Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.3K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Xushxabar

⚡️Joriy yilning 6-7-may kunlari Shahrisabz shahrida "Shahrisabz yoshlar festivali-2023" Respublika festivali doirasida "Yangi Konstitutsiya - Yangi O'zbekiston poydevori" tanlovi bo'lib o'tdi.

🔰Quvonarlisi, ushbu tanlovda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Sevara Hasanova "Eng yaxshi rasm" yo'nalishida diplom va esdalik sovg'alari, shu bilan birga, "Shahrisabz yoshlar festivali-2023" Respublika festivalini tashkil etishdagi amaliy yordami uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🎉O'z navbatida, ushbu yutuqlar bilan Sevara Hasanova va uning ustozlarini tabriklaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xotira_va_qadrlash_kuni

⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbirlar o'tkazilib, urush faxriylari holidan xabar olindi.

🔰 Shuningdek, "Xotira — ulug' qadriyat" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soatlari ham o'tkazildi.

📸 Hududlarda bo'lib o'tgan ushbu tadbirlardan foto va video lavhalar taqdim qilamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Xotira – aziz, qadr – muqaddas. Yurtimizda xotira va qadrlash kunini keng miqyosda nishonlashimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Shunday ekan, bugungi sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik va xonadonlariga baraka tilayman.

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Kun_hikmati

Aqlni o‘ldirsang, axloq ham o‘ladi. Aql va axloq o‘lgan on millat bo‘linadi.
Qozini sotib olgan kuning adolat o‘ladi. Adolatni o‘ldirgan kuning esa, davlat ham o‘ladi.

✍️ Fotih Sulton Mehmet Xon

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Актёрлик_маҳорати_тўгараги

🎗9-may - Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining "Aktyorlik mahorati" to‘garagi a'zolari O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "Ayol" she'ri asosida sahnalashtirilgan kompozitsiya tayyorlashdi.


🎥Ushbu sahnalashtirilgan kompozitsiyani e'tiboringizga havola etamiz.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Barchamizga ma’lum, jonajon xalqimizning urush yillari davomida jang maydonlari hamda front ortida ko‘rsatgan beqiyos jasorati va matonati tarix sahifalarida o‘chmas harflar bilan bitilgan.

Xalqimizning mardligi va oliyjanobligi qalblarimizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlab, farzandlarimizni vatanparvarlik hamda ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida kamol topishiga ilhomlantirmoqda.

Tinch va osoyishta kunlarimiz uchun jonini fido qilgan jasur yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini e’zozlash bilan bir qatorda, yoshi ulug' duogo'ylarimiz, mehnat faxriylari, ustoz-murabbiylarimiz, qarindosh, do'st -u birodarlarimiz holidan xabar olish ezgu an’anaga aylangan.

Bugun butun respublikamiz bo‘ylab bo'layotgan ana shunday tadbirlarda Agentligimiz tizimidagi maktab o'quvchilari ham urush qatnashchilari va mehnat faxriylarining xonadonlariga borib ular bilan dildan suhbatlashishdi.

Alisher Ubbiyev
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori
#Kun_hikmati

Odam tilga kirishi uchun ikki yil kifoya, lekin tilini tiyib turishni oʻrganishi uchun oltmish yil kerak boʻladi.

✍️Rasul Hamzatov

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram