Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.4K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Prezident Qarshi shahri Oydin mahallasida istiqomat qilayotgan o‘qituvchi Dilshod Nabiyev xonadonida mehmon bo‘ldi. Xonadon egalari bilan bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Қарши шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Қашқадарё вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказилди.

В городе Карши под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tashrif

⚡️MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRI ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIGA TASHRIF BUYURDI!

🔰Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

Ijod maktabi majlislar zalida o'tgan tadbirda vazir maslahatchisi Azizbek Turdiyev, Maktabgacha va maktab ta'limi viloyat boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov, ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova hamda maktab o'quvchilari va o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Sizlar bilan yana bir bor diydor ko'rishib turganimdan juda xursandman, - dedi Hilola Umarova. - Sizdek ko'zlari yonib turgan shijoatli, yangi bilim va ilmlarni egallashga tashna, intiluvchan o'quvchi-yu izlanishdan sira charchamaydigan aziz o'qituvchilarni qadrlayman, qo'llab-quvvatlayman.

🏆 Tadbir davomida Hilola Umarova yaqindagina "Zakovat" respublika ko'rik-tanlovida birinchi o'rinni egallagan jamoa a'zolarini yana bir bor tabriklab, ularning keyingi ishlariga omad tiladilar.

⚡️Shuningdek, "Zakovat" jamoasi ustozi, ijod maktabining tarix fani o'qituvchisi Ravshan Xolovni "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirladi.

✔️Ta'kidlash joiz, ijod maktabining is'tedodli o'quvchilaridan biri Shohista Sherboyeva yaqinda Shveytsariya davlatida o'tkazilgan tanlovda g'olib bo'lgandi. U so'zga chiqib, o'quvchilari tomonidan bildirilgan taklifni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaga bildirdi. Ya'ni maktabda nemis tili fani o'rganishga qiziqish yuqoriligi, maktabda ham ushbu til o'qtilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lishini ta'kidladi.

❇️ O'z navbatida, vazir Hilola Umarova ushbu taklifni qo'llab-quvvatlab, kelgusi yildan ijod maktabida nemis tili fani o'qitilishi va ushbu fan bo'yicha xorijlik o'qituvchi ajratilishini bildirdi.

➡️
Tadbir samimiy va ko'tarinki ruhda o'tdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📸 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida hududdagi maktablar sharoiti bilan yaqindan tanishish uchun kutilmaganda Qarshi tumani markazi — Beshkent shahrida joylashgan 12-maktabga bordilar.

Bu yerda maktab infratuzilmasi, o‘quvchilarning ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan bevosita suhbatlashdilar. Maktab pedagoglari bilan muloqot jarayonida sifatli ta'limni tashkil etish uchun yana qanday imkoniyat va sharoitlar zarurligi bilan qiziqdilar.

Shuningdek, ta'limga juda katta e'tibor berish lozimligi, bilimli va sog‘lom bolalargina kelajakda qoqilmay, o‘z yo‘lini topa olishini alohida ta'kidlab o‘tdilar.

Maktab jamoasi ushbu suhbatdan katta taassurotlar olib, mamlakatimizdagi maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘ylantirayotgan boshqa ko‘plab muammo va masalalar Davlatimiz rahbarining shaxsan diqqat markazida ekanligidan xursand bo‘lishdi.

Ta'limga bo‘lgan bunday yuksak e'tibor, albatta o‘qituvchilarimizni ruhlantirib, ishlashga yangi ishtiyoq bag‘ishlashi shubhasiz.

Aytish lozimki, hozirgi vaqtda Qashqadaryo viloyatidagi 1 280 ta maktabda qariyb 680 ming nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda. Davlatimiz rahbarining tashrifidan so‘ng viloyat maktablaridagi mavjud shart-sharoitlarni atroflicha o‘rganish maqsadida maktablar rahbarlari bilan uchrashdim.

Qarshi shahridagi 4-, 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi o‘quvchilar bilan suhbatlashar ekanman, ko‘zlari yonib turgan shijoatli, yangi bilimlarni egallashga tashna yoshlarni ko‘rib xursand bo‘ldim.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi o‘quvchilarining qo‘shimcha til o‘rganishga doir takliflari meni ayniqsa quvontirdi.
O‘quvchilarning bilimga va kasb egallashga chanqoqligi, albatta biz soha mas'ullarini yanada ko‘proq izlanishga, harakat qilishga undaydi.

Biz xalqimiz farzandlarining baxtu kamoli, yuksak bilim egalari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida mehnat qilishdan doimo xursandmiz.
#Kun_hikmati

📚Faqat milliy, xalqona ta’lim-tarbiya bilan ma’naviyat, ichki madaniyat payvand qilinsagina odamlarni har qanday pastkashlikdan, tubanlikdan asrab qolish mumkin.

✍️Chingiz Aytmatov

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

27-oktyabr - Qarshi shahri kuni

🕌 Qarshi shahri tarixda bosqinchilarga qarshi qalqon boʻlgan botir oʻgʻlonlar, buyuk siymolarga beshik boʻlgan tabarruk zamindir. Shahrimiz oʻzining boy tarixi, tarix silsilalaridan bosib oʻtgan shonli yoʻli, olimu fuzalolari, madaniyat va sanʼat namoyondalariyu, mehnatkash va oriyatli xalqi bilan respublikamizda alohida oʻrin va mavqega ega.

2700-yillik tarixga ega bu koʻhna va hamisha navqiron shaharda yashash, uning bugungi qiyofasidan zavqlanish,  faxrlanish kishiga gʻurur bagʻishlaydi. Kundan kunga chiroy ochib borayotgan koʻrkam binolari, tekis va ravon yoʻllari, elimiz turmush farovonligi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar bugungi zamonaviy Qarshining koʻrki hamdir.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram