Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.33K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Respublika bo‘yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi.


Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi. Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa, maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.


Prezident: maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatishni joriy yilda ham davom ettiramiz.


6 million so‘mdan 10 million so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni 23 mingga yetdi, 10 million so‘mdan yuqori oylik oluvchilar 1 mingdan oshdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

QO'MSASH

Oh, yaxshi kunlarim,
Sizni qo'msayman.
Siz endi bolamning o'yisiz.
Oh, yaxshi kunlarim,
Sizni qo'msayman.
Siz endi nabiram to'yisiz.
Oh, yaxshi kunlarim,
Sizni qo'msayman,
Siz endi ertaga salomim.
Oh, yaxshi kunlarim,
Sizni qo'msayman.
Siz, balki,qolajak
kalomim...

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgohi

⚡️Avval xabar berganimizdek, inklyuziv "Raqamli avlod IT Oromgohi"ning onlayn va offlayn darslariga start berilgandi
.

📲Oromgoh offlayn darslarida 200ga yaqin umumta'lim, ijod, Prezident maktab o'quvchilari va zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilari hamda universitet talabalari, onlayn darslarda esa, 2000 nafardan ziyod yoshlar qamrab olingan💥

🤖Unda Qarshi Prezident maktabidan 2 nafar, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidan 5 nafar òquvchilar hamda informatika fani tògaragi rahbari Navròz Begmamatov ham ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar oromgoh davomida orttirgan yanada yangi bilimlarni o'zlashtirish bilan birga taqdimot ko'rinishida namoyon etishmoqda.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 13-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) “Piyoda”, “Xitoy imperatorining qiyofadoshi” romanlari muallifi kim?

( To'g'ri javob: Raul Mir Haydarov - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

2) Rasul Hamzatovning “Mening Dogʻistonim” asariga ko'ra, quzgʻunning sevgan qoʻshigʻi nima?

( To'g'ri javob: qirg'in va o'lim - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

3)
Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida hikoya qahramonining fikricha, chol nechanchi yildan boshlab surat chiza boshlagan?

( To'g'ri javob: 1921-yil - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova).

4) Chingiz Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" qissasiga ko'ra, "Studebekker" nima?

( To'g'ri javob: harbiy yuk mashinasi - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva).

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nuqtai_nazar

“Oʻzbek tilini tozalashimiz kerak” – Shomirza Turdimov tilimizning bugungi ahvoli haqida

📺“Men bilgan haqiqatlar”

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun "SIFATLI TA’LIM - KUCHLI JAMIYAT" mavzusida o'quv-trening tashkillashtirildi.

⚡️Tadbirni Agentlikning ijod maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig'i S.Ashirov, Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari SH.Damanovalar ochib berdi.

Treningdan ko'zlangan maqsad - ijod maktabilarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o ‘quv yilida o ‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan biorat.

🔶 O'quv-treningda respublikamizdagi 9 ta ijod maktabi rahbar va pedagog xodimlari, xususan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova ham qatnashdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram