Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.3K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#tanlov
#ikkinchi_bosqich

⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun tanlovning ikkinchi bosqich test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

🗺Maʼlumot uchun: Test sinovlari Respublikamizning 13 ta hududidagi Prezident maktablarida hamda Toshkent shahri uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#5_tashabbus

❗️Bu kitobni oʻqing!

🔍IZQUVAR PUARO

📚Mashhur ingliz yozuvchisi, detektiv qirolichasi Agata Kristining “Izquvar Puaro” nomli hikoyalar toʻplami nashrdan chiqdi. Ushbu toʻplamga adibaning qiziqarli hikoyalari tanlab olingan. Bu hikoyalar sirli voqealarga boyligi bilan ajralib turadi. Hikoyalardagi izquvar qahramonlarning fikri tiniqligi kitobxon diqqatini tortadi. Ayniqsa, qoʻngʻizmoʻylov Puaro yoki miss Marplning voqealar va jinoyatlarni ochishi, masala yechimidagi yorqin, aniq xulosalar oʻquvchini hayratlantiradi. Kitob keng oʻquvchilar ommasiga moʻljallangan.

✏️Tarjimon: Izzat Ahmedov
✒️Muharrir: Saidjalol Saidmurodov
🧮Adadi: 10 000 nusxa
🖨Nashriyot: “Oʻzbekiston” NMIU

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

QASHQADARYODAN...


Deydilar,chaqnagan qaysi yurt erur,
Buyuk Sohibqiron sochgan ziyodan.
Javob berdilarki, hech so'nmas bu nur,
Taralgan eng avval Qashqadaryodan.

Dedilar, qaysi el bedor doimo,
Zavq olar mehnatdan, suluv dunyodan.
Javob berdilarki, shoir, ulamo,
San'atkorlar chiqqan Qashqadaryodan.

Dedilar, jahonga buyuk yurtboshi ,
Parvoz aylagandi qaysi ma'vodan.
Javob berdilarki,
Hurlik quyoshi qalqqandi dastavval Qashqadaryodan,
Dastavval, dastavval
Qashqadaryodan!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
YOʻQ, HALI OʻLMAGAN ABDULLA ORIP

(5-noyabr - Abdulla Oripov vafot etgan kun)

Nogahon koʻrindi chaqnoq bir yulduz,
Nur sochib porladi, tilga tushdi tez,
Paydo boʻlgandida  bir “MITTI YULDUZ”
Yorugʻ yulduz edi Abdulla Orip.

Kunlarning birida chaqnadi chaqin,
Koʻkdan yulduz koʻchdi juda ham yorqin,
Koʻk, zamin goʻyoki bir qalqib ketdi,
Olamdan oʻtgandi Abdulla Orip.

Xira tortib qoldi yulduzsiz osmon,
Azador boʻlgandi shoirsiz zamin,
Boʻzladi oʻzbegim, boʻzladi qardosh,
Axir oʻtgan edi Abdulla Orip.

Koʻchdi deb boʻlmas yorqin yulduzni,
Oʻldi deb boʻlmas joʻshqin shoirni,
Hali koʻp yoʻqlaydi “YILLAR ARMONI”.
Yoʻq,hali oʻlmagan Abdulla Orip.

“JANNATGA YOʻL” doim izladi shoir,
Topgandir ehtimol avvali oxir,
MALOMAT TOSHLARI “ otildi qancha,
Hammasin koʻtardi Abdulla Orip.

”ISHONCH KOʻPRIKLARI “ dardiga darmon,
Tugʻilgan maʼvosi hur ”OʻZBEKISTON“
”NAHOT QALʼASI" dir suygani xalqi,
Yoʻq hali oʻlmagan Abdulla Orip.

Har tongda uygʻotsa yurt madhiyasi,
Hech qachon qulamas metin qoyasi,
Qalbidan joy olgan tanti xalqining,
Hech qachon oʻlmaydi Abdulla Orip.

Nur Muhammad Hasan

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xotira

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ustozlari O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, davlat madhiyasi muallifi xotirasini yod etdlar. Shaharning qoq markazida joylashgan Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qo'yib, ehtirom ko'rsatdilar.


Tug'ilsang baxt bilan kamol o'shadir,
Tark etsang olamni zavol o'shadir.
Oxir chog' tuprog'ing ustiga kelib,
Kimdir yod aylasa, iqbol o'shadir.

Abdulla Oripov.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish… Ruhni rivojlantirish – fe’l-atvorini shakllantirish demakdir.

✍️Mahatma Gandi

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#tanlov
#uchinchi_bosqich

⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga test bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Bir_kuni

She’rlaringizdan nechtasini yoddan bilasiz?

Ustoz Ozod Sharafiddinovning ashaddiy shaxmatchi ekanini yaxshi bilgan bir muxlis kunlardan bir kun ustozdan so‘rab qoldi:
− Aytingchi, ustoz, Siz raqiblaringiz yurar-yurmasidan javob berasiz. Aytingchi, shu o‘yinda nechta yurishni oldindan ko‘rib turasiz?
Ozod aka shaxmat taxtasidan bir zum ko‘z uzib, shunday javob qilibdi:
− Bir kuni ulug‘ shoirimiz Abdulla Oripovdan so‘radim. Davralarda mumtoz ijodkorlarning mashhur she’rlarini yoddan aytasiz. O‘zingizning she’rlaringizni ham hamisha yoddan o‘qiysiz. O‘z she’rlaringizdan nechtasini yoddan bilasiz?
Shoirimiz bu savolimga shunday javob berdi:
− Yozganlarimning deyarli barchasini, hali yozib ulgarmaganlarimning esa yarmisigacha yoddan bilaman. Shunga o‘xshatib aytsam, shaxmat partiyasining oxirigacha, keyingi partiyadagi yurishlarning esa yarmisigacha yurishlarni aniq ko‘rib turaman.

Sh. Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz