Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.4K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Yakuniy_davlat_imtihoni

🔰Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining №30-AF-sonli topshiriq xatiga asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o'quvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 10-iyuniga qadar o'tkaziladi.

📚Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilaridan 2022-2023 o'quv yili bo'yicha ingliz tili fanidan yakuniy davlat imtihoni o'tkazildi.

Imtihon avvalida ijod maktabi rahbariyati tomonidan o'quvchilariga samimiy tilaklar bildirildi.

🔵 Yakuniy davlar imtihonlari davom etadi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Sórang_javob_beramiz
#Infografika

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilar uchun darslik kitoblari pullikmi?

Abdulla Oripov ijod maktabida barcha darsliklar kitoblari oʻquvchilarga bepul taqdim etiladi. Bundan tashqari, oʻquvchilar eng soʻnggi rusumdagi kompyuterlar bilan jihozlangan informatika xonalarida dars mashgʻulotlaridan soʻng yuqori tezlikdagi internet orqali qoʻshimcha manbalar va elektron kitoblardan foydalanadi. 4 mingdan ziyod darslik, 5 mingdan ziyod badiiy kitoblar va 200 ga yaqin metodik qoʻllanmalardan iborat kutubxona ham ularga muntazir.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ko'plab to'garaklar faoliyat yuritadi. To'garak rahbarlariga ham pul to'lanadimi?

Albatta. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 141-sonli va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi 5188-sonli qarorlariga ko'ra, to'garak rahbarlariga 100 foiz ustama bilan haq toʻlanadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi yangi 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul e'lon qiladi!

🌏Ushbu maktabga o'qish istagida bo'lgan o'quvchilar O’zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan hujjat topshirishlari mumkin.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

•  Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
•  3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
•  baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
•  pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Hujjat topshirish muddati: Joriy yilning 10-IYUNidan 30-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

☎️Murojaat uchun telefonlar:
+99875 221 75 27   
+99875 221 84 32  

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra, ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.

✍️AHMAD YUGNAKIY

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yakuniy_davlat_imtihoni

🔰Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining №30-AF-sonli topshiriq xatiga asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o'quvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 10-iyuniga qadar o'tkaziladi.

📚Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchilaridan 2022-2023-o'quv yili bo'yicha tarix fanidan yakuniy davlat imtihoni o'tkazildi.

Imtihon avvalida ijod maktabi rahbariyati tomonidan o'quvchilariga samimiy tilaklar bildirildi.

🔵 Yakuniy davlar imtihonlari davom etadi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_qabul

⚡️Farzandingiz kelajakda zamonaviy bilimlarni egallab, yetuk kadr bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishini istasangiz, uning yorqin kelajagi poydevorini mustahkam qo‘ying. Poydevor esa maktabdan boshlanadi. Bizning ijod maktabi Sizga ana shunday mustahkam poydevorni taklif etadi!

🏫Shoshiling! Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinflar uchun 2023-2024-o‘quv yiliga qabul e'lon qiladi!

Hujjat topshirish muddati: 10-IYUNdan 30-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• telefon raqamlar aniq va bexato kiritilishi lozim.

📌Kirish imtihonlari 3 bosqichda olib boriladi: ijodiy imtihon, ijodiy suhbat va test sinovi tariqasida bo;lib o'tadi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, maktabda yuqori malakali va ilg’or tajribaga ega oliy toifali o'z kasbining fidoyisi bo'lgan fan o’qituvchilari ta’lim berishadi. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari Xalqaro va mahalliy oliy o'quv yurtlarida yuqori ballarga ega bo'lib, barchasi talabalar safiga qabul qilinib kelinmoqda.

Ijod maktabi o'quvchilari maktabdan olgan bilimlari asosida Milliy va Xalqaro IELTS sertifikatlariga ega bo’lishmoqda hamda muddatidan oldin top mingtalikdagi universitetlarning talabalari bo'lishdi va ushbu universitetlarning grant sohiblariga aylanishdi.

Maktabda STEAM fanlari milliy o'quv dasturlaridan tashqari xalqaro Cambridge o'quv dasturlari bilan integrasiyalashgan holda olib boriladi

5 mahal ovqat va yotoqxona mutlaqo BEPUL!

🌐Hurmatli ota-onalar, ushbu maktabda o'qish istagida bo'lgan o'quvchilar! Siz bu ijod maktabiga O’zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan hujjat topshirishingiz mumkin.

☎️Murojaat uchun telefonlar:
+99875 221 75 28
+99875 221 84 32

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
“Sizlar bilan bir safda va bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida hamnafas ishlaymiz” — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bugun Toshkent shahridagi umumta’lim maktab direktorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda maktab rahbarlariga Davlatimiz rahbarining maktabgacha hamda maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirishga doir Farmoni mazmun mohiyati, mazkur hujjat bilan sohada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlar xususida fikr almashildi.

Jumladan, Farmon bilan maktab rahbarlarining huquqlari kengaytirilayotgani, kasbiy faoliyatiga doir qator vakolat va huquqlar amaliyotga joriy etilayotgani qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida direktorlarning yanada rivojlanishiga ko‘mak berishi asnosida yangilik qilishlari, zamon talabiga javob beradigan rahbar bo‘lishlari uchun imkoniyat ekanligini alohida ta’kidlandi.

Shuningdek eng tajribali maktab direktorlaridan iborat “Direktorlar kengash”lari tashkil etilishi va ushbu kengashga kirgan direktorlar bevosita vazirlik bilan birgalikda faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari borasida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda maktab direktorlariga yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish ular oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar xususida atroflicha tushuntirish berib o‘tildi.

Vazir direktorlarga qilgan murojaatida Toshkent shahri ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha lokomotiv bo‘lishi lozimligini ta’kidlar ekan, “Sizlar bilan birga bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida ishlaymiz, men sizlarga suyanaman. Butun jamoa bo‘libgina natijalarga erisha olamiz va yutuqlarimizni ko‘rsata olamiz”, — deya so‘zini yakunladi vazir.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM