Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Harbiy_qismda_bir_kun

🔰Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrugida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlab ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

📚Mazkur tadbirda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Mohigul Olimjonova rahbarligida bir qator ijodkor o'quvchilar ishtirok etishdi. O'quvchilar taniqli shoirlarning o'zbek tiliga bag'ishlangan she'rlari hamda o'z ijodlaridan namunalar o'qishdi, badiiy-kompozitsiya namoyish etishdi.

✔️Shuningdek, o'quvchilar okrug muzeyida bo‘lib, harbiylar va okrug faoliyatiga oid eksponatlar bilan tanishishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Azizbek Norov
#Ochiq_dars

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi Sherali To'rayev tomonidan 10-"B" sinf 2-guruh o'quvchilariga "Adabiyot" fanidan "Sulaymon kursisining sifati" ("Qissasi Rabg'uziy" asaridan parcha) mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ona_tilim_faxrim
#Qadring_baland_bόlsin_ona_tilim

"Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi.

✍️Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

⚡️IJOD MAKTABIDA O'ZBEK TILI BAYRAMI NISHONLANDI!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlab “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, jurnalist, faxriy pedagog Bo'ritosh Nosirova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, yozuvchi Temirpo'lat Tillayev, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qarshi davlat universitetining filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Nilufar Umarova, O'zbekiston Respublikasi Oliy aviatsiya bilim yurti o'qituvchilari, serjant va kursantlari, Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrugi mutaxassislari, viloyat bolalar futbol maktabi murabbiy va o'quvchilari, OAV xodimlari, ijod maktabining turk tili o'qituvchisi Junayedbey Bag'ji, shuningdek, maktabning barcha o'qituvchilari va o'quvchilari ishtirok etishdi.

🎥 Tadbir avvalida o'zbek tili tarixiga oid videorolik namoyish etildi.

✔️Tadbirni ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berdi.

Ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori (DcS) Javlon Ibragimov “Davlat tili va uning ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.

❇️ Ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan o'zbek tilini madh etuvchi badiiy, musiqiy va she'riy kompozitsiyalar namoyish etildi, milliy kuy va taronalar yangradi, e'tiborlisi, tadbir davomida maktabdagi barcha to'garak a'zolar o'zlarining betakror chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarida boy taassurot qoldirdi.

🏆 Tadbir so'nggida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Ular maktab rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi. Ta'kidlash joiz, ushbu tanlovning nazm yo'nalishida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi g'oliblar qatorida e'tirof etildi.

⚡️Bir hafta davomida ijod maktabimizda bo'lgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oq'ituvchisi va o‘quvchilariga o'quv-tarbiya jarayonlari, darsdan tashqari mashg'ulot hamda tadbirlardagi faol ishtiroki uchun tashukkurnomalar hamda estalik sovg'alari topshirildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlab “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida o'tkazilgan ma'naviy-ma’rifiy tadbirdan fotoreportaj (1-qism).