Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zamin_Creаtive
#Imtihon

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalariga qabul imtihonlari o'tkazildi.

❇️“Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalarida ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan ushbu jarayonlarga ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilari rejaga muvofiq, o'zaro hamkorlik shrtnomasiga muvofiq jalb etildi.

🔰“Zamin Creative” studiyalaridagi o'quv kurslari o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etish va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilib , unda ròyxatdan o'tgan o'quvchilar ishtirok etdilar.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Biz_sen_bilan_bir_safdamiz
#Mahorat_darsi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 17-maxsus(eshitishga nogironligi bor)maktab òquvchilari uchun Musiqa to'garagi rahbari Z.Boboxodjayev hamda surdotarjimon M.Muxammadiyeva tomonidan "Òzbek milliy cholģu asboblari" mavzusida dars mashģuloti òtkazildi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
VAZIR QASHQADARYOLIK BIR GURUH FAXRIY USTOZLARNI TAQDIRLADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatida uzoq yillar davomida ta’lim sohasida mehnat qilib kelgan va ayni damda ham o‘quvchilarga bilim berib kelayotgan bir guruh faxriy ustozlar bilan uchrashdi.

Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida ustoz pedagoglar ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar, sifatli ta’limga erishish borasida bajarilayotgan ijobiy ishlar natijasi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Yangi O‘zbekistonda maktab va maktabgacha ta’limga katta e’tibor berilayotgani bejizga emas. Shuning barobarida pedagog ustozlarning obro‘sini oshirish, ta’lim sifati hamda maktablarning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash oldimizda turgan muhim vaziflardan sanaladi.

Ayniqsa, joylarda filial tarzida tashkil etilgan maktablar, ularda ta’lim olayotgan farzandlarimizning har tomonlama mukammal bilim egallashlariga alohida e’tibor qaratamiz
, — dedi vazir Hilola Umarova.

❗️Uchrashuv davomida 20 nafar faxriy ustoz “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Vazir Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati bilan tanishishda davom etmoqda.
Forwarded from Hilola Umarova
Oʼzbekiston Qahramoni, taʼlim sohasi fidoyilaridan biri, jonkuyar pedagog, ustoz Muhabbat Sharopova bilan uchrashish baxtiga muyassar boʼldim.

Toʼgʼrisini aytganda, ustozning 74 yoshda professor ilmiy unvonini olganliklari haqida eshitib hayratimni yashirolmadim. Bu fidoyi insonning yuragi hozir ham yoshlardek shijoat va kuch-gʼayratga toʼla ekanligidan havasim yanada ortdi. Shunday fidoyi ustozlarimiz bugun taʼlimning ustunlaridir.

Suhbat davomida ustozning 1985-yil Qashqadaryo viloyatida matematikaga ixtisoslashgan yagona sinf ochish uchun qanday qiyinchiliklarga duch kelgani, 6 oylab maosh olmay mehnat qilganini tinglab, sohaga doir bugungi islohotlarning negizini anglash qiyin emas.

Ixtisoslashgan maktablarning respublikamizning har bir tumanida tashkil etilayotgani, Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan maktab taʼlimi va tizimni har tomonlama rivojlantirishga eʼtibor qaratilayotganidan mamnun ekanligini aytganida biz toʼgʼri yoʼlda ekanligimizga yana bir bor amin boʼldim.

“Bugungi kun oʼqituvchilari uchun barcha sharoitlar bor. Biz eng kuchga toʼlgan vaqtimiz — yilning 3-sentabridan paxta terishga ketib, 9-dekabrda qaytar edik. Hozir oʼqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni koʼrib, qaniydi 30-40 yoshimga qaytib qolsam”, — deydi Muhabbat Sharopova.

52 yildan beri oʼn minglab oʼquvchilarga taʼlim berib, ularning erishgan yutuqlari haqida quvonib gapirayotgan Muhabbat Sharopova qiyofasida haqiqiy ustoz siymosini koʼrdim. Va har bir ustoz oʼz ishini mana shunday sevishini, kasbi ortidan shunday gʼurur va iftixor bilan gapirishini istagan boʼlardim.

Ustoz bilan bugungi taʼlimdagi oʼzgarishlar haqida suhbatlashib, oldimizda turgan vazifalar borasida maslahat va tavsiyalarini oldim.
Forwarded from Azizbek Norov
#Milliy_sertifikat

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 6 nafar o'quvchisi va 1 nafar o'qituvchisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarini baholash agentligi tomonidan umumta'lim fanini bilish darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonda munosib ishtirok etib, sertifikatni qo'lga kiritishdi. Bu o'quvchilarga OTMga kirish uchun yana bir imkoniyat yaratdi.

Ular bilan tanishing:

Javlon Ibragimov - ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi.

E'zoza Yo'dosheva
Farangiz Muhammadiyeva
Sevinch Allanazarova
Sevinch Abdiyeva
Gulnoza Cho'yanova
Maftuna Xudoynazarova

🎉Ijod maktabi jamoasi nomidan o‘quvchilarimizni ushbu natija bilan tabriklaymiz!

❗️Bu o'quvchilar 2022-yilning noyabr oyida ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha ham sertifikatga ega bo'lishgandi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram