Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.57K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#TARJIMONLIK_TÒGARAGI

Muallim
Abdulla Oripov she’ri

Shoirga dedilar: – Siz – baxtli inson,
El-yurt ardoqlaydi, hamma taniydi.
Shoir javob berdi: – Menda bir armon,
Muallim desalar meni, qaniydi.

Translated by Norqulova Marjona

They told the poet: "You are so happy"
You are known and valued by everyone,
And the poet replied them kindly:
"I wish i were called a teacher by someone ".

Abdulla Oripov ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi, Tarjimonlik tògaragi a'zosi, Norqulova Marjona
#Хотин_қизларни_эъзозлаш_ҳафталиги

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Ayolga ehtirom ko'rsatish - xalqimizga xos oliyjanob qadriyat" degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan "Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi" ni o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan edi. Dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida bugun ijod maktabida davra suhbati tashkil etildi.

📚Turon Akademiyasining akademigi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, bir necha yillar "Saodat" jurnalining viloyatdagi muxbiri bo'lib ishlagan olima ayol Bo'ritosh Nosirova bilan uchrashuv o'tkazildi.

💥Uchrashuvda ijod mashaqqati va samarasi, mehnatning inson hayotidagi tutgan o'rni haqida suhbatlashish bilan bir qatorda, B.Nosirova o'z Ustozlari O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haqidagi iliq taassurotlarni gapirib berdi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
3. Filologiya.pdf
1.2 MB
#OAVda_chiqish

🔰Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti ilmiy jurnalida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rus tili fani o'qituvchisi Gulandom Xonkeldiyevaning "O‘zbek tilshunosligida kelishik kategoriyasining o‘rganilishi masalasi" nomli maqolasi e'lon qilindi.

📚Muallif maqolada so‘zlarning ma’nosi, birikmalar tarkibidagi xususiyatlari, ularni turkumlarga ajratish kabi masalalarga ham to'xtalgan.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATI – MENING IJROIMDA” IJODIY TANLOVI

⚡️O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning 82 yilligi munosabati bilan “Favvora film” kinostudiyasi “Abdulla Oripov she’riyati – mening ijroimda” ijodiy tanlovini e’lon qiladi.

❗️1 million so‘mdan 3 million so‘mgacha pul mukofotlarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsangiz, ushbu tanlovda ishtirok eting.

📚Tanlov shartlari juda oddiy:
Yoshidan qat’iy nazar ishtirokchilar “Favvora film” kinostudiyasining rasmiy yutub kanaliga joylashtirilgan Abulla Oripovning o‘zi o‘qigan she’rlardan birini yoki bir nechtasini tanlab, badiiy o‘qib uni audio yoki video shaklda telegram orqali +998-50-004-38-87, +998-93-325-40-44 raqamlariga yoki @favvora_tv_bot elektron manziliga yuborishi kerak.

💥Shu bilan birgalikda o‘z ijobiy materiallarini Favvora film, Abulla Oripov she’riyati mening ijodimda xeshteglari bilan ijtimoiy tarmoqlarga joylanishi kerak.

✔️Ishtirokchilar yuborgan materiallar “Favvora film” kinostudiyasi ijtimoiy sahifalariga joylashtirilib, ommalashtirib boriladi.

🔖Ushbu tanlov 21-fevraldan 21-martga qadar davom etadi.

☑️Tanlovda eng yaxshi she’r ijrochisi 3 nominatsiyada baholanadi va “Favvora film” kinostudiyasi rahbariyati tomonidan tantanali taqdirlanadi.

🥇1-o‘rin uchun 3 million so‘m pul mukofoti.
🥈2-o‘rin uchun 2 million so‘m pul mukofoti.
🥉3-o‘rin uchun 1 million so‘m pul mukofoti.

🏆“Favvora film” kinostudiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Abulla Oripov she’riyati – mening ijroimda” deb nomlanga tanlov 21-mart kuni soat 11-00da adiblar xiyobonidagi shoir haykali yonida taniqli adabiyotshunoslar, shoirlar bilan bo‘lib o‘tadi.

⚡️Tanlovda faol ishtirok eting, aziz adabiyot ixlosmandlari.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Hashar_elga_yarashar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida umumxalq xayriya hashar oldi shanbalik o'tkazildi.

❇️Ijod maktabi bog'ida obodonlashtirish ishlari o'tkazildi. Bog' atrofida umumiy tozalik ishlari olib borilib, o'quv binosi atrofi ta'mirlandi. Turli gul va manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazildi.

⚡️Obodonlashtirish ishlari davom etadi.

👇Fotoreportaj