Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Kun_hikmati

📚Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi.

✍️Leonardo Da Vinchi

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'qituvchi va o'quvchilari xalqaro va mahalliy til sertifikatlaridan yuqori ballarni qo'lga kiritishmoqda.

⚡️Ijod maktabi ingliz tili o'qituvchisi Izzat Nigmatov navbatdagi Level C1 sertifikatini qo'lga kiritdi.


IELTS xalqaro sertifikati (11-sinf o'quvchilari):

🔹 Tillayeva Gulira'no - 6,5 ball
🔹Jo'raboyeva Xumora - 5,5 ball.

✔️Davlat test markazining chet tilini bilish darajasini aniqlaydigan imtihondan 4 nafar o'quvchimiz "B2" darajali sertifikatga ega bo'lishdi.

11-sinf o'quvchilarimiz:

🔹Saidova Mushtariy - "B2"
🔹Botirova Lobar - "B2"
🔹Rahmonova Ruxshona - "B2"

9-sinf o'quvchimiz:


🔹
Hasanova Sevara - "B2"

🎉Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

———————————————————————————

Teachers and students of Creative School Named after Abdulla Oripov are getting high marks in international and local language certificates.

⚡️Izzat
Nigmatov, an English teacher at the Creative school, got another Level C1 certificate.

IELTS international certificates(students of 11th grade):

🔹 Tillayeva Gulira'no - overall 6,5.
🔹Jo'raboyeva Xumora - overall 5,5.

✔️4 of our students received a "B2" level certificate from the exam that determines the level of knowledge of a foreign language of the State testing center.

Students of 11th grade:

🔹Saidova Mushtariy - "B2"
🔹Botirova Lobar - "B2"
🔹Rahmonova Ruxshona - "B2"

Student of 9th grade:


🔹
Hasanova Sevara - "B2"

🎉We wish our students good luck in their future studies and work!

📍Follow up us on social media👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining oliy toifali Ingliz tili fani o’qituvchisi Kamola Davlatova Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Amerika konsulligi va AQSHning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan "English Speaking Nations" dasturi doirasidagi "Silk Road" xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.


📚Poytaxtimizdagi Inxa universitetida 2 kun davom etgan konferensiyada respublikamizning barcha viloyatlaridan saralab olingan o'qituvchilar ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'rgatadigan metodika bo'yicha tajriaba almashishdi, shuningdek, yangi metodikalar yuzasidan taqdimot qilib, uni amalda qo'llagan holda dars ham o'tishdi.

⚡️O'qituvchimiz Kamola Davlatova ushbu konferensiyada faol ishtirok etgani hamda "Tesol" dasturi doiarasidagi yangicha o'qitiladigan metodika kursini muvaffaqiyatli tugatganligi uchun 2 ta sertifikat bilan taqdirlandi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
45%
Varaq
5%
Varag'
50%
Varoq
Ўзбекистон ва Корея ўртасида ўқувчилар ва кадрлар алмашинуви йўлга қўйилади

Корея Республикасида бўлиб турган мамлакатимиз таълим делегацияси аъзолари бугун KERIS (Korea Education and Research Information Service) ташкилоти, Daegu таълим департаменти ҳамда “Sun Moon University” ҳамда университет тасарруфидаги “Korea Language Institute” фаолияти билан танишди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/548431

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Besh_tashabbus
#Voleybol

⚽️ Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz yoshlari maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

🏐Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yoʻnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida bu borada Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida muntazam ravishda keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🎗Shu ma'noda, ijod maktabining o'quvchilari o'rtasida sportning voleybol turidan musobaqa bo'lib o'tdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Direktorlar Kengashi aʼzolari uchun o‘quv seminar
#uzbekiston24

▶️ 01:22Eldor Mirzayev, Oqqorg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori.

▶️ 01:53G‘afur Tog‘ayev, Termiz shahridagi Prezident maktabi direktori.

▶️ 02:07Maʼmura Tojiboyeva,
Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ogahiy_214_yoshda

🗓17-dekabr - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavallud topgan kun

🔰Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy 1809 yilning 17-dekabrida Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida maʼrifatli va badavlat mirob oilasida dunyoga keladi. Otadan erta yetim qolib, amakisi, zamonaning yetuk shoiri, xonning bosh mirobi Munis Avazbiy oʻgʻli Xorazmiy qoʻlida tarbiya topadi.

📚 Ogahiy xalq orasida koʻproq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti — «Taʼviz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori», 1872) bizgacha toʻla yetib kelgan. Devon anʼanaviy tartibda tuzilgan, 470 gʻazal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarjeʼband, 7 qitʼa, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va maʼshuq savol-javobi, 20 taʼrix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. Devonga «Ashʼori forsiy» nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheʼri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzusi turadi. Allomaning koʻplab gʻazallari oʻz vaqtida ham bugun ham sevib kuylanib kelinadi.

✔️ Abdulla Oripov va Ogahiy nomidagi ijod maktablari o'rtasida mustahkam hamkorlik an'analari o'rnatilgan. Qolaversa, o'tgan o'quv yilida Agentlikning “Oʻquvchi almashish” dasturi doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari bir hafta davomida Qarshi shahri, xususan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida boʻlib, dars jarayonlari, darsdan tashqari mashg'ulotlar hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Кўрмишам
Шерали Жўраев
Ogahiy g'azali

"Ko'rmisham"
O'zbekiston Xalq artisti
Sherali Jo'rayev ijrosida.
#Kun_hikmati

📚Isrof qilish saxiylik emas, o'rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas.

✍️Alisher Navoiy

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
#OAV_biz_haqimizda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari - Sarvar Sa'dullayev, Laylo Boymurodova, Hikmatbek Boyqobilov, Mohitabon Xusenova, Madina Qurbonova, Shirin Oybekovalar "O'zbekiston" radiosining "Bolalar uchun" radioeshittirishida ishtirok etishdi.

📚O'quvchilarimiz eshittirish davomida 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 10-dekabr O'zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi qabul qilingan kunlarga bag'ishlab, o'z tabriklari va ijodiy mashqlaridan namunalar o'qib eshittirishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📣 📣 Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.

Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.

❗️III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

*******

📣 Зимние каникулы в школах начнутся с 28 декабря

Последним днём учебы II четверти текущего учебного года для учащихся общеобразовательных, творческих, специализированных школ и школ-интернатов системы Министерства дошкольного и школьного образования будет 27 декабря 2023 года.

Зимние каникулы начнутся с 28 декабря 2023 года.

Каникулы продлятся 14 календарных дней до 10 января 2024 года.

❗️Занятия III четверти начнутся 11 января 2024 года.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Mahorat_darsi

⚡️BUGUN IJOD MAKTABIDA IJODKORLAR JAMLANDI!


📚 Bobomurod Sa'dullayev. Bu yigitni hali-hamon ijod ahli, shu bilan birga, tizimdagi barcha ijod va Prezident maktablari yaxshi bilishadi, tanishadi.

Bobomurod Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida tahsil olgan vaqtlarida barcha jabhalarda juda faol edi. Fan olimpiadalari, ijodiy, ilmiy va boshqa tanlovlarda doimo g'oliblar qatorida e'tirof etilardi.

✔️ U bugungi kunda O'zbekiston milliy universitetining 2-bosqich talabasi. Shuningdek, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tasarrufidagi "Yoshlik" jurnali adabiy muharriri, ijodiy ishlar bo'yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda.

🔰Ijod maktabi kutubxonasida maktabimiz bitiruvchisi Bobomurod Sa'dullayev va adabiyotning nasr, nazm va publitsistika yo'nalishlarida qalam tebratayotgan o'quvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

❇️ "Mahorat darsi"da Bobomurod Sa'dullayev ijod zavqi va uning mashaqqati, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati, "Yoshlik" jurnali tarixi, jurnal jamoasi va bugungi adabiy jarayonlar haqida so'z yuritdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Ijod maktabida maktabimiz bitiruvchisi Bobomurod Sa'dullayev va adabiyotning nasr, nazm va publitsistika yo'nalishlarida qalam tebratayotgan o'quvchilar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan fotoreportaj.