Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Video_bayonot

Xabaringiz bor, yaqindan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Vazirga murojaat” portali ish boshladi.

Yurtdoshlarimiz ushbu manzilga o‘zlarini qiziqtirgan tizimga oid savol, murojaat va takliflarini yuborishlari belgilangan.

Ushbu tajribaning afzalligi shundaki, portalga kelib tushayotgan har bir murojaat vazir Hilola Umarova tomonidan nazoratga olinadi va tegishli mas’ullar tomonidan birma-bir javob beriladi.

Endilikda yana bir tashabbus ijrosini amalga oshiryapmiz. Unga ko‘ra, portalga kelib tushgan, mazmunan bir xil bo‘lgan savollarga umumlashtirilgan holda videobayonot orqali javob berishni yo‘lga qo‘ydik. Maqsadimiz, yo‘llangan savol egalariga asosli va to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatish barobarida mazkur masalalarga duch kelayotgan boshqa fuqarolarga ham yengillik yaratishdir.

“Vazirga murojaat” portali uchun maxsus tayyorlangan dastlabki videobayonotimizda ana shunday muhim mavzularni qamrab olishga harakat qildik.

Bayonotlarimiz davom etadi.
#TEST
#ChSB

🟢Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida choraklik summativ baholash bòyicha test olinmoqda.

🟢Test savollari Agentlik tomonidan tuzilib, online tarzda ZOOM dasturida òtkazilmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Adabiyot_haftaligi
#Òzbekiston_Vatanim_manim

💥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Òzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga baģishlab "Òzbekiston -Vatanim manim!" shiori ostida adabiyot haftaligiga start berildi.

⚡️Haftalik doirasida adabiy suhbatlar, ijodiy uchrashuvlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar , kòrik-tanlovlar,  anjumanlar òtkazish rejalashtirilgan.

🔥Shuningdek,  ijod maktabi o'quvchilarining darsdan tashqari tògaraklardagi faoliyatlarini yoritish, bayram turnirlari òtkazish kòzda tutilgan

💥Ijod maktabi tomonidan Iqtidorli o’quvchilarning iste'dodlarini aniqlash, ròyobga chiqarish va qo'llab-quvvatlash maqsadida viloyatdagi umumiy òrta ta'lim maktablari òrtasida insholar konkursini tashkil etish va òtkazish rejalshtirildi.
#Adabiyot_haftaligi
#Òzbekiston_Vatanim_manim

ABDULLA ORIPOV XOTIRASIGA...
Samo  ko'zgusini yerga tutgan dam,
Nazmiy gulistonda barq urdi ijod.
Qo'ng'irtov bo'yida surgancha xayol,
Uni shoir qilib yaratdi hayot.

So'zni ko'ngil bilan terdi qirlardan,
Ko’zlarin qadagan tog’lar purviqor.
Daryolar  mavjiga mudom jo'r bo'ldi.
“Vatanim manim” deb kuyladi ilk bor.

So’z ila qayradi nazmiy shamshirin,
Qalblarni zabt etdi she’rlarin kuchi.
Zarhal satrlarda dur kabi ma'no,
Yurt madhi yangradi ko’klarni quchib.

She'riyat osmonin bezagi bo’lgan,
Ul “Mitti yulduz”da baytlarin bitdi.
Ishq vasfin ta’riflab, ko'klam chog'ida
Muhabbat poyiga guldasta tutdi.

Shonli kunlarini  yodimga olib,
Xotirlab yozganim shu bir parcha she'r
Mangu tiriklikning bayoti bo'lib
Qutlug' bir saharda ko'z ochdi shoir.

GULSEVAR UMRZOQOVA
A.Oripov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o’quvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adabiyot_haftaligi
#Òzbekiston_Vatanim_manim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchi-yoshlarning bòsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Aktyorlik mahorati" to'garagi faoliyati òz samarasini kòrsatmoqda

🔰Abdulla Oripovning "Ranjkom" dramatik dostoni asosida tayyorlangan  ushbu sahna kòrinishi ijod maktabining 8-9-sinf òquvchilari tomonidan ijro etildi

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Adabiyot_haftaligi
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi

🔰Viloyat hokimligining taniqli yozuvchi, publitsist Hakim Sattoriy tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dastur-rejasiga asosan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Adabiyot mezonlari" nomli ijodiy davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda taniqli yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar, ijodkor-yoshlar ishtirok etishdi.

⚡️ Tadbirni ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova olib bordi.

📚 Davra suhbatini Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari Lola Saodatova kirish so'zi bilan ochib berib, viloyat hokimi Murotjon Azimovning tabrigini o'qib eshittirdi.

📌 Shuningdek, tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev, Qarshi davlat universiteti professori Boynazar Yo'ldoshev so'zga chiqib, Hakim Sattoriy ijodiy faoliyati, yozgan asarlari haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.

🔖 Ijod maktabining ijodkor-o'quvchilari she'riy chiqish va adabiy kompozitsiyani namoyish etishdi.

🕹 Davra suhbati davomida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni sohibi, kecha qahramoni Hakim Sattoriy so'zga chiqdi.

🎙- Avvalo, bugun ulug' shoir nomi bilan ataluvchi ijod maktabiga tashrif buyurgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi u. - Bu mening Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga birinchi bor kelishim. Bu ta'lim maskanining iste'dodli o'quvchilari bilan ulug' shoir tavalludi arafasida ko'rishib turganimdan juda mamnunman. Bu orada ustoz Abdulla aka Oripov haqida kitob yozdim. Nomi - "Yerda yulduz ko'rdim". Ustozning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi. Bu kitobdan ijod maktabi kutubxonasi uchun ham albatta olib kelganman. Shu o'rinda tadbirni tashkillashtirgan maktab rahbariyatiga, yoshlarga ta'lim berayotgan o'qituvchilarga va adabiyotimizning ertasi - ijodkor-o'quvchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

✔️ Tadbir so'nggida ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova so'zga chiqib, Hakim Sattoriyning ijodiy faoliyatiga to'xtalib, unga ijod maktabi o'quvchilarining she'riy to'plamlari, bayozlaridan iborat kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.

💥O'z navbatida, Hakim Sattoriy ham maktab kutubxonasi uchun bir qator kitoblarni hadya qildi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Viloyat hokimligining taniqli yozuvchi, publitsist Hakim Sattoriy tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dastur-rejasiga asosan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan "Adabiyot mezonlari" nomli ijodiy davra suhbatidan fotoreportaj (1-qism)