Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muqaddasdir_Vatan_bayroĝi

🇺🇿Ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Mamatov Dilshodning "Muqaddasdir Vatan bayroģi "shiori ostida òtkazildan kòrik-tanlovda tayyorlagan videoroligi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Agentlik tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida o‘zaro o‘quvchi almashish dasturi doirasida Farg'onadagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ustozlari hamda o'quvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi.


Hafta davomida "Ma'naviyat va ma'rifat dasturi" doirasidagi barcha tadbirlarda ishtiroklari rejalashtirilgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni ertalabki saflanish bo'lib o'tadi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili hamda yangi haftadagi rejalashtirilgan ishlar bayon etiladi.

Saflanishda chorak davomida o'z bilimi, iqtidori bilan o'rnak bo'la olgan "Eng bilimdon sinf"- 9- "A" sinf" hamda "Eng bilimdon o'quvchi" - 9-sinf o'quvchisi Davronova Zahro taqdirlandilar.

📚Unda maktab rahbariyati, sinf rahbarlari, fan o'qituvchilari ishtirok etishdi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Dunyo va mamlakatimizning siyosiy va ijtimoiy hayotidagi so'ngi yangiliklar bilan tanishtirildi. Shuningdek, maktabning ichki tartib-qoidalari, o'quvchiga qo'yiladigan vazifa va majburiyatlar, yotoqxonadagi tartib-intizom haqida tushunchalar berildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

1959-yilning 20-noyabrida BMT Bosh Assambleyasi "Bolalar huquqlari" nomli deklaratsiyani qabul qiladi. 1989-yilning 20-noyabrida BMT Bosh Assambleyasi yana bir muhim hujjat - "Bolalar huquqi bo‘yicha Konvensiya"ni imzolagan.

Bu kun dunyoning turli mamlakatlarida yordam va e'tiborga muhtoj bolalarga xususiy, jamoat yoki tashkilotlarning homiylik yordamlari ko‘rsatilishi bilan o‘tkaziladi.

Butundunyo bolalar kunini nishonlash hamisha davlatlar o‘rtasida tinchlikni ta'minlashga xizmat ko‘rsatib kelgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Butun_jahon_bolalar_kuni

"Zamin" jamoat fondidan Jahon bolalar kuni munosabati bilan ajoyib rolik

Har bir bola baxtli bo’lishga haqli!

20-noyabr – Butunjahon bolalar kuni muborak bo‘lsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#20_noyabr_Xalqaro_bolalar_kuni
#Sen_yolģiz_emassan

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining bitiruvchisi Omonova Sevinchning 20-noyabr - Xalqaro bolalar kuniga bag'ishlab yozgan she'riy mashqi asosida tayyorlagan videoroligi bilan tanishing.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Pedagogik_kengash

🔰Ijod maktabida navbatdagi pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, tarbiyachilar, texnik xodimlar ishtirok etishdi.

Kengashda CHSBning 1-chorakdagi natijalari, xususan, CHSBda past natija ko'rsatgan o'quvchilar, shuningdek, o'qituvchilarning mehnat samadorligi tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.

Yig'ilishda maktab psixologi va hamshirasi so'zga chiqib, o'quvchilarning sog'lom turmush tarzi va sog'lom ovqatlanishi yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.

Fan olimpiasida yuqori natijalarni qayd etgan o'quvchilarning ustozlari e'tirof etilgan bo'lsa, aksincha, past ko'rsatkich qayd etgan o'quvchilarning ustozlari ogohlantirildilar.

Yig'ilish davomida o'qituvchilarning takliflari tinglandi, tegishli qaror qabul qilindi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram