Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.39K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Teorema" va "Evrika" jamoalari bir xil 17 ball to'plab, 1-o‘rinni egallashgan bo'lsa, "Ideal" jamoasi 15 ball bilan 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Jami 14 ball to‘plagan "Power of light" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi
#Toʻgaraklar_faoliyatidan

💻 E'tiboringizga Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi a'zosi Hamidov Abdulhakim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan "Mening faxrimsan, bayrog'im" mavzusidagi videorolikni taqdim etamiz.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Cheksiz umid va ishtiyoq yoshlikning asosiy boyligidir.

✍️Robindranat Tagor

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV,
Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri

MILLAT


Bahor chogʻi, mehr bilan quyosh charaqlar.
Bulutlar ham momiqqina oʻrdakchalarday.
Birdaniga yomgʻir quyar. Naqadar rohat!

Siz bu holni birinchi bor koʻrgan emassiz,
Sira-sira bekor turmas samo dargohi.
Goh yomgʻirin yuborgaydir, goho qorlarin.

Ahyon-ahyon sayyoramiz tomorqasiga
Tushib qolar katta-kichik daydi toshlar ham.
Ular tubsiz koinotning yoʻlchilaridir.

Oʻyinqaroq shamollarning shiddati bilan
Qurbaqa-yu baliqlar ham shoʻngʻir osmondan.
Bular bari ilmu fanda jumboq emasdir.

Ishonayin mayli harxil moʻjizalarga,
Hatto chalpak yogʻishi ham mumkindir, biroq
Koʻkdan odam tushganini birov koʻrmagan.

Biz shu zamin farzandimiz, yerning zuryodi,
Yaralganmiz tuproq bilan obihayotdan.
Shu boisdan, barchamizga zamin onadir.

Inson nasli bir-biridan aslo farq qilmas,
Bir tandirdan uzilgandir, oqmi yo qora.
Juda uzoq davrlarga ketgaydir xayol.

Qaysi bir yil oʻzga yurtda safarda edim,
Yuragimni siqar edi musofirchilik.
Boz ustiga gung-soqovman, tilmoch boʻlmasa.

Sayyohlikning yoʻrigʻi shul: Uchrashib qoldim
Koreyalik bir nuroniy onaxon bilan.
U, albatta, bilmas edi oʻzbekligimni.

Bir zum qisiq koʻzlarini tikkancha kampir
Jilmaydiyu, shama qildi aftimga qarab:
- Oʻz tilingni unutibsan, yaxshimas, bolam.

Sergak tortdim “bolam” degan uning soʻzidan,
Ona boʻlmay kim u menga? Ona-ku, axir,
Oʻsha-oʻsha mushtiparu mehribon, mushfiq.

Million yillik tarixlarni kavlab yurguvchi
Qadimshunos emasman men yo folbin emas.
Inson zoti oʻz-oʻzini tanisa, netong?!

Biz qachondir bir qavmdan tarqab ketganmiz,
Soʻzlashgin, deb turfa til ham bergan Xudoyim,
Birlash, deya bayroq tutgan qoʻllarimizga.

Odamzotning poyoni yoʻq sarguzashti bor,
Insoniyat – ildizi bir yaxlit chinordir.
Yashnab turgan barglaridir ellar, millatlar.

Koinotda sayyoramiz charx urar ekan,
Koreyalik kampir meni duo qilganda,
Men ham uning halovatin tilab qolaman.
___________

АБДУЛЛА АРИПОВ,
Герой Узбекистана, Народный поэт

НАЦИЯ


Весенняя пора, с любовью светит солнца луч.
Похожи на утят пушистых в небе облака.
Начнется где внезапно дождь. Услада, просто кайф.

Не первый раз становитесь свидетелем того,
Как не стоит без дела управление небес.
То посылают дождь на землю, то ли белый снег.

Бывает на присадебный участок мира то,
Шальные камни падают большие, кроткие.
Бездонного что космоса путеводители.

С порывом озорных ветров бывает и порой,
Ныряют рыбы и лягушки с неба головой.
Все это не загадка ведь в науке, вовсе нет.

Пускай, поверю в разные земные чудеса,
И даже могут литься с неба вкусные блины.
Никто не видел, с неба как спустился человек.

Мы дети тверди этой, мы потомки все земли,
Все созданы из смеси древней почвы и воды.
Поэтому земля для всех столь дорога, как мать.

Потомки человека, нет, не отличаются,
Из одного тандыра сняты: черный, белый хлеб.
Во времена далекие уводят думы, мысль.

В чужом краю, в году каком-то был в поездке я,
Сжимали сердце на чужбине чувства странствия.
К тому же глух и нем я был без переводчика.

Удел ли это странника: Я встретился с одной,
Старушкой из Кореи доброй и отркытою.
Конечно, та не знала, что я пришлый здесь узбек.

Тот миг, прищурив узкие вдруг глазки матушка,
Вновь улыбнулась, намекнув все ж на мое лицо:
-Родную речь как позабыл, родной мой, о, сынок.

Меня сей клик насторожил: сказала же “сынок”,
Она же мать ведь для меня? Она, как все, есть мать,
Такая же беспомощная, ласковая мать.

Я не историк, что в глубинах роет прошлое,
Не ясновидец, не гадатель, и не ворожей.
О, человека в человеке счастье как узнать!

Когда-то мы ведь разошлись из рода одного,
Бог дал нам разных языков, чтоб разговаривать.
Вручил знамена в руки нам, сказав: “объединись!”.

У человечества есть приключений без конца,
С единым корнем есть чинар ведь Человечество.
Живые листья все народы, нации Земли.

Планета наша кружится покаместь в космосе,
Пока старушка из Кореи милует меня,
Пока я ей желаю и благополучия.

Перевел с узбекского Рахим КАРИМ.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi
#Toʻgaraklar_faoliyatidan

💻 E'tiboringizga Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi a'zosi Abdusamadov Behruzxon tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan "Mening faxrimsan, bayrog'im" mavzusidagi videorolikni taqdim etamiz.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi
#Toʻgaraklar_faoliyatidan

💻 E'tiboringizga Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi a'zosi Normo'minov Faridjon tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan "Mening faxrimsan, bayrog'im" mavzusidagi videorolikni taqdim etamiz.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Toʻgaraklar_faoliyatidan
#Web_dizayn

💻 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10 "A"-sinf o'quvchisi, "Web dizayn" to'garagi a'zosi Sarvar Sa'dullayev Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 9 ta ijod maktabi faoliyatiga oid ma'lumotlar aks etgan veb-sayt yaratdi.

✔️Sarvar ayni vaqtda ushbu veb-sayt ma'lumotlarini to'ldirmoqda.

📌 Veb-sayt manzili quyidagicha - https://ijod-maktablari.netlify.app.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tògaraklar_faoliyati
#Yosh_tarjimon

O'zbekiston Bayrog'i


Har qanday lashkarning ham
O‘z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.

Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tog‘dor yurtim,
Muhtasham respublikam.

...

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,

✍️Abdulla Oripov

--------------------------

Flag of Uzbekistan


In any army’s fold, you stand,
With your own crest, your own light grand,
From which dominion, from which land?
Do you have less, do you demand?

Amongst the banners that unfold,
You stand foremost, a shining pearl,
My land, in grandeur unfurled,
Magnificent, my republic, a stronghold.

...

Today, cast a gaze from your pocket,
To this flag of mine,
In a moment, perhaps,
You forgot the bitter past.
This flag, our name,
Brought it to the flame, flame.

✍️Translated by Shodiyeva Iroda

Ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi, "Yosh tarjimon " to'garagi a'zosi Shodiyeva Irodaning O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "O'zbekiston bayrog'i" she'ridan tarjimasi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Qoraqalpog‘istonlik ijodkorlar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida
#17nov #uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Maktab_va_ota_onalar_hamkorligi

🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida barcha sinflar o'quvchilarining ota-onalari bilan majlis bo'lib o'tdi. Unda fan o'qituvchilari, sinf rahbarlari, tarbiyachilar va maktab rahbariyati ishtirok etdi. Aytish joizki, majlis 2 qismdan iborat bo'ldi.

✔️1-qismda ijod maktabi faollar zalida maktab rahbariyati va ota-onalar bilan tanqidiy-tahliliy yo'nalishdagi yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishni maktab direktori Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berdi. Direktor o'rinbosari Javohir Sharipov esa monitorda o'quvchilarning darslarni o'zlashtirish ko'rsatkichlarini birma-bir tahlil qildi. Shuningdek, yig'ilishda 1-chorak yakuni, oldinda turgan dolzarb masalalar, o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazishda to'garaklarning o'rni va ularning faoliyati va boshqa turli masalalar haqida so'z yuritildi.

Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan majlisda ota-onalarning savollariga batafsil javob berildi, shuningdek, ular tomonidan bildirilgan takliflar qayd qilindi.

❇️ Ota-onalar majlisining 2-qismida har bir sinf rahbari o'quvchilarning ota-onalari bilan o'z sinfida suhbat o'tkazdi. Suhbat davomida har bir o'quvchining darslarni o'zlashtirish natijalari, yutuq va kamchiliklari haqida so'z yuritildi. Shuningdek, maktab va ota-onalar o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, ularni maktabga, ochiq darslarga ko'proq jalb qilishga kelishib olindi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸Ijod maktabida ota-onalar bilan o'tkazilgan yig'ilishdan fotoreportaj.