Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.62K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Kun_hikmati

📚Axloqiy faoliyat insonning eng yuksak vazifasidir.

✍️Lev Tolstoy

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni ertalabki saflanish bo'lib o'tadi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili o'tkaziladi. Bugun yangi o'quv yilidagi ilk saflanish bo'lib o'tdi.

📚Unda maktab rahbariyati, sinf rahbarlari, fan o'qituvchilari ishtirok etishdi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Maktab rahbariyati dunyo va mamlakatimizning siyosiy va ijtimoiy hayotidagi so'ngi yangiliklar bilan o'quvchilarni tanishtirdi. Shuningdek, maktabning ichki tartib-qoidalari, o'quvchiga qo'yiladigan vazifa va majburiyatlar, yotoqxonadagi tartib-intizom haqida tushunchalar berildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Ideal" jamoasi 19 ball to'plab, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. "Teorema" jamoasi 16 ball bilan 2-o'rinni egallagan bo'lsa, jami 13 ball to‘plagan "Power of ledi" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#zakovat
#ijod_maktablari

Oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni saralash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Agentligimiz tizimidagi barcha ijod maktablarida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM