘ulotlarida o'quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi namoyishi;

Maktab bo'ylab sayohat qilishingiz ko‘zda tutilgan.

🗓 2024-yil 17-18-may kunlari
  11:00 dan 14:00 gacha
Manzil: Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi 119-uy

Murojaat uchun : (75) 221-75-26

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan "Mehr-muruvvat va saxovat-insonni ulug‘laydi" shiori ostida koʻngillilar harakati yoʻlga qoʻyildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida yugurish marafoni
o‘tkazildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Bola huquqi himoyasida birgamiz" mavzusida psixologik trening mashg’uloti
boʻlib oʻtdi.

Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari yuqori natijalar bilan IELTS sertifikatiga ega bo’ldi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o’qituvchilari bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari "Prokuror sovrini uchun" olimpiadasida
g‘olib bo‘ldi.

Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Xonadonda elektr zanjiri" mavzusida taqdimot
oʻtkazildi.

Nurota, Qoʻshkoʻpir tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida harbiy- sport musobaqalari tashkil etildi.

Baxmal, Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktablari, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari “Yangi O’zbekiston”, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetlari taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Islomjon Abdug'aniyev Informatika olimpiadasining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakat terma jamoasi tarkibidan
joy oldi.

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari IMAS xalqaro matematika musobaqasida
g’olib bo’ldi.

Olot tuman ixtisoslashgan maktabi 11-sinf o’quvchisi Dilshod Jumamurodov Buxoro davlat universiteti olimpiadasida g’oliblikni qo’lga kiritib, grant asosida muddatidan oldin
talaba bo’ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni

📣 DIQQAT E’LON!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi sizni "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"ga taklif etadi!

Unda siz ijod maktabi  hayoti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin:

O‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot;

Ijod maktabidagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi taqdimoti;

Ta'lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;

Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilgan Ixtisoslashtirilgan to‘garak  mashg‘ulotlarida o'quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi namoyishi;

Maktab bo'ylab sayohat qilishingiz ko‘zda tutilgan.

🗓 2024-yil 17-18-may kunlari
  11:00 dan 14:00 gacha
Manzil: Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi 119-uy

Murojaat uchun : (75) 221-75-26

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni

📣 DIQQAT E’LON!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi sizni "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"ga taklif etadi!

Unda siz ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin:

O‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot;

Ijod maktabidagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi taqdimoti;

Ta'lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;

Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilgan Ixtisoslashtirilgan to‘garak  mashg‘ulotlarida o'quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi namoyishi;

Maktab bo'ylab sayohat qilishingiz ko‘zda tutilgan.

🗓 2024-yil 17-18-may kunlari
  11:00 dan 14:00 gacha
Manzil: Qarshi shahri,  Islom Karimov ko'chasi 119-uy

Murojaat uchun : (75) 221-75-26

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_uchrashuv_ilhom_manbayi

IJOD MAKTABIDA TANIQLI IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV!


📚Ijodkor-o'quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yozuvchi, shoirlarning hayoti va ijodi bilan tanishtirish, ayniqsa, bugun el sevgan taniqli ijodkorlar bilan bo'ladigan har bir muloqot yoshlarda kitobxonlik madaniyatini, ma'naviyatni oshiradi.

🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga poytaxtdan asli qashqadaryolik bo'lgan taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar-u xonandalar hamda aktyorlar tashrif buyurishdi.


Adabiyotshunos olim Nurboy Jabborov, aktyor Jabbor Toshev, "XXI asr" gazetasi bo'lim boshlig'i Nurxon Elmirzayeva, shoira Zilola Xo'janiyozova, yozuvchi Neʼmat Arslon, taniqli xonanda Shuhrat Daryo, shoira Ozoda Bekmurodava kabi ijodkorlar qatorida Oliy Majlis Senati aʼzosi, adabiyotshunos Abdurayim Erkayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi boshligʼi Komila Karomova hamda bir qator qashqadaryolik ijodkorlar ijod maktabi rahbariyati va ijodkor-oʻquvchilari tomonidan Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov xiyobonida kutib olindi.

✔️ Mehmonlar ulugʻ shoir haykali poyiga gullar qoʻyib, unga oʻz hurmatlarini bajo keltirishdi.

❇️ Abdulla Oripov haykali poyida boshlangan qizgʻin ijodiy suhbatlar dastavval maktab foyesida soʻng Abdulla Oripov muzeyiga qadar davom etdi. Oʻz navbatida, oʻquvchilarimiz mehmonlarga hamroh boʻlib, ularga Abdulla Oripov hayoti va ijodidan soʻzlaydigan muzey eksponatlari haqida soʻzlab berishdi.

📚 Maktab faollar zalida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda taniqli ijodkorlar Abdulla Oripov shaxsi va ijodi, bugun ijod maktaning samarali faoliyati koʻplab yosh ijodkorlarni ham ijodiy, ham taʻlim yuzasidan iqtidorlarini haqli ravishda yuzaga chiqarayotgani va bu koʻplab nufuzli tanlovlarda eʻtirof etilayotganini taʻkidlashdi.

Uchrashuv davomida maktabizmizning "Aktyorlik mahorati", "Musiqa" va "Ijodiy" toʻgaraklari aʼzolarining badiiy chiqishlari barchada iliq va katta taassurot qoldirdi.


➡️ Bu kabi ijodiy uchrashuvlarning oʻtkazilishi ijodkor-oʻquvchilarimizni ham ruhan, ham maʼnan tetiklashtiradi, kitob va kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishlarini yanada rivojlantiradi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga poytaxtdan asli qashqadaryolik bo'lgan taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar-u xonandalar hamda aktyorlar ishtirokida oʻtkazilgan ijodiy uchrashuvdan fotoreportaj (1-qism).
📸 Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga poytaxtdan asli qashqadaryolik bo'lgan taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar-u xonandalar hamda aktyorlar ishtirokida oʻtkazilgan ijodiy uchrashuvdan fotoreportaj (2-qism).