Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.7K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Yosh_tarjimon_tόgaragi_faoliyatidan

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zolari Gulsevar Ne'matova, Dilshoda Nafasovalar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "Men nechun sevaman O'zbekistonni!" she'rini ingliz tiliga tarjima qilishdi.

Men nechun sevaman O’zbekistonni!

Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo.
Nechun vatan, deya yeru osmonin,
Muqaddas atayman, atayman tanho.

Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku, butun Osiyo.

Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Bog’larin jannat, deb ko’z-ko’z etaman.
Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men,
O’paman, tuprog’ing bebaho, Vatan!

Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng
Nechun bu tuproq, deb yig’ladi Furqat,
O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen?

Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Sababini aytgin, desalar menga.
Shoirona, go’zal so’zlardan oldin,
Men ta’zim qilaman ona xalqimga:
Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga?
Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin,
Bog’ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring chun
Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo!

✍️Abdulla Oripov

HOW I LOVE UZBEKISTAN!

Why do I love Uzbekistan,
The dirt turned into a parrot in my eyes.
Why the homeland, the earth, the sky,
I call it holy, I call it lonely.

What in the world is really lonely?
Doesn't cotton grow in other place?
Or is my sun the reason for my love?
After all, the whole of Asia is sunny.

Why do I love Uzbekistan,
I envy the gardens as a paradise.
Why do I cherish the soil,
Kiss you, your soil is priceless.

Motherland! In fact the fair nature of the soil,
The distribution is equal to the earth
Why is this soil, cried Furqat,
O land of Kashgar, are you poor?

Why do I love Uzbekistan?
Tell me the reason, they say.
Poetically, before beautiful words,
I bow to my mother people:
My nation, if the judgment of history befalls you,
If it led to the permafrost,
If you had a place of snow,
Wouldn't I love those icebergs?
Homeland, Homeland, may, flourish,
The garden is in the eternal ice, but,
My country, you are only for your riches
If you have a loving child, never forgive

✍️Translated by Ne'matova Gulsevar, Nafasova Dilshoda

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
bee and the pigeon.docx
14.1 KB
#Yosh_tarjimon_tόgaragi_faoliyatidan

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zolari - Umarboyeva Charos, Husenova Mohitabonlarning "Asalari va kabutar" ertagini ingliz tilidan o'zbek tiliga o'girgan tarjimasi bilan
tanishing.

E'tiborlisi, yosh tarjimonlar ushbu ertakni ham ingliz, ham o'zbek tilida audio shaklda ham tayyorlashgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI
O'QUVCHILARI O'RTASIDA "ZAKOVAT" TURNIRI⚡️
#Kun_hikmati

📚Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.

✍️Alixonto‘ra Sog‘uniy. “Turkiston qayg‘usi” kitobidan

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ҚАШҚАДАРЁ АХБОРОТИ" Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги тизимидаги мактаблар ўқувчилари ўртасида “Заковат” турнирининг республика босқичи бўлиб ўтди.

#16oct #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉
https://t.iss.one/qashqadaryo_trk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "4" KUN QOLDI❗️

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.

📚Quyida ijod maktabining o'quvchisi Laylo Boymurodovaning O'zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronnning "Ona tilim" she'rini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Avval xabar berganimizdek, Agentlik tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida o‘zaro o‘quvchi almashish dasturi doirasida Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib turishibdi.

📌 Bugun dars mashg'ulotlaridan so'ng sirdaryolik o'quvchilar o'z ustozlari hamda ijod maktabining 9-sinf òquvchilari, shuningdek tarbiyachi ustozlar hamrohligida Qarshi shahrining diqqatga sazovor joylaridan biri - mamlakatimizning Birinchi prezidenti Islom Karimov haykaliga borib, yod etdilar.

🎭Shuningdek, o'quvchilar viloyat musiqali drama teatrida dramaturg Shukurullo Mahkamov asari asosida sahnalashtirilgan "Aqldan ozish hech gap emas" nomli spektaklini tomosha qildilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ishga_taklif

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi
:

🔷Ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 18-27-oktabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 18-oktabr 09:00dan boshlab topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ONA TILIM

Manim oftoblarim, manim oylarim,
Toshbitigim – O‘rxun-Enasoylarim.
Faqat yuragimga ayon o‘ronim*,
Ona tilim – jonim O‘zbekistonim.
Bu jahon ichinda bir jahon tilim,
Otajon tilimdir, onajon tilim.
Olis-olislardan kelgan dardlarim,
Mahmud Qoshg‘ariydan meros xatlarim.
Olam aro mening shajaram, ko‘rkim,
Ildizim – “Devoni lug‘otit turk”im.

Ruhim eshigini kelgaydir ochib,
O‘n asr naridan Yusuf Xos Xojib.
So‘zlar ganji birlan to‘qdir iligim,
“Qutadg‘u bilig”dir qutlug‘ biligim.
Ne uchun toliblar bo‘lmasin zakiy,
O‘zi til o‘rgatsa Ahmad Yugnakiy.
Haqning tuhfasiga tomm loyiqdir ul,
Anglasang, “Hibat ul haqoyiq”dir ul.
Payg‘ambar hadisi – ne’matlarga boq,
Undan bahra olgan hikmatlarga boq.
Kim Ahmad Yassaviy so‘zini bilmish,
Haqni, Rasulini, o‘zini bilmish.

Bizlarga Tangrining atoyi – tilim,
Mavlono Lutfiyyu Atoyi tilim.
Bitgaydir ichimni to‘ldirgan hasrat,
Tavajjuh qilsalar Navoiy hazrat.
Bori tillar ichra rutbam tayindir,
Bu “Muhokamat ul-lug‘otayin”dir.
Qo‘limdan qo‘ymayman “Boburnoma”ni,
Vatanga muhabbat – taqdir nomani.
Yuragimga yuqqan dard-ohi bilan,
Hayotim nurlidir Ogahiy bilan.
Oshiq dil maqsudu matlabi undan,
Tarjima san’atin maktabi undan.
Vatan, til mangudir, kishi bor – o‘tar,
Qay dilda shu so‘z bor – u Avaz O‘tar.
Vosita, robita, olamiyon – til.
Bani odamga jon, foida kon – til.

Daraxtdan uzilgan yashil barglarim,
Oh, juvonmardlarim – juvonmarglarim.
Hayotim to‘lagan o‘lponlarimdir –
Fitratu Qodiriy, Cho‘lponlarimdir.
Millatning, Vatanning joni til bilan,
Shuhrati, shavkati, shoni til bilan.
Hayot yo‘li bizga oina – ibrat,
Behbudiy, Sidqiyu Ishoqxon Ibrat.
Bildim, iymon uchun zo‘r qo‘rg‘on – tilim,
Yo‘lim ham, dilim ham charog‘on tilim.

Tilga xiyonatni kechirmaydi dil,
Elga xiyonatni kechirmaydi el.
Tilga saloqat bu – elga sadoqat.
Elga sadoqat bu – tilga sadoqat.
Manim Mashhargacha ravon yo‘lim bu,
Olam ayvonida mangu tilim bu.
Yuragim tarannum etgan bayotman,
Ona tilim bordir, men barhayotman.

✍️ G‘ayrat MAJID

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

📌O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-F-son farmoyishiga ko'ra, 2023-yilda adabiyot, madaniyat va san'at, ilm-fan sohalarining atoqli namoyandalari tavallud sanalarini munosib nishonlash va ularning faoliyatini keng targ'ib etish dasturiga asosan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining chora-tadbirlar rejasi belgilangan.

🔰Unda adib, shoir, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxonovning ilmiy-ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazish qayd etilgan.

✔️Chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Ijodiy" to'garak rahbari Temirpo'lat Tillayev tomonidan "Jadidlar yo'lboshchisi" mavzusida "Mahorat darsi" tashkil etildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Bugun Agentlikning almashish dasturi doirasida Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani bo'yicha oliy toifali o'qituvchisi Shohsanam Qarshiyeva Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinfiga "Rasm asosida matn yaratish. Shaxs otlari va shaxs nomlari" mavzusidaт dars o'tdi.

🖥 Dars zamonaviy turdagi axborot texnologiyalari vositasida o'tkazildi.

Shohsanam Qarshiyeva dars davomida "O'yla, izla, top", "Savodxonlik vaqti" ta'limiy o'yinlaridan foydalandi. Shuningdek, noan'anaviy tarzda o'tkazilgan darsda 21-oktyabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan tabriknoma yo'llash, tabrik xati tayyorlash kabi topshiriqlar ham bajarildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram