Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#oʻquv_trening
⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.
⏳ Kunning ikkinchi yarmidan boshlab trening ishtirokchilari shoʻbalarga boʻlingan holda oʻquv-treninglarda qatnashmoqda.
📝 Mazkur shoʻbalarda mutaxassislar tomonidan:
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
➖ Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
➖ Elektron jurnal yuritilish;
➖ Byudjet intizomi;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
➖ Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.
📆 Ma'lumot uchun, mazkur oʻquv-trening ikki kun davom etadi.
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston ilk bor Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitiga mezbonlik qilmoqda
Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ta’kidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yildan boshlab IHT a’zosidir.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ta’kidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yildan boshlab IHT a’zosidir.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#tabriklaymiz
#xushxabar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#xushxabar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻquv_trening
⚡️Avval xabar berganimizdek, Agentlik tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo'lib o'tmoqda.
🔰Seminarni Agentlik direktori A.Ubbiyev kirish so'zi bilan ochib berib, "Ta’lim muassasalari faoliyat samaradorligi tahlili" mavzusida ma'zura qildi.
✔️ O'z navbatida, "Ijod maktablari kecha va bugun" mavzusida ma'ruzalar tinglandi. Xususan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova "2017-2023-yillar: ijod maktabi rivojlanishidagi muammo va kamchiliklar, erishilgan yutuqlar" mavzusida ma'ruza qildi.
⏩ Y.Djamalova o'z nutqida ijod maktabi binosi, dars jarayonlari, to'garaklar faoliyati, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi, hamkor tashkilotlar, bitiruvchilarning OTMlarga qamrab olinish darajasi, o'qituvchilarning malaka toifalari, erishilgan yutuqlar va uning asoslari haqida batafsil so'z yuritdi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

#Ijodiy_tόgarak_faoliyatidan
JAVOHIR ABDURASULOV
2008-yilda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug’ilgan. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi. Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligi munosabati bilan ijod maktablari o’rtasida o’tkazilgan “Barhayot navolar” nomli respublika ijodiy ishlar tanlovida musiqa yo’nalishi bo’yicha 2-o’rinni egallagan.
ONAMGA XAT
Onam, munisginam,
Yuribsanmi sog’?!
Yana xatlar yozib seni esladim.
Sen meni deb xayol surgan ayni chog’,
Borliqdan timsoling rosa izladim.
Otam tashvishlarda sog’ yuribdimi,
Shunchalar og’irmi yelkada yuki.
Oppoq qog’ozlarim, ayt, turibdimi,
Sochlaringga qorlar qo‘ngandir balki.
Qo‘shni qiz ketgandir boshqasi bilan,
Meni unutgandir u allaqachon.
G’urur, orim ila ichaman qasam,
Uzoqqa ketmayman endi, Onajon!
Seni ko‘p o‘yladim, mehring sog’indim,
Qalbimda noma’lum tuyg’ular yotar.
Seni o‘ylaganda juda og’rindim,
Bo‘g’zimga sog’inchning xanjari botar.
Ona, onajonim, yuribsanmi sog’…

#Qisqa_hikoyalar
Ernest Xeminguey har qanday insonni ta’sirlantiradigan, o‘zi atigi olti so‘zdan iborat hikoya yoza olishdan bahs boylashgan. Unga g‘alaba olib kelgan hikoya:
«Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan...» («For sale: baby shoes, never used»).
* * *
An’anaviy hikoyachilikning tugun, kulminatsiya va yechim kabi tarkiblaridan iborat bo‘lgan eng qisqa hikoyalar tanlovida O'Genri g‘olib bo‘lgan:
«Chekib olgan haydovchi qancha yoqilg‘i qolganini ko‘rish uchun benzobak tomon egildi. Marhumning yoshi yigirma uchda edi.»
* * *
Frederik Braun eng qisqa qo‘rqinchli hikoyani yozgan:
«Yerdagi oxirgi odam xonada o‘tirardi. Birdan eshik taqillab qoldi...»
***
Afrikalik bolakay tomonidan yozilgan ushbu hikoya «2005 yilning eng yaxshi hikoyasi» tanlovida g‘olib bo‘lgan ekan:
«Tug‘ilganimda, men qora edim;
Qora bo‘lib ulg‘aydim;
Men quyoshda uzoq tursam, yana qorayaman;
Hattoki o‘lganimda ham qoraligimcha qolaman.
Siz, oqlar esa:
Tug‘ilganingizda — qizg‘ish bo‘lasiz;
Ulg‘ayganingizda — oqarasiz;
Oftobda toblanganingizda — qizarasiz;
Sovqotganingizda — ko‘karasiz;
Qo‘rqqaningizda — sarg‘ayasiz;
O‘zingizni yomon his qilganingizda — yashil tusga kirasiz;
O‘lganingizda esa bo‘zarasiz.
Va siz meni rangli (qora tanli) deysiz».
***
Endryu E. Xant. Shukrona (hikoya)
Yaqindagina xayriya fondi tomonidan berilgan jun adyol uning yelkalarini yaxshilab yopar, bugun axlat chelagidan topgan poyafzali oyoqlarini umuman qismasdi.
Sovuq tunning izg‘irinidan so‘ng ko‘cha chiroqlarining tafti uning qalbiga ajib iliqlik olib kirardi...
Parkdagi burushiq o‘rindiqlar uning toliqqan beliga judayam tanish tuyalardi.
"Xudoyim, senga shukrlar bo‘lsin, — o‘yladi u, — hayot qanday go‘zal-a!"
***
Alan Y. Mayer. Omadsizlik (hikoya)
Tanamdagi shiddatli og‘riqdan uyg‘onib ketdim. Ko‘zimni ochishim bilan karavotim oldida turgan hamshirani ko‘rdim.
— Mister Fudjima, — dedi u, — omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirasimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Hozir siz gospitaldasiz, ortiq xavf ostida emassiz.
Madorsizlikdan bazo‘r so‘radim:
— Qaerdaman?
— Nagasakida, — javob berdi u.
***
Jeyn Orvis. Oyna (hikoya)
Ritani shafqatsizlarcha o‘ldirib ketishgandan buyon Karter oyna yonida o‘tiradi.
Televizor ham, kitob o‘qish-u xat yozish ham yo‘q. Uning hayoti — parda ortida ko‘ringan neki bo‘lsa — o‘sha.
Unga baribir, ovqatni kim olib keladi, hisobni kim to‘laydi... U xonani tark etmaydi.
Uning hayoti — yugurayotgan jismoniy tarbiyachilar, yil fasllari almashuvi, g‘izillab o‘tayotgan avtomobillar, Ritaning ko‘lankasi.
Namat bilan o‘ralgan ushbu palatada oynalar yo‘qligini Karter tushunmasdi.
***
Robert Tompkins. Haqiqatni qidirib (hikoya)
Nihoyat, bu xilvat, ovloq qishloqda uning qidiruvlari yakunlandi. Chirib, to‘kilay deb qolgan xarob kulbada miltillab turgan olov yonida Haqiqat o‘tirardi.
U umrida hech qachon bundayin qari va badbashara ayolni ko‘rmagan edi.
— Siz — Haqiqatmisiz?
Qartaygan, burushiq alvasti tantanavor bosh silkidi.
— Ayting-chi, men insoniyatga siz haqingizda bildirishim kerakmi? Ularga qanday xabarni yetkazay?
Kampir olovga tupurdi-da, javob berdi:
— Ularga meni yosh va sohibjamol deb ayt!
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram

⚡️ Shu yilning 6-7-noyabr kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirning yopilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi.
📝 Vazir mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilishi dolzarb bo‘lgan ustuvor vazifalar, oldimizda turgan muhim masalalar haqida to‘xtalib, Prezidentimiz bu borada barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
🗣 Tadbir so‘ngida vazir bilan “Ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda rahbar kadrlar vazirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar, sohaga oid fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan murojaat etishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Zamin_Foundation
#ijod_maktabi
⚡️ Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
📝 Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilar ekanlar, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidladilar.
🗺 Forum doirasida tashkil etilgan tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan Orolni asrab-avaylashga qaratilgan sahna ko‘rinishi forum ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari xalqaro va mahalliy til sertifikatlaridan yuqori ballarni qo'lga kiritishmoqda.
IELTS xalqaro sertifikati:
🔹 Iroda Shodiyeva -
➖ Overall - 6,5 ball;
➖Speaking - 7 ball⚡️
Duolingo english test:
🔹Rayhona Shoyimqulova -
➖Overall - 115 ball;
➖Comprehension - 130 ball ⚡️
✔️Davlat test markazining chet tilini bilish darajasini aniqlaydigan imtihondan 2 nafar o'quvchimiz "B2" darajali sertifikatga ega bo'lishdi:
🔹Iroda Xushvaqtova - "B2"
🔹Shermuhammad Tojiddinov - "B2"
📌Eslatib o'tamiz, 11-sinf bitiruvchilarimizning 9 nafari ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo'lga kiritishgandi.
🎉📚 O‘z navbatida, xalqaro va mahalliy til sertifikatlari imtihonlarida qatnashayotgan qolgan o‘quvchilarimizga ham omad tilaymiz!
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari xalqaro va mahalliy til sertifikatlaridan yuqori ballarni qo'lga kiritishmoqda.
IELTS xalqaro sertifikati:
🔹 Iroda Shodiyeva -
➖ Overall - 6,5 ball;
➖Speaking - 7 ball⚡️
Duolingo english test:
🔹Rayhona Shoyimqulova -
➖Overall - 115 ball;
➖Comprehension - 130 ball ⚡️
✔️Davlat test markazining chet tilini bilish darajasini aniqlaydigan imtihondan 2 nafar o'quvchimiz "B2" darajali sertifikatga ega bo'lishdi:
🔹Iroda Xushvaqtova - "B2"
🔹Shermuhammad Tojiddinov - "B2"
📌Eslatib o'tamiz, 11-sinf bitiruvchilarimizning 9 nafari ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo'lga kiritishgandi.
🎉📚 O‘z navbatida, xalqaro va mahalliy til sertifikatlari imtihonlarida qatnashayotgan qolgan o‘quvchilarimizga ham omad tilaymiz!
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#marafon
10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.
Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!
Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar va turli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.