Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Тўгараклар_фаолиятидан

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining matematika fani o'qituvchisi Fayoza Hamdamova informatika fani o'qituvchisi, "Web dizayn" to'garagi rahbari Shavkat Boboyev bilan birgalikda integratsiyalashgan to'garak mashg'ulotini o'tkazishdi.

💻 "MS Excel" dasturida chiziqli funksiya grafigini chizish"
mavzusidagi loyiha ishida to'garak a'zolari o'qituvchilari yordamida chiziqli funksiya grafigiga oid matematik masala yechimini "MS Excel" dasturi orqali topishdi.

❗️Ta'kidlash joiz, informatika fani fundamental matematika asosiga qurilgan. Ushbu fandagi barcha amallar, dasturlar matematik hisob orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulot davomida o'quvchilar ikkala fan integratsiyasi o'zaro bir-birini to'ldiruvchi xarakterga ega ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilishdi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zakovat

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini keng nishonlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

❇️ Beruniyning hayoti va ilmiy-ma'rifiy faoliyati hamda uning jahon tamadduniga qo'shgan ulkan hissasini o'quvchi-yoshlar o'rtasida targ'ib qilish maqsadida o'quv yili davomida turli ochiq to'garak mashg'ulotlari, sahna ko'rinishlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar namoyish etib kelinmoqda.

Bu galgi "Zakovat" intellektual o'yini qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyga bag'ishlandi. Unda "Ideal" jamoasi 16 ball to'plab, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Mo'jiza”, "Evrika", "Parvoz" va "Power of lady" jamoalari bir xil - 12 ball bilan 2-o'rinni egallashdi. Jami 11 ball to‘plagan "Teorema" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_tόgarak_faoliyatidan

JAVOHIR ABDURASULOV

2008-yilda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug’ilgan. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi. Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligi munosabati bilan ijod maktablari o’rtasida o’tkazilgan “Barhayot navolar” nomli respublika ijodiy ishlar tanlovida musiqa yo’nalishi bo’yicha 2-o’rinni egallagan.

ONAMGA XAT

Onam, munisginam,
Yuribsanmi sog’?!
Yana xatlar yozib seni esladim.
Sen meni deb xayol surgan ayni chog’,
Borliqdan timsoling rosa izladim.

Otam tashvishlarda sog’ yuribdimi,
Shunchalar og’irmi yelkada yuki.
Oppoq qog’ozlarim, ayt, turibdimi,
Sochlaringga qorlar qo‘ngandir balki.

Qo‘shni qiz ketgandir boshqasi bilan,
Meni unutgandir u allaqachon.
G’urur, orim ila ichaman qasam,
Uzoqqa ketmayman endi, Onajon!

Seni ko‘p o‘yladim, mehring sog’indim,
Qalbimda noma’lum tuyg’ular yotar.
Seni o‘ylaganda juda og’rindim,
Bo‘g’zimga sog’inchning xanjari botar.

Ona, onajonim, yuribsanmi sog’…
#Ijodiy_tόgarak_faoliyatidan

MALIKA MUHAMMADBOTIROVA

2009-yil 28-oktabrda Nishon tumani Paxtaobod qishlog’ida tug’ilgan. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7- sinf o'quvchisi

HOVLIMIZDA BAHOR

Sernoz daraxt taqadi,
Erinmayin chechaklar.
Quyosh zimdan boqadi,
Jilmaysa boychechaklar.

Tandirin yoqar onam,
Xamirini ko’pchitib.
Ukam varrak uchirar,
Kabutarni cho’chitib.

Onam yopgan nonlarni,
Akam ko’tarib chopar.
Qulog’ining chetiga
Buvim rayhonlar taqar.

Dadam ketar bog’ sari,
Ergashtirib singlimni.
Qaldirg’ochlar chug’urlar,
Xushlagancha ko’nglimni.

Ariq bo’yidagi tol,
Sochlarini taraydi.
So’raganday bo’lib hol,
Gullar kulib qaraydi.

Go’zallikka ko’z to’ymas,
Yetdik shunday imkonga.
Uch oyga ruxsat olib,
Bahor kelgan mehmonga.
#Ijodiy_uchrashuv

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish va tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturiga ko'ra, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san'at fidoiylari ishtirokida o'quvchilar bilan turli ijodiy uchrashuvlar o'tkazish, ularning serqirra faoliyati bilan o'quvchi-yoshlarni yaqindan tanishtirish an'anaga aylangan.

📚Shu ma'noda, bugun 2023-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati, adiba Ma'mura To'rayeva bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

💥 Shuningdek, uchrashuvda ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev ham qatnashib, Ma'mura To'rayeva ijodi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zamin_Creаtive

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilari uchun "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarida o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

❇️“Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalarida malakali ustozlar - B.Berdiyev, M.Siddikova, A.Boyto'rayevlar va surdotarjimon o'qituvchilar - N.Xaitova, D.Abdurahmonova, M.Muhammadiyevalar ishtirokida o'quvchilarga saboq berilib, ularni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga bo'lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish yo'lga qo'yilmoqda.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram