Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Agar bir o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar bir qizga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan, degan so‘zlarning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, hammamiz yaxshi anglaymiz.

Bugun biz ta’limga bo‘lgan e’tiborning yana bir ijobiy natijasini guvohi bo‘lib turibmiz — Prezident maktabining o‘quvchi qizi 100 foiz grant asosida dunyoning eng mashhur universiteti Garvard talabasi bo‘ldi. Har qancha maqtansa arzigulik natija.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova barcha tengdoshlariga namuna bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish va harakatlari bilan endi Garvard universitetida muhandislik yo‘nalishida tahsil oladi.

Kun.uz muxbirining Go‘zal bilan bo‘lgan suhbati farzandi ta’limiga befarq bo‘lmagan hech bir insonni befarq qoldirmaydi.

Go‘zalxon singari yoshlarimizni ko‘rib, yana bir bor barcha ota-onalardan farzandlaringiz qiziqishlarini qo‘llab- quvvatlang, ularning ilm olishiga motivatsiya bering degim keldi. Zero buning mevasidan birinchi navbatda o‘zingiz va siz orqali butun jamiyat bahramand bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, Go‘zalxon va uning ota-onasini farzandlarining yuksak yutug‘i bilan muborakbod etaman.
#Tarjimonlik_tògaragi

Rauf Parfi

Bir so`z bor

Beg`ubor tong kabi go`zal,
Tong chog`i ochilgan g`uncha kabi?
G`unchada shabnam kabi musaffo.
Shirin tuyg`ularning
Shirin farzandi,
Osmon kabi bepoyon ko`zlar sevinchi yanglig`
Bir so`z bor.

Bir so`z bor,
Haqiqat so`zidan ham yuksak
Haqiqatning o`zidan ham yuksak
Bir so`z bor…

There is a word by Rauf Parfi

Beautiful as a fresh dawn,
As a bud opened in the morning,
Pure like dew in the bud.
There is a word like
Dear child of honeyed feelings,
As if joy of eyes like endless sky.

There is a word,
Higher than the word of truth,
Above the truth itself
There is a word...

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Shodiyeva Irodaning o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🗂 Ushbu telegram kanallarida mazkur maktablardagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.

📝 IJOD MAKTABLARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔬 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sórang_javob_beramiz

Ijod maktablarining o'quv dasturi ham umumtaʼlim maktablarinikidekmi?

Ijod maktablarida ixtisoslik va ingliz tili fanlaridan qo'shimcha soatlar qo'yiladi. Boshqa o'quv soatlari bo'yicha qo'shimcha mashg'ulotlar mavjud, ular to'garaklarda tizimli ravishda muntazam o'tiladi.

Ijod maktablari bitiruvchilari uchun imtiyozlar bormi?

🇺🇿 Albatta. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi 5188-sonli qaroriga ko'ra, Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo'nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to'lov-kontrakt asosida qabul qilinadilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Ilm olish dastlab axloqiy poklikni talab qiladi. Shuningdek, taʼlim va tarbiya bir butunlikni koʻrsatadi, faqat shu borliqqa amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi.

✍️Abu Rayhon Beruniy.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_dars

🎗Inson xotira bilan tirik, qadr bilan barhayot. Shu bois yurtimizda oʻtganlar xotirasini yodga olish, eʼzozlash va ularning yosh avlodlarga qoldirgan jasoratiyu merosini asrab-avaylash, yoshlar orasida targ'ib qilish ezgu anʼanaga aylangan.

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-A-sinfida sinf rahbari Dildora Shodmonova tomonidan 9-may - Xotira va qadrlash kuni oldidan "Xotira - ulug' qadriyat" mavzusida ochiq ma'naviyat va ma'rifat soati bo'lib o'tdi.

📽Dastavval o'quvchilarga "Xotira bor ekan, millat barhayot" mavzusida videorolik namoyish etildi.

📚O'quvchilar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "Xotira" she'ri asosida badiiy kompozitsiya ijro etishdi.

🏆 Shuningdek, hafta davomida o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovining g'oliblari rag'batlantirildi. Faol ishtirokchilar e'tirof etildi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_eshiklar_kuni

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Kasbi tumanidagi 2-maktabning 4,5,6-sinf o'quvchilari sinf rahbari Murodova Dilfuza va ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi Saidnabiyeva Nargiza hamrohligida tashrif buyurishdi.

📌 Maktab rahbariyati tomonidan ularga qabul jarayonlari, ijod maktabida yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, darsdan tashqari jarayon, ta'lim jarayoni haqida batafsil aytib o'tildi. Berilgan savollarga ham atroflicha javob qaytarildi.

❇️ O'z navbatida, o'quvchilar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyini sayohat qildilar. Darsdan tashqari tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan to'garaklar xonalari bilan yaqindan tanishdilar.

🎙- O'quvchilarim orasida Abdulla Oripovning 30 dan ortiq she'rini yod olganlari juda ko'p, deydi sinf rahbari Dilfuza Murodova. - Maktabimizda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga bo'lgan qiziqish juda yuqori. Hatto o'quvchilarning ota-onalari tomonidan ham qiziqish uyg'ongan.

🎤- Ayniqsa, ota-onalar tomonidan tumandagi boshqa maktablarda ham yoz mavsumida ijod maktabiga o'qishga kirish uchun tayyorgarlik, qo'shimcha mashg'ulot o'tkazish taklif qilinayapti, - ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi Nargiza Saidnabiyeva. - Ota-onalar ilmning buyuk mohiyatini anglab, farzandlari ta'lim-tarbiyasiga katta e'tibor berayotgani quvonarli holat.

🏫 Ochiq eshiklar kuni may oyi davomida davom etadi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸Ochiq eshiklar kunidan fotoreportaj