Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.15K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 9-may-" Xotira va qadrlash kuni" hamda fashizm ustidan qozonilgan buyuk G'alabaning 76 yilligi munosabati bilan "Xotira abadiy, qadr muqaddas" mavzusida 4 yo'nalishda ijodiy ishlar tanlovi o‘tkaziladi.

1.Eng yaxshi nazm
📖📚📃✏️
2.Eng yaxshi nasr
📃📝📜📕
3.AKT yo'nalisida tayyorlangan videorolik
📚🎬🎼🎤
4.Tasviriy san'at
🎨🎆✏️📚

Tanlovda murojaat etilgan, foydalanilgan asarlar mualliflari (AKT, tasviriy san'at) qayd etilishi shart. Har bir ishtirokchi mavzuga kreativ(noodatiy) yondashmog'i lozim.

Ijodiy ishlar yoshlar yetakchisi xonasida yoki
@abdullaoripovyoshijodkorlar
kanalida 2021-yil 10-mayga qadar qabul qilinadi.

G'oliblar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar
🥇🥈🥉🎁🎁🎁💐💐💐


@abdullaoripovmaktabi
2_5307718819165243285.m4a
5.4 MB
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 9- sinf o'quvchisi Rajabov Azizbek. 🖊Shoir G' afurfon Teshaboyev qalamiga mansub " Ona faryodi".(Muallifdan : Ushbu she' rimni urushdan qaytmagan besh o' g'ilning onasi, sabr- bardoshli o' zbek ayolining yorqin timsoli Zulfiya aya Zokirovaning buyuk matonatiga bag' ishlayman.)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_jasorati_mangu_barhayot

Abdulla Oripov nomli Ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Narsillayeva Maftuna ijodiy ishlar tanloviga taqdim etgan videoroligida 2-jahon urushi qatnashchisi , mehnat faxriysi , 100 yoshni qarshilagan Usmon Donayev bilan bo‘lgan suhbatini aks ettirdi.
(Tasvir jarayonlari 2020-yilda suratga olingan)
Эълон қилинмаган шеърлар туркумидан....

Абдулла Орипов

Онагинам алла айтарди...

Онагинам бошим устида
Алла айтди гўдаклик оним:
“Киприкларим фидодир сенга,
Улғая қол, жажжи ўғлоним,
Улғая қол, сени олдинда
Биларсанми, кутар нималар...
Унда отанг кетган бу йўллар
Тоза бўлур.. кўкда турналар-
Куйлаб учар сенинг учқур, соз,
Осойишта қўшиқларингни.
Сен яшарсан қонлардан узоқ
Ва суронли йиллардан нари”.
Онагинам бошим устида
Алла айтди гўдаклик оним:
“Болагинам, отанг қони-ла
Тоза бўлур сенинг жаҳонинг.”
Кўз олдимда мана... донишманд
Онагинам айтган аллалар...
Йўллар тоза, йўллар бехатар
Тиниқ кўкда учар турналар...
Онажоним айтгандек ўшал...
Она тупроқ, қўшиқларинг шан!
О, ишонинг, она алласи
Алдамас экан!

1960

Абдулла Орипов
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Иккинчи жаҳон урушида қозонилган ғалабанинг 75 йиллигига бағишлаб ишланган «Илҳақ» фильми трейлери. Урушда фарзандидан, ёридан айрилган барча аёлларга бағишланади!

Режиссёр Жаҳонгир Аҳмедов.
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 9-may- fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabaning 76 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o'tkazilayotgan ijodiy ishlar tanlovida 8-sinf o‘quvchisi Nurmatova Sevinch o'z inshosi bilan ishtirok etmoqda

Insho

Inson qadri boqiy, xotirasi muqaddas

Reja:
1.Xotira-tarixni uyğotguvchi nur.
2.Dahshatli urushning yovuz jarohati
3.Ajdodlar merosi-yoshlarga ibrat.

Xotira bor ekan tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir ğurur.
Xotira dõstlarim, ajib bir qudrat
Xotira-ertani yoritguvchi nur.

Inson qadri uluğlangan, xotirasi sarbaland yurtda yashaymiz. Bugunimiz kechagi kundan ancha yoruğ, ertamiz yanada fayzli, barakotli bõlishiga hech shubhasiz ishonchimiz komil. Navqiron avlod e'tiborda, nuroniy keksalarimiz e'zozda, ehtiromda. Shunday aziz vatanda yashamoqlik, uning buyuk kelajagi yõlida hissa qõshmoqlik menimcha, beqiyos baxt. Albatta, tarixiy jasoratni tiklamay turib, porloq kelajakni barpo etib bõlmaydi. Inson hamda millat abadiy xotira ila barhayotdir, boqiydir. Xotira-sõnmas õtmishni, ajdodlar nasihatini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek nurafshon hayotimizni yanada yoritib turadi. Qadr esa insonni yuksaklikka kõtaradi, uning insoniylik qadr-qiymatini belgilab beradi. Bukilmas iroda va boqiy jasoratni amalda namoyon etib, hatto õz hayotini xatarga qõyib, jonajon vatanimizning ravnaqi yõlida qilgan oliyjanob xizmatlari taxsinga loyiq, albatta. Mana shu mard ota-bobolarimizning muqaddas xotirasini yod etish, gõzal hayot sari dadil odimlayotgan yoshi uluğ qariyalarimizni ardoğlash, õylashimcha, odamiylikning eng oliy mezonidir.
Albatta, dahshatli urush vahshati chekka-chekka qishloqlarni, markazdagi kõkka qadar bõy chõzayotgan imoratlarni-yu, nurab qolgan kulbalarni chetlab õtmadi, desak mubolağa qilgan bõlamiz. Darhaqiqat, urush bor joyda kõz-yosh, qon tõkiladi. Qancha bolalar yetim, ancha ayollar beva qoldi. "Urush noming õchsin jahonda" - degan edi ardoqli shoiralarimizdan biri Zulfiyaxonim. Mehnatkash xalqimiz, front ortida beminnat yordam berayotgan insonlarimiz hamda ona yurti uchun õz jonini xatarga qõyayotgan mard jangchilarimizni qilgan tõxtovsiz harakatlari haqiqatdan ham, besamar ketmadi. "Biz ğalaba qozondik. Uraaa!" degan quvonchli xabar hamon yodimdan chiqmaydi, deydi Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan Vera buvi. "Men urush yillari boshlanganda atiga õn olti yoshda edim. Ammo yoshligimga qaramay, nemislar ichiga kirib barcha sir-asroslarini bilib õzbeklarga yetkazib turardim. Biroq men bularni sotishimdan nemislar tõsatdan xabar topdi. Meni ushlab olishiga qaramay jonim boricha qochdim. Shunga qaramay, õzbeklar endi nemislarning barcha siridan boxabar edi..." Menimcha, ğalabaning omillaridan biriga Vera buvining beminnat hissalari katta deb õylayman. Ha, barcha vahshatli urush uchun qõlidan kelgancha samarali xizmat qildi. Jasur ota-bobolarimizning xizmatlari befoyda ketmay, shonli tarixda muhrlanib qolgan 2-Jahon urushida ğalaba qozondi.
Õtganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham qarz, ham farzdir. 2-Jahon urushida halok bõlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini eslash va e'zozlash oğir jang-u jadallarni boshdan kechirgan, yarador bõlib qaytgan faxriylarimizni, front ortida mashaqqatli mehnati bilan ğalabaga hissa qõshgan insonlarimizni, ayniqsa, onajonlarimizning hurmat-ehtiromini joyiga qõyish va munosib taqdirlash-milliy qadriyatlarimiz qatoridan keng õrin olgani quvonchli. Eng muhimi, yoshlarimiz ong-u shuurida õtganlarni xotirlash, tiriklarni qadrlashdek insoniy fazilatlar tobora mustahkam muhrlanmoqda. Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yõlida jonini fido qilgan odamlarni yod olish bugungi va ertangi kunimizni qadrlashga õrgatadi. Xotira bõlmas ekan, qadrlash ham mavjud bõlmaydi. Ushbu tushunchalar mustaqillik davri avlodi uchun õziga xos ma'naviy qadriyatga aylandi. Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, buyuk ğalabani uluğ jasoratli insonlar ta'minlagan va biz minnatdor
avlodlar bu fidoyi yurtdoshlarimizni qadrlaymiz, ularning beqiyos matonati va xotirasi oldida hurmat bilan bosh egamiz!
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas

***
Necha bir insonning qaddini bukding,
Begunoh ko'zlarning yoshini to'kding
Insonlar zor qaqshab, qolganda nochor,
Sen shuni kutgandek jilmayib qo'yding.

Yurganda qadamidan o't chiqqan botir,
Bugun tayoqlarga suyanib qolgan,
Yo'lini to'ldirib yurgan yigitcha,
Nurli nuroniyga aylanib qolgan.

Eng baxtli faslidan ayrilib qolgan,
O'sha quvnoq bola bugun keksaygan .
Ona allasiga zor qolgan go'dak,
Bugun o'z zaminin gullab-yashnatgan.

Go'zal, tiniq yuzlarga ajin tushirgan,
Eng sovuq manzara o'sha urush-da.
Go'zal muhabbatga qator o't qo'ygan,
Urush , sening noming o'chsin jahonda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 11 - sinf o'quvchisi Umirova Zaynabbibi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#9_may_muborak_kun


Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7- sinf o‘quvchilari Cho'liyev E'zozbek, Bozorov Dilbek, Sherboyeva Shohista tomonidan Abdulla Oripovning "General" she'ri asosida tayyorlangan she'riy kompozitsiyasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vakansiya #Сафимизда_бўлинг

📣 job.piima.uz sayti orqali yurtimizning barcha hududlaridan arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.

📌Agar siz Prezident maktablarida ishlash, yetuk liderlarni tarbiyalash, xorijiy kasbdoshlar bilan hamkorlik qilishni istasangiz unda job.piima.uz sayti orqali ariza topshirishga shoshiling!

Arizalarni qabul qilish muddati 1- iyungacha. Arizalarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng, ustozlar test sinovlariga taklif etiladi.

⚡️Test natijasi 50 balldan yuqori bo‘lgan pedagoglar suhbatga chaqiriladi. Taklif etilgan pedagoglarga 1- iyundan 15-iyungacha sms xabarnoma yuboriladi. Darvoqe, professional pedagoglar uchun test savollariga javob berish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

❗️Biz uchun toifa, ish tajriba va test natijasidan ko‘ra ko‘proq sizning yangicha ta’lim berish hamda yangi yondashuvni bizning do‘stona jamoamiz bilan o‘rganishga tayyorligingiz muhim.

✔️ job.piima.uz ga murojat qiling! Biz sizga ishonamiz va safimizda boʼlishingizni kutib qolamiz!
#Сўраган_эдингиз

So‘ngi paytlarda Prezident maktablariga qabul hamda ushbu maktablarga ishga kirish yuzasidan ko‘plab savollar bo‘lmoqda. Eng ko‘p so‘ralgan savollar javoblarini taqdim etmoqdamiz:

1️⃣Prezident maktablariga 2021-2022 - o'quv yili uchun qaysi sinflarga qabul qilinadi?
👉Javob

2️⃣ Prezident maktablariga o'qishga kirish uchun qanday hujjatlar topshirish lozim?
👉Javob

3️⃣ Prezident maktablariga ishga kirish uchun qanday ariza topshirsam bo‘ladi?
👉Javob

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#Ajdodlar_jasorati_barhayot

Аbdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Xasanov Abduxalilning ijodiy ishlar tanlovining AKT yo'nalishida tayyorlagan videoroligi
#ajdodlar_jasorati_barhayot

Tinchlik qadri

Tinchlik va urush! Bular qarama-qarshi tushunchalardir. Rostdanam ular bir-biriga mos kelmaydi. Nima uchun? Chunki ikkalasi ham har xil so‘zlardir. Shuning uchun ular antonimlar hisoblanadi. Ammo bu menga qiziqmas. Chunki men hozir bu haqida yozmoqchimasman. Mening bugungi maqolam na grammatika, na til haqida. U tinchlik va urush to‘g‘risida. Ya’ni tinchlikning qadr-qimmati va urushning zararlari xususida. Bilamizki, hammamiz O‘zbekiston atalmish misli jannatda yashaymiz! Bu g‘urur bizniki. Chunki yurtimiz juda go‘zal, hosildor, serquyoshdir. Qolaversa, xalqimiz xushchaqchaq, mehnatsevar xalq. Eng muhimi esa bizning yurtimiz tinch-osoyishta, qaysiki, biz bu yerda baxtli yashaymiz!
Ammo bu baxtli kunlarga erishish juda mashaqqatli bo‘lgan. Albatta, biz yoshlar buni ko‘rmaganmiz. Chunki bu voqealar bundan 29 yil avval, biz mustaqillik degan buyuk baxtga erishishimizdan oldin bo‘lgan. Ammo biz buni maktabda, tarix darsida, o‘qiganmiz. Masalan, tarix o‘qituvchimiz Xolov bizga XX asrning nihoyatda og‘ir va qiyin yillar bo‘lganini aytgan. Urush! Og‘ir judoliklar! Va oxirida BUYUK G‘ALABA! Shunday ekan, tinchlik biz asrashimiz kerak bo‘lgan eng qimmat xazinadir. Siz uni pulga sotib ololmaysiz. Va hech kim uni sotmaydi ham.
Shu bois, biz uni asramog‘imiz shart. Agar biz qadrlamasak, hech kim uni bizga bermaydi.
So‘zim oxirida demoqchimanki, shunday osoyishta kunlarning qadriga yetishimiz kerak! Olloh bizga baxshida etgan shunday kunlarni asraylik!

Omonov Laziz
Abdulla Oripov nomli Ijod maktabi 11-sinfining o‘quvchisi


Advantage of Peace

Peace and war. These are the very contrary notions. Really they don’t match in any way. Why? Because both of them are very various ideas. So they called antonyms according to their meaning. But I don’t mind it. Because I’m not going to write about it now. My today’s article is about neither grammar nor language. It is about peace and war. It argues about cost of peace and damage of war.
We know we live in Uzbekistan looks like the paradise! This is the pride of ours. Because our country is very beautiful, fruitful, sunny. And also our population are cheerful, diligent. The important thing is that our Uzbekistan is peaceful country which means we live happily here.
But it was been difficult till this prosperious days. Of course, we didn’t see it. Because it was about 29 years ago. But we read about those period in history at school.
For example, our history teacher Kholov teacher told us that the XX century was been heavy and difficult years. War! Hard separations! And GREAT TRIUMPH at the end!
So peace is the more expencive wealth which we must value it. You can’t buy it with money. And no-one never sale it.
So we must keep it. If we don’t save it, nobody will give it.
I’m going to say at the end of my opinion, all of us must value to such peaceful days! We should also remind others about it. Nobody can deny that our happiness is our peaceful life. May God give us this happiness forever!
Thanks for your attention!

If there are grammar or other mistakes in the article, I’m sorry.

Omonov Laziz
Pupil of the 11 th grade of school named after Abdulla Oripov.
БЕЛАРУС МОМО КУЛБАСИДА
Кулба. Қақшоқ кампир тинмайди бир пас
Шамолни қамаган каби ичига...
Дастурхон тузайди – нон, пишлоқ, квас...
“Болам, хуш келибсан, Пуховичи*га...”

Ўғли жангдан қайтган каби кўнгли тўқ,
Ўзини қўярга топмаяпти жой.
Хижолат тортади: “Бизда чойнак йўқ...”
Истоконда дамлаб узатар кўк чой.

Албом варақларкан жилмаяр кампир –
Менинг кўз ўнгимда гуллайди оғоч...
Озғин бармоқларда титрайди тақдир:
“Бу – мен! Болалигим... Тошкент. Бешёғоч...”.

Кампир нигоҳида милтиллайди чўғ,
Заминни кўтариб турар киприги.
Сўзларкан бўғзига соғинч урар тиғ:
“Ҳали ҳам ширинми, Тошкент ўриги?”.

Сўнгра маъюс боқар – титрайди албом,
Ҳаволарда инграр жон зарралари...
Менинг кўз ўнгимдан ўтади шу дам
Қиёматнинг қонли манзаралари...

Беларус ерини ўқ, олов олди –
Танклар занжирида айланар фалак.
Ўзбек қўл узатди. Соғ-омон қолди
Замбарак оғзида турган қизалоқ...

Тирикликни қириб қайтмайди изга
Уруш кўкни ёриб қилар тантана.
Еру осмонидан айрилган қизга
Тошкентнинг осмони бўлар бошпана.

Қайтар чоғим қучди: “Болам, кўп яша!”
Кўксимга бош қўйди. Титради лаби...
Кўзлари жавдираб боқарди. Ўша,
Уруш улоқтирган қизалоқ каби...

Кампир дер: “Унутмам... Яратган эгам
кўнглимда борини кўриб турибди.
Болам , Сенга айтсам кўксимда шу дам
Ўзбекнинг юраги уриб турибди!..”.

2019 йил, 17 июл.
Пуховичи – Кисловодск.

Қўчқор Норқобил, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси

*Пуховичи – Беларусдаги туман.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XOTIRA_ABADIY_QADR_MUQADDAS

9-may- fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabaning 76 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlanadi.

Muallif: Omon Matjon "Sog'inch"she'ri
Matnni Qarshi ixtisoslashgan san'at maktabi o'qituvchisi Sh.To'xtamishev o'qigan (2020-yil)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#Ulug‘ _kun_shodiyonasi
#Bobolarimiz_jasorati_mangu_barhayot

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 6-sinf o‘quvchilari Omonov Azizbek va Jumanazarova Zebiniso tomonidan jonli ijro.

"Katyusha" qo'shig'i

Tasvir Qahqadaryo viloyati "Vatanarparvar"bog'ida suratga olindi.
Абдулла Орипов

ХОТИРА

Юлдузлар мисоли бедорсан,
Тоғларнинг қоридек бокира.
Сен азиз зотлардан ёдгорсан,
Хотира, хотира, хотира.

Дунёда ботирлар кўп ўтган,
Сўнмаган яшашга ҳаваси.
Кимгадир ҳаёт ҳам бахш этган
Уларнинг энг сўнгги нафаси.

То ўзинг мададкор экансан,
Ўчмагай қалбимда ҳаяжон.
Ниҳолни асли сен эккансан,
Онажон, отажон, бобожон.

Бу Ватан жаннатдир, жаннатдир,
Ҳаётдир сеҳрли, соҳира.
Шаънингга авлодлар раҳмат дер,
Хотира, хотира, хотира.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot o'qituvchisi Abdujabborova Muqaddasning 9-may-Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G'alabaning 76 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan ijodiy ishlar tanloviga tayyorlagan videoroligi.
Ushbu videorolikda o'quvchilarning ijodiy ishlari ham yoritilgan.

@abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas

Abdulla Oripovning "Ayol" she'ri asosida tayyorlangan audiovizual taqdimot.
Uni ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rajabova Gulinur o'qigan.(2020)

@abdullaoripov_ijodmaktabi
#BARHAYOT_SATRLAR


Хотира бор экан, тирикдир миллат,
Тирикдир ифтихор,тирикдир ғурур.
Хотира — элни халқ этгувчи қудрат,
Хотира — эртани ёритгувчи нур.

Ҳатто майсанинг ҳам хотираси бор,
Майса хотираси — нурга интилмоқ.
Кўкарса — иккига бўлиб ташлайди
Йўлининг устида турса ҳатто тоғ.

То қуёш осмонда порлаб тураркан,
Осмондай мангусан,эй, она халқим!
Ҳар бир фожиага,ҳар бир шарафга,
Баҳо бермоққа ҳам ёлғиз сен ҳақли!

Хуршид Даврон

@abdullaoripov_ijodmaktabi