Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.3K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#So'nggi_qo'ng'iroq
#Oq_yo'l_bitiruvchilar

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "So'nggi qo'ng'iroq" tantanalari o'zgacha nishonlandi. Mustaqil hayot ostonasida turgan 23 nafar biiruvchi yoshlarga bag'ishlangan tadbirda ijod maktabining iste'dodli o'quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram shousi barchani xushnud etdi.Tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bosh mutaxassisi Baxtiyor Bekov ishtirok etib, yoshlarni tabrikladi. "Yilning eng iqtidorli o'quvchisi"," Eng namunali sinf" "Eng faol kitobxon"," Eng faol kitobxon sinf"kabi nominatsiyalarda g'olib bo'lgan o'quvchilar taqdirlandilar. Bitiruvchilar "ILM GULSHANI"- estafeta ramzini 10-sinfga taqdim etdilar.Tadbirda shuningdek, ota-onalar, mahalla faollari, ommaviy-axborot xodimlari ishtirok etdilar.
#Sen_so'nmaysan_poeziya_yulduzi
#Shodiya_tanlov_g'olibi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Yusupova Shodiya Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov Ijod maktabida 1-4-may kunlari o'tkazilgan Qoraqalpog'iston Xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 92 yilligiga bag‘ishlangan ko'rik-tanlovda 1-o'rinni egallab, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan statuetka va qimmatbaho sovg'a bilan taqdirlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021

Qabul boshlanishi bilanoq barcha hududlardan koʻplab arizalar kelib tushdi.

Mazkur hujjatlar orasidan bir qanchasi qayta tahrir qilish uchun yuborildi.

🔰Ularda uchragan eng koʻp kamchilik, fotosurat va maʼlumotnoma bilan bogʻliq.

Shu sababli hujjat topshiruvchilarga yanada tushunarliroq boʻlishi uchun video tayyorlandi.

❗️Hujjatlarni topshirayotganda alohida eʼtibor bilan yondoshishingizni soʻraymiz.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Jonli_efir

🔴 Qabul yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy web-saytimizga kelib tushgan murojaatlarga jonli efirda javob berishda davom etamiz.

👉13:00 da Agentlikning YouTube kanali orqali bizni kuzating.
———
🔴 Questions about admission on social networks and official website will be answered live.

👉Watch the live broadcast on the Agency's YouTube channel at 13:00

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot
#Qabul_2021

Men harbiydan nafaqaga chiqqanman. Farzandlarimga Prezident maktabiga kirishga imtiyoz bormi?
Prezident maktablariga kirish imtihon bosqichlarida imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Prezident maktabida telefondan foydalanish mumkinmi?
O'quvchi Prezident maktabiga o‘qishga qabul qilingandan keyin, unga o‘quvchilar yotoqxonasida telefondan foydalanishga ruхsat beriladi.

Qizim Prezident maktabiga hujjat topshirmoqchi. Kirish imtihonlari maktab darsliklari bo‘yicha bo‘ladimi yoki farzandimni qo‘shimcha tayyorlovga berishim kerakmi?
Prezident maktablariga kirish imtihonlari maktab darsliklari bo‘yicha tuziladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi pinned «#Qabul_2021 🔊🔊🔊Hurmatli ota-onalar va o’quvchilar! Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2021-2022 o’quv yiliga 7- 8- sinflarga qabul e’lon qiladi. 📲💻Hujjatlar masofiy(onlayn) tarzda 5-iyundan 25-iyungacha qabul qilinadi. …»
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Mazkur arizalarning 07.06.2021 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Survey #Сўровнома

Prezident maktablariga qabul boshlandi, hujjatlar kelib tushmoqda, murojaatlar bo'lmoqda. Biz qabul jarayonining qanday kechayotganini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazmoqdamiz.

❗️Hurmatli ota-onalar, ushbu so'rovnomada qatnashing. Bu sizning faqat 20 soniya vaqtingizni oladi, xolos.
Sizning fikringiz biz uchun muhim
:👇

👉https://forms.gle/X22irA9otHNvY3f36

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Mazkur arizalarning 09 - iyun soat 12:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari

Eski o‘zbek yozuvi, notiqlik san’ati hamda QR kodlardan foydalanish: Ijod maktablarida yangi darsliklar...

🔹Ijod maktablarining eski o‘zbek yozuvi, notiqlik san’ati kabi yangi darsliklari haqida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova O'zbekiston Axborot Agentligiga ma`lumot berdi.

Maqolani batafsil o'qish uchun👇 uza.uz
#Qabul_2021 #Sharh_statistika

📊 Prezident maktablariga topshirilgan hujjatlar statistikasiga ko‘ra, 9-iyun 12:30 gacha jami 11923 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, unda viloyatlar kesimida Qashqadaryo yetakchilik qilmoqda.

Qarshi shahridagi Prezident maktabiga 1415 ta ariza kelib tushgan. Ushbu arizalarning 1085 tasi tasdiqlangan, 38 ta ariza ko‘rib chiqilmoqda. 39 ta ariza esa belgilangan STEM fanlardan bahosi 5 (a’lo) bo‘lmaganligi uchun rad etilgan.

🔸239 ta arizadan 8 tasi ma’lumotnoma shakli noto‘g‘riligi, 14 tasi ota-ona haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilmaganligi, 7 tasida tabelning bo‘yalganligi, 4 tasida tabelning ustki qismi to‘ldirilmaganligi, 12 tasida namuna bo‘yicha berilgan anketani to‘ldirishda xatolikka yo‘l qo‘yilgani, 24 ta arizada esa fotosuratning talabga javob bermasligi va boshqa sabablarga ko‘ra qayta tahrirga yuborildi.

✔️Tahrirga yuborilgan arizalardan 14 tasi to‘g‘irlab qayta jo‘natilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Mazkur arizalarning 10 - iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021 #Videobayonot

Direktorimiz tabelda rus tili va geografiyadan 4 baho borligi uchun Prezident maktabiga hujjat topshirishimga ma'lumotnoma bermayabdi. Nima qilsam bo‘ladi?
Rus tili va geografiya fanlaridagi yillik 4 baholar Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Agar STEM fanlardan yillik baho 5 bo‘lsa, direktor sizga ma'lumotnomani tastiqlab berishi kerak.

Agar talabgor hujjatlarini xato yuborgan bo‘lsa, u hujjatlarini darhol tahrir qilsa bo‘ladimi yoki operator tomonidan hujjatlarning tahrirga jo‘natilishini kutish kerakmi?
Hujjatlar xato yuborilgan bo‘lsa, operator javobini kutish kerak.

Bola otasining ikkinchi oilasi bilan yashaydi. Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida o‘gay onasining ismi yozilmagan bo'lsa-da, uning hujjatlarini o‘gay onasi topshirishi mumkinmi?
Bunday holatda ariza ota nomidan berilishi kerak.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Diqqat_fake

⚡️Facebook ijtimoiy tarmog'i orqali “Alpha Club” nomi ostida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov kurslari to'g'risidagi xabar tarqatilmoqda.

❗️Bu kabi o'quv markazlarining Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga hech qanday aloqasi yo’q.

⚡️Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rasmiy kanallari orqali berib boriladi:
👉 https://t.iss.one/piimauz

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktabi #Bosqichma_bosqich

Ijod maktablariga onlayn ariza topshirish bo‘yicha savollaringiz bormi?

❗️Unda ushbu bosqichma-bosqich yo‘l ko‘rsatuvchi video-yo‘riqnoma siz uchun!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Eslatma

✔️Prezident maktablariga hujjatlaringizni topshiring. Savollar bo'yicha esa 1206 qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qiling.
——
✔️Submit your documents to the Presidential Schools. If you have any questions, call 1206 short number.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktablari #Qabul_2021

Agentlik tizimidagi Ijod maktablarining ijodiy imtihonlari haqida video-yo‘riqnoma taqdim etmoqdamiz.

Farzandingizning ona tili va adabiyot, tarjimonlik, jurnalistika, zamonaviy medianing SMM sohasiga bo'lgan qiziqish va iqtidorini rag‘batlantirishni xohlaysizmi?

⚡️ Unda portal.piima.uz sayti orqali hujjatlarni topshiring. Ijod maktablarida iste’dodlar rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

——

We provide video-guidance about the entrance exams to the Creativity schools under the Agency

Do you want to stimulate your child's interest and talent in the field of SMM,mother tongue and literature, translation, journalism and modern media?

⚡️Then submit the documents through the site portal.piima.uz. There are all the opportunities for the development of talent in the Creativity schools.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Jonli_efir

🔴 Qabul yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy web-saytimizga kelib tushgan murojaatlarga jonli efirda javob berishda davom etamiz.

👉13:00 da Agentlikning YouTube kanali orqali bizni kuzating.
———
🔴 Questions about admission on social networks and official website will be answered live.

👉Watch the live broadcast on the Agency's YouTube channel at 13:00

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 11 - iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021 #Videobayonot

portal.piima.uz saytiga joylashtirgan ma'lumotlarim tahrirga tushibdi. Hujjatlar tahriri qanday jarayon?
Hujjat tahriri, bu siz yuklangan hujjatlarda kamchiliklar topilganda, operatorlar talabgorga arizani to‘g‘rilab, qayta jo‘natish uchun yuboradigan jarayon. Demak, sizning hujjatlaringizda kamchilik topilgan va siz ularni to‘g‘rilab, yuklashingiz lozim bo‘ladi.

Prezident maktabiga nechta o‘quvchi qabul qilinadi? Bitta sinfga o‘rinlar soni va kirish bali haqida ma'lumot bersangiz.
Yangi tashkil etilayotgan Prezident maktablariga 144 ta o‘quvchi qabul qilinadi. Har bitta sinfda ikkitadan guruh va har bir guruhda 12 ta bola bo‘ladi. Ya'ni, har bitta sinfda jami 24 ta o‘quvchi o‘qiydi.

Hujjat tahrirga berildi degani rad etildi deganimi?
Tahrirga berilgan hujjatni siz 48 soat ichida to‘g‘rilab, qayta jo‘natishingiz kerak. Tahrirga berilgan hujjat rad etildi degani emas.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

📣 Hurmatli ota-onalar va ijod maktablarida o'qish istagida bo'lgan umumta’lim maktabi o’quvchilari!

❗️Eslatib o'tamiz, Ijod maktablariga online hujjat topshirish portal.piima.uz saytida 25-iyunga qadar davom etadi.

🔅Shoshiling, adabiyot, tarjimonlik, jurnalistika, zamonaviy medianing SMM sohasiga bo'lgan qiziqish va iqtidoringizni yanada rivojlantiring.

🔖 Shuningdek, ijod maktablarida endilikda ingliz, nemis, fransuz tillari hamda eski o’zbek yozuvini ham o’rganish imkoni bor.

☎️ Call-markaz: 1️⃣ 1206 qisqa raqamlari 2️⃣ +99871-207-72-22;

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube