Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktabida_turk_tili
#Adabiyot_haftaligi
🇹🇷Avval xabar berganimizdek, mazkur o'quv yilidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida turk tili darslari ham yo‘lga qo‘yilgandi. Turkiyalik o‘qituvchi Bağci Cüneyt ushbu tilni o‘rganishni istovchi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda.
✅O‘zbek va turk tillari turkiy tillarga mansub bo‘lib, o‘zaro umumiy ildizga ega. Tillarda katta farqlar deyarli uchramaydi. Turk tili o‘zbek tiliga juda o‘xshash, uni tushunish uchun tarjimonga ham ehtiyoj yo‘q, aslida. Bu ham, o‘z navbatida, o‘quvchining mazkur tilni o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi.
📚Maktabning 9-sinf o'quvchilari Abdulla Oripovning "O'zbekiston - Vatanim manim" sheʼrini turk tiliga tarjima qilib, uni ifodali tarzda o'qishdi.
✔️Turk tili o'qituvchisi Bağci Cüneyt buyuk shoir Abdulla Oripov ijodi, ijod maktabidagi taassurotlari, maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi
#Òzbekiston_Vatanim_manim
🔰Bugun ijod maktabida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar avvalida buyuk shoir poyiga gulchambar qo'yilib, ehtirom ko'rsatildi.
❇️ Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov va ijod maktabi direktori v.v.b Yoqutoy Djamalova boshchiligida maktab jamoasi ishtirok etdi.
✔️Ijod maktabi o'quvchilari Abdulla Oripov ijodidan namunalar o'qishdi.
📚Ta'kidlash joizki, adabiyot haftaligi davomida viloyatimizning turli hududlaridan, oliy ta'lim muassasalari, tashkilotlardan o'quvchi-yoshlar kelib, shoir hayoti va faoliyati yoritilgan muzey bilan yaqindan tanishish bilan birga ijod maktabidagi shart-sharoitlar bilan tanishmoqdalar.

Yana bahor keldi. Yana olamda
Ajib bir goʻzallik, ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulugʻ damda,
Ulugʻ yelkadoshim, muzaffar hayot!
Abdulla Oripov
🌺Bahorning ilk kunlaridanoq butun tabiat goʻzallikka, gullar iforiga burkana boshladi. Qish faslida uyquga ketgan daraxtlar asta-sekin kurtak ochib, oʻzini olamga koʻz-koʻz qilib quvonchimizga yanada quvonch qoʻshmoqda. Qir-adirlarga zumrad gilam toʻshalib, turli-tuman gullar va maysalarning rangiga burkandi. Bularni koʻrgan odamning, albatta, koʻzi quvnaydi. Bahor - uyg'onish fasli. Uyg'onish faslining ilk kunlari yasharish, yangilanish - Navro'zga ulanib ketadi.
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har yili 21-mart sanasi yuqori kayfiyat va o'zgacha shukuhda nishonlanadi. Nega deganda, aynan shu kuni O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud kuni hamda Navro'z shodiyonalari tantananali tarzda nishonlanadi.
📚Ijod maktabining faollar zalida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlab "O'zbekiston - Vatanim manim!" mavzusida adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi.
❇️Tadbirda O'zbekiston Qahramoni, faxriy ustoz Muhabbat Sharapova, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig'i Usmon Nusurov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi bosh mutaxassisi Latif Qambarov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev va uyushmaning faol a'zolari, ijodkor yoshlar, ota-onalar, ta'lim sohasida uzoq va samarali mehnat qilgan faxriy ustozlar, Milliy Tiklanish DP faollari, mahalla faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
🎨Tadbir avvalida mehmonlar ijod maktabining asosiy foyesida Abdulla Oripov asarlari ko'rgazmalari, ijodiy ishlar tanlovi g'oliblari haqidagi videoroliklar namoyishi hamda Qarshi ixtisoslashtirilgan san'at maktabining dutorchilar ansambli tomonidan tayyorlab kelingan o'ziga xos bayramona dasturdan bahramand bo'lishdi.
🎭Abdulla Oripovning "Onajon", "Istiqlol manzumasi", "Ayol" she'rlariga ishlangan teatrlashtirilgan kompozitsiya ijod maktabi o'quvchilari tomonidan namoyish etildi, shoir tarjimalari ifodali tarzda o'qildi.
🎼Tadbir dasturidagi har bir namoyish oldidan buyuk shoirning o'zi o'qigan she'rlari, adabiy suhbatlaridan parchalar havola etib borilgani mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.
🎙- Avvalo, shuni aytishim kerakki, O'zbekiston Qahramoni, Madhiyamiz muallifi va Qashqadaryo farzandi Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etayotganimdan behad xursandman, - deydi O'zbekiston Qahramoni, faxriy pedagog Muhabbat Sharapova. - Abdulla aka buyuk shoir edi. U o'z nomini tirikligidayoq tarix zarvaraqlariga muhrlagan kam sonli insonlardan biri. O'zbek xalqi, Qashqadaryo eli shunday buyuk shoirlarni sira unutmaydi.
✅Shuningdek, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi tomonidan shonli sanaga bag'ishlab "Adabiyotimiz iftixori" ijodiy ishlar tanlovi g'oliblariga statuetka, estalik sovg'alari va diplom topshirildi.
✔️Quvonarlisi, ushbu tanlovda ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Farid Shomurodov 2-o'rinni egalladi.
Adabiy-badiiy tadbir mehmonlar va barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
📸 Ijod maktabining faollar zalida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan "O'zbekiston - Vatanim manim!" mavzusidagi adabiy-badiiy tadbirdan fotoreportaj (1-qism)