Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.05K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
100 files
3.91K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Xushxabar

⚡️Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5-6 may kunlari Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari o'rtasida STEAM fanlari bo'yicha olimpiadaning hududiy bosqichlari bo'lib o'tdi.

❗️Unda Agentlik tizimidagi jami 14 ta maktabdan 844 nafar o'quvchi qatnashdi.

🏆Quvonarlisi, olimpiadaning informatika fanidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 4 nafar o'quvchisi 1-2-3-o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

📌 Ijod maktabining 7-sing o'quvchisi Diyor Saidjonov hamda 8-sinf o'quvchisi Feruz Shoymurodov 3-o'rinni, 10-sinf o'quvchisi Shermuhammad Tojiddinov 2-o'rinni va 8-sinf o'quvchisi Azizbek Omonov 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

💥O'quvchilarimizning ushbu yutuqlariga mehnati singgan informatika fani o'qituvchilari - Shavkat Boboyev va Bahodir Berdiyevlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bayram_musobaqasi

⚽️ Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz yoshlari maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

🏐Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yoʻnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida bu borada Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida muntazam ravishda keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🎗9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ham ijod maktabining 8-9-sinf o'quvchilari o'rtasida sportning futbol turidan bayram musobaqasi bo'lib o'tdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xushxabar

⚡️Joriy yilning 6-7-may kunlari Shahrisabz shahrida "Shahrisabz yoshlar festivali-2023" Respublika festivali doirasida "Yangi Konstitutsiya - Yangi O'zbekiston poydevori" tanlovi bo'lib o'tdi.

🔰Quvonarlisi, ushbu tanlovda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Sevara Hasanova "Eng yaxshi rasm" yo'nalishida diplom va esdalik sovg'alari, shu bilan birga, "Shahrisabz yoshlar festivali-2023" Respublika festivalini tashkil etishdagi amaliy yordami uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🎉O'z navbatida, ushbu yutuqlar bilan Sevara Hasanova va uning ustozlarini tabriklaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xotira_va_qadrlash_kuni

⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbirlar o'tkazilib, urush faxriylari holidan xabar olindi.

🔰 Shuningdek, "Xotira — ulug' qadriyat" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soatlari ham o'tkazildi.

📸 Hududlarda bo'lib o'tgan ushbu tadbirlardan foto va video lavhalar taqdim qilamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Xotira – aziz, qadr – muqaddas. Yurtimizda xotira va qadrlash kunini keng miqyosda nishonlashimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Shunday ekan, bugungi sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik va xonadonlariga baraka tilayman.

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri