Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.26K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз

So‘ngi paytlarda Prezident maktablariga qabul hamda ushbu maktablarga ishga kirish yuzasidan ko‘plab savollar bo‘lmoqda. Eng ko‘p so‘ralgan savollar javoblarini taqdim etmoqdamiz:

1️⃣Prezident maktablariga 2021-2022 - o'quv yili uchun qaysi sinflarga qabul qilinadi?
👉Javob

2️⃣ Prezident maktablariga o'qishga kirish uchun qanday hujjatlar topshirish lozim?
👉Javob

3️⃣ Prezident maktablariga ishga kirish uchun qanday ariza topshirsam bo‘ladi?
👉Javob

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#Ajdodlar_jasorati_barhayot

Аbdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Xasanov Abduxalilning ijodiy ishlar tanlovining AKT yo'nalishida tayyorlagan videoroligi
#ajdodlar_jasorati_barhayot

Tinchlik qadri

Tinchlik va urush! Bular qarama-qarshi tushunchalardir. Rostdanam ular bir-biriga mos kelmaydi. Nima uchun? Chunki ikkalasi ham har xil so‘zlardir. Shuning uchun ular antonimlar hisoblanadi. Ammo bu menga qiziqmas. Chunki men hozir bu haqida yozmoqchimasman. Mening bugungi maqolam na grammatika, na til haqida. U tinchlik va urush to‘g‘risida. Ya’ni tinchlikning qadr-qimmati va urushning zararlari xususida. Bilamizki, hammamiz O‘zbekiston atalmish misli jannatda yashaymiz! Bu g‘urur bizniki. Chunki yurtimiz juda go‘zal, hosildor, serquyoshdir. Qolaversa, xalqimiz xushchaqchaq, mehnatsevar xalq. Eng muhimi esa bizning yurtimiz tinch-osoyishta, qaysiki, biz bu yerda baxtli yashaymiz!
Ammo bu baxtli kunlarga erishish juda mashaqqatli bo‘lgan. Albatta, biz yoshlar buni ko‘rmaganmiz. Chunki bu voqealar bundan 29 yil avval, biz mustaqillik degan buyuk baxtga erishishimizdan oldin bo‘lgan. Ammo biz buni maktabda, tarix darsida, o‘qiganmiz. Masalan, tarix o‘qituvchimiz Xolov bizga XX asrning nihoyatda og‘ir va qiyin yillar bo‘lganini aytgan. Urush! Og‘ir judoliklar! Va oxirida BUYUK G‘ALABA! Shunday ekan, tinchlik biz asrashimiz kerak bo‘lgan eng qimmat xazinadir. Siz uni pulga sotib ololmaysiz. Va hech kim uni sotmaydi ham.
Shu bois, biz uni asramog‘imiz shart. Agar biz qadrlamasak, hech kim uni bizga bermaydi.
So‘zim oxirida demoqchimanki, shunday osoyishta kunlarning qadriga yetishimiz kerak! Olloh bizga baxshida etgan shunday kunlarni asraylik!

Omonov Laziz
Abdulla Oripov nomli Ijod maktabi 11-sinfining o‘quvchisi


Advantage of Peace

Peace and war. These are the very contrary notions. Really they don’t match in any way. Why? Because both of them are very various ideas. So they called antonyms according to their meaning. But I don’t mind it. Because I’m not going to write about it now. My today’s article is about neither grammar nor language. It is about peace and war. It argues about cost of peace and damage of war.
We know we live in Uzbekistan looks like the paradise! This is the pride of ours. Because our country is very beautiful, fruitful, sunny. And also our population are cheerful, diligent. The important thing is that our Uzbekistan is peaceful country which means we live happily here.
But it was been difficult till this prosperious days. Of course, we didn’t see it. Because it was about 29 years ago. But we read about those period in history at school.
For example, our history teacher Kholov teacher told us that the XX century was been heavy and difficult years. War! Hard separations! And GREAT TRIUMPH at the end!
So peace is the more expencive wealth which we must value it. You can’t buy it with money. And no-one never sale it.
So we must keep it. If we don’t save it, nobody will give it.
I’m going to say at the end of my opinion, all of us must value to such peaceful days! We should also remind others about it. Nobody can deny that our happiness is our peaceful life. May God give us this happiness forever!
Thanks for your attention!

If there are grammar or other mistakes in the article, I’m sorry.

Omonov Laziz
Pupil of the 11 th grade of school named after Abdulla Oripov.
БЕЛАРУС МОМО КУЛБАСИДА
Кулба. Қақшоқ кампир тинмайди бир пас
Шамолни қамаган каби ичига...
Дастурхон тузайди – нон, пишлоқ, квас...
“Болам, хуш келибсан, Пуховичи*га...”

Ўғли жангдан қайтган каби кўнгли тўқ,
Ўзини қўярга топмаяпти жой.
Хижолат тортади: “Бизда чойнак йўқ...”
Истоконда дамлаб узатар кўк чой.

Албом варақларкан жилмаяр кампир –
Менинг кўз ўнгимда гуллайди оғоч...
Озғин бармоқларда титрайди тақдир:
“Бу – мен! Болалигим... Тошкент. Бешёғоч...”.

Кампир нигоҳида милтиллайди чўғ,
Заминни кўтариб турар киприги.
Сўзларкан бўғзига соғинч урар тиғ:
“Ҳали ҳам ширинми, Тошкент ўриги?”.

Сўнгра маъюс боқар – титрайди албом,
Ҳаволарда инграр жон зарралари...
Менинг кўз ўнгимдан ўтади шу дам
Қиёматнинг қонли манзаралари...

Беларус ерини ўқ, олов олди –
Танклар занжирида айланар фалак.
Ўзбек қўл узатди. Соғ-омон қолди
Замбарак оғзида турган қизалоқ...

Тирикликни қириб қайтмайди изга
Уруш кўкни ёриб қилар тантана.
Еру осмонидан айрилган қизга
Тошкентнинг осмони бўлар бошпана.

Қайтар чоғим қучди: “Болам, кўп яша!”
Кўксимга бош қўйди. Титради лаби...
Кўзлари жавдираб боқарди. Ўша,
Уруш улоқтирган қизалоқ каби...

Кампир дер: “Унутмам... Яратган эгам
кўнглимда борини кўриб турибди.
Болам , Сенга айтсам кўксимда шу дам
Ўзбекнинг юраги уриб турибди!..”.

2019 йил, 17 июл.
Пуховичи – Кисловодск.

Қўчқор Норқобил, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси

*Пуховичи – Беларусдаги туман.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XOTIRA_ABADIY_QADR_MUQADDAS

9-may- fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabaning 76 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlanadi.

Muallif: Omon Matjon "Sog'inch"she'ri
Matnni Qarshi ixtisoslashgan san'at maktabi o'qituvchisi Sh.To'xtamishev o'qigan (2020-yil)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#Ulug‘ _kun_shodiyonasi
#Bobolarimiz_jasorati_mangu_barhayot

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 6-sinf o‘quvchilari Omonov Azizbek va Jumanazarova Zebiniso tomonidan jonli ijro.

"Katyusha" qo'shig'i

Tasvir Qahqadaryo viloyati "Vatanarparvar"bog'ida suratga olindi.
Абдулла Орипов

ХОТИРА

Юлдузлар мисоли бедорсан,
Тоғларнинг қоридек бокира.
Сен азиз зотлардан ёдгорсан,
Хотира, хотира, хотира.

Дунёда ботирлар кўп ўтган,
Сўнмаган яшашга ҳаваси.
Кимгадир ҳаёт ҳам бахш этган
Уларнинг энг сўнгги нафаси.

То ўзинг мададкор экансан,
Ўчмагай қалбимда ҳаяжон.
Ниҳолни асли сен эккансан,
Онажон, отажон, бобожон.

Бу Ватан жаннатдир, жаннатдир,
Ҳаётдир сеҳрли, соҳира.
Шаънингга авлодлар раҳмат дер,
Хотира, хотира, хотира.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot o'qituvchisi Abdujabborova Muqaddasning 9-may-Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G'alabaning 76 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan ijodiy ishlar tanloviga tayyorlagan videoroligi.
Ushbu videorolikda o'quvchilarning ijodiy ishlari ham yoritilgan.

@abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas

Abdulla Oripovning "Ayol" she'ri asosida tayyorlangan audiovizual taqdimot.
Uni ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rajabova Gulinur o'qigan.(2020)

@abdullaoripov_ijodmaktabi
#BARHAYOT_SATRLAR


Хотира бор экан, тирикдир миллат,
Тирикдир ифтихор,тирикдир ғурур.
Хотира — элни халқ этгувчи қудрат,
Хотира — эртани ёритгувчи нур.

Ҳатто майсанинг ҳам хотираси бор,
Майса хотираси — нурга интилмоқ.
Кўкарса — иккига бўлиб ташлайди
Йўлининг устида турса ҳатто тоғ.

То қуёш осмонда порлаб тураркан,
Осмондай мангусан,эй, она халқим!
Ҳар бир фожиага,ҳар бир шарафга,
Баҳо бермоққа ҳам ёлғиз сен ҳақли!

Хуршид Даврон

@abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#Buyuk_G'alabaning_76_yilligi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi Hayitova Farangizning ijodiy ishlar tanlovi uchun tayyorlagan videoroligi
#QAHRAMONLIK_QASIDASI
#ona_matonati


„Ilhaq“ filmini koʻrib qonli urushning sovuq nafasini his qildim va juda taʼsirlandim....

Zulfiya ayaga

Qaydan keldi bu mudhish urush,
Jarohati soldi ko‘p alam.
Qancha inson qalbida hanuz ,
Oh chekdilar , zor yig‘lab "Bolam!"

Besh oʻgʻilni yolgʻiz oʻstirding ,
Ta‘zimdamiz matonatingga.
Xalqim duo qilar ushbu kun ,
Sening metin qanoatingga.


Leningradning mudhish jangida,
Har o‘g‘loning ayamasdan jon.
Umrin xazon , hayot so‘ngida,
Vatan uchun to‘kdilar-ku qon.

Gitler taslim boʻlgan oʻshal kun,
Oʻgʻingdan hech kelmadi darak.
Ilhaq bo‘lding kutib qaro tun ,
O‘tdi bedor umring jonsarak.

Omonov Azizbek
Abdulla Oripov Ijod maktabining 6-sinf o‘quvchisi
#sinov
#DTM

Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida DTM bilan hamkorlikda maktabimiz bitiruvchi o’quvchilaridan navbatdagi nazorat test sinovi olindi.

telegram
kanalimizga a'zo bo'ling 👇https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi

✍️Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
🔊 Diqqat ❗️ Diqqat❗️

O'zbekiston Xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan
yangi loyiha!

👧 Maktab-internatning 7-sinf ŏquvchisi, "Yetakchi klub" sardori Badalova Shaxnoza tomonidan yangi taqdimot!

📖 "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" audiovizual dasturini tinglab borasiz!

👨‍👩‍👧‍👦 Bizni kuzatishda davom eting. Bizdan aslo yiroqlashmang!

@abdullaoripovyoshijodkorlar
#ILM_JAVHARDUR
#ABU_MUIN_NASAFIY

2021-yil, 11-may kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari buyuk vatandoshimiz, ulug' alloma, kalom ilmining asoschisi
Abu Muin Nasafiy- respublikamizdagi muqaddas qadamjolardan biri-obida majmuasiga sayohat qildilar. O'quvchilar buyuk allomaga bag‘ishlangan muzeyda bo'ldilar. XII asrda barpo etilgan toshquduq, xonaqolar haqida ma'lumotlar oldilar. Muzeydagi katta devorda "Ilm-javhardur" deb nomlangan san'at asari barchaga katta taassurot qoldirdi.

@abdullaoripovmaktabi