Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.32K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun "SIFATLI TA’LIM - KUCHLI JAMIYAT" mavzusida o'quv-trening tashkillashtirildi.

⚡️Tadbirni Agentlikning ijod maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig'i S.Ashirov, Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari SH.Damanovalar ochib berdi.

Treningdan ko'zlangan maqsad - ijod maktabilarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o ‘quv yilida o ‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan biorat.

🔶 O'quv-treningda respublikamizdagi 9 ta ijod maktabi rahbar va pedagog xodimlari, xususan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova ham qatnashdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Trening

🔰Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun "SIFATLI TA’LIM - KUCHLI JAMIYAT" mavzusida o'quv-trening bo'lib o'tmoqda.

🔶 Treningda barcha 9 ta ijod maktabi rahbar va pedagog xodimlari qatorida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'qituvchilari - Muqaddas Abdujabborova, Ravshan Xolov, Javlon Ibragimov, Izzat Negmatovlar ham qatnashishmoqda.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#seminar_trening

⚡️Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Agentligimiz tizimidagi 9 ta ijod maktablarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlar uchun o‘quv-trening tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘quv-treningda Ijod maktabi o‘quvchilari uchun nashr etilgan yangi darslik mohiyati, mezonlarga asoslangan baholash, milliy sertifikatga o‘quvchilarni tayyorlash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish – amaliyotdan nazariyaga kabi mavzular yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_savollar

⁉️Diqqat, savollar
:

1) “Alpomish” dostonida Toychaxon nimadan qoʻrqardi?

2) Togʻay Murodning dastlabki yirik asari qaysi va qachon yaratilgan?

3) Mahmudxoʻja Behbudiyning “Padarkush” dramasida boyning xotini Toshtimurodning bolalaligida qanday kasal bilan ogʻriganini eslaydi?

4) “Oyim sandiq ochdi, tugun tugdi. Dadam qoʻlimga bir dasta pul tutqazdi. Nima qilaman desam, bir ogʻiz “kerak boʻlib qoladi”, deb qoʻya qoldi. Tugundagi narsa toʻn bilan doʻppi ekanini bilib, yuragim ezildi” ushbu soʻzlar matni qaysi yozuvchining asaridan olingan?

Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.

📌Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 | Alisher Ubbiyev – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori bilan suhbat
#30aug #uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Premyera

📽 Bugun Alisher Navoiy nomli kinochilar uyi (Panorama)da O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Abdulla Oripov" kinofilmining premyerasi bo'lib o'tdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚O‘zing yaxshi – o‘zga yaxshi.

✍️ Konfutsiy

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 14-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) “Alpomish” dostonida Toychaxon nimadan qoʻrqardi?

( To'g'ri javob: Surhayl kampir o'g'illaridan - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Husnora Aralova).

2) Togʻay Murodning dastlabki yirik asari qaysi va qachon yaratilgan?

( To'g'ri javob: 1976-yil, "Yulduzlar mangu yonadi" - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva).

3)
Mahmudxoʻja Behbudiyning “Padarkush” dramasida boyning xotini Toshtimurodning bolalaligida qanday kasal bilan ogʻriganini eslaydi?

( To'g'ri javob: chechak - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Husnora Aralova).

4) “Oyim sandiq ochdi, tugun tugdi. Dadam qoʻlimga bir dasta pul tutqazdi. Nima qilaman desam, bir ogʻiz “kerak boʻlib qoladi”, deb qoʻya qoldi. Tugundagi narsa toʻn bilan doʻppi ekanini bilib, yuragim ezildi” ushbu soʻzlar matni qaysi yozuvchining asaridan olingan?

( To'g'ri javob: O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" asari - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva).

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz hamyurtlar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.

Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchisi Omonova Madina "Zukko kitobxon" tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritdi!

🔰Yoshlar ma'naviyatini yanada oshirish, ular orasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Zukko kitobxon" respublika ko'rik-tanlovi e'lon qilingandi. Tanlovning birinchi, ya'ni Qarshi shahar bosqichida o'quvchimiz Omonova Madina eng yuqori ball - 100 ball bilan birinchi o'rinni band etdi.

Tanlovning ikkinchi bosqichida esa jamoaviy bahslar o'tkazildi. Jamoa sardori sifatida Madina Omonova o'z jamoasi bilan oliy o'rin - birinchi o'rinni egallashdi. G'olib jamoaga 6 millionlik so'm taqdim etildi.

💥Madinaning kelgusi o'qishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram