Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.22K subscribers
12K photos
1.23K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavaludining 540 yilligiga bag'ishlab tanlovlar, ochiq darslar hamda chellenjlar tashkil etilmoqda.

▶️Namangan shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar ishtirokida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani asosida tayyorlangan sahna ko'rinishi namoyish etildi.

▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 10-sinflar oʻrtasida uning ijodiy faoliyati yuzasidan intellektual ring tashkil etildi.

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-8-9-10-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ijodini o'rganishning ahamiyati" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi va intellektual musobaqa o'tkazildi.

▶️Shomanay tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobolarimiz merosi" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

▶️Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

▶️ 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢𝐝𝐚 "𝙄𝙠𝙠𝙞 𝙗𝙪𝙮𝙪𝙠 𝙨𝙞𝙮𝙢𝙤" nomli tadbir bo'lib o'tdi.

🔴Bayram tadbirlari davom etmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

Boburni anglash

Kecha yoqqan yomg`ir ifori ketmagan bo`lsa-da, hozir yana osmon bulutlashib kelmoqda. Aslida, bunday havo menga juda yoqadi. Lekin negadir shu kunlarda o`zimni juda yolg`iz his qilyapman. Kunlik hisob bo`yicha, bugun Angliyadagi 46-kunim. Ha, men o`zim orzu qilgan o`sha mashhur Cambridge universitetiga o`qishga kirdim. Lekin bu yerda hamma narsa ham men o`ylaganchalik quvonarli emas. Har qalay, bu mening orzuim edi. Bugun 13-fevral. Negadir qo`limga telefonimni oldim: Angliyaga kelganimdan beri meni O`zbekiston bilan bog`lay oladigan yagona vositam. Ijtimoiy tarmoqlardan O`zbekistonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga tayyorgarlik ko`rilayotganidan xabar topdim. Shu payt oyim menga yoshligimda “Eng ifodali o`qilgan g`azal” tanlovi bo`yicha taqdirlash bo`layotgan vaqtdagi suratni jo`natdilar. Men 1-o`rinni olgan edim. Bu hayotimdagi eng birinchi va quvonarli yutug`im bo`lgan. O`shanda Zahiriddin Muhammad Boburning yaxshilik haqidagi g`azalini aytgandim.Beixtiyor hayolim o`sha o`smirlik davrlarimga qarab ketdi. Universitetga borishim kerak bo`lsa-da, negadir shu shirin xotiralarimdan ajralgim kelmasdi.

…Esimda, o`sha kuni qor yog`gandi. 14-fevral edi. Katta tanaffus vaqtida sinfdoshlarim bilan birga qor o`ynamoqchi edik. Dars tugab, tanaffus boshlanishi bilanoq, hech kimga bir bor bo`lsa ham kulib qaramagan sinf sardorimiz Nargiza majlisga deb hammani bittalab sanab kirg`azdi. Naq 2 soat ustozimiz davomat yaxshi bo`lmagani uchun “leksiya” o`qidilar. Hamma jig`ibiyron. Bir tomondan qor o`ynolmaganimizning alami bo`lsa, ikkinchi tomondan kelmagan o`quvchilar uchun bizning gap eshitishimiz ensamizni qotirardi. Majlisdan chiqishimiz bilan hammani majburiy ravishda Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga bag`ishlangan tadbirga kirgizishdi. Endi bunisi ortiqcha deb, ta`mirga muhtoj bo`lib qolgan maktab faollar zalining oxirgi qatorlaridan joy oldik. Tadbirda nima bo`ldi, kim chiqish qildi, e`tibor ham qilmadik. Chunki o`sha vaqtda biz bir-birimizga ustozning qilgan majlisidan shikoyat qilayotgandik. Tadbir so`ngida maktabdagi yagona chin dildan hurmat qiladigan va yaxshi ko`radigan ona tili o`qituvchimiz chiqdilar. Aslidaku, tadbir yakuniga yetib qolgan, hamma tashqariga chiqish uchun shay bo`lib turardi. Shunchalik mehrim sababmi, beixtiyor ustozning so`zlarini eshitish uchun oldingi qatorlarga tushdim. Shu payt ustoz: ”O`quvchilar, men tadbir tugash chog`ida ikki og`iz gap aytmoqchiman…Har bir inson Boburni shaxs sifatida qalban anglashi kerak! Har bir inson u chekkan azoblarni daqiqachalik bo`lsa ham his qilishi kerak. Zero, Vatan bu – onangiz, otangiz. Vatan bu – maktabingiz, yaxshi ko`rgan ustozingiz. Vatan bu – siz ardoqlagan, muqaddas deb bilgan hamma narsa! Endi o`ylab ko`ringchi, siz Vatansiz yashay olasizmi!?”. Naqadar purma`no so`zlar!.. Shu tobda yuragim olov bo`lib yonardi. Tashqari salqin bo`lishiga qaramay derazani ochdim. Yomg`ir biroz tinibdi.

Yoshligimdan tarixga qiziqishim yo`qroq, lekin shu choq Bobur haqida o`ylay ketdim. Nazarimda, necha yillar oldin aytilgan ustozimning gaplarini endi anglab yetdim, shekilli. Yo`q, yo`q, faqatgina ustozimning gaplarini emas, balki o`sha Boburni qiynagan hijron azobini ham anglab yetdim. Ha… Ha, mana endi o`sha vaqtdagi ko`r-ko`rona yodlangan Boburning dardli ruboiylarini mag`zini chaqdim. Endi Boburga qanchalik qiyin bo`lganini tushundim. Endi his qildim…

Angliyaga kelganimga hali 2 oy ham to`lmadi. Shukurki, o`qishim tugagach jonajon Vatanimga qaytib ketaman. Aslida-ku, bu yerga kelishni o`zim xohladim. Ammo, Bobur-chi!!? Majburan ketdi. Qaytib ham kelolmas edi. Butun umr hijron azobi bilan yashadi. Alamini esa qog`oz va qalamdan oldi…


Abdulla Oripov nomidagi ijod
maktabi 8-“A” sinf o`quvchisi
Axmatova Zubayda
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Tarjimonlik_tògaragi

Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen.
Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim,
Shahmen elga, vale senga quldurmen.


Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiysi.

Tògarak a'zosi, 11-sinf o'quvchisi Norqulova Marjona.

You are the flower, whilst I am a poor nightingale,
You are the gleam,I am like a moth to the flame.
Don't drift apart, I am not incomparable,
I am a king, yet for you,I am a slave.


Translated by M. Norkulova
Forwarded from Zamin Foundation
Toshkent, Andijon va Qarshidagi “Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalariga qabul o‘tkazilmoqda.
“Zamin Creative” ta'lim dasturi aktyorlik mahorati, Fashion Design va mediasavodxonlik sohalarida ko‘nikmalar egallashga qaratilgan.
“Zamin Creative” loyihasining hamkorlari - O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM.

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar tanlov asosida “Zamin Creative” ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.
Ro‘yxatdan 22-fevralga qadar bu yerda o‘tish mumkin.



Проводится набор в инклюзивные творческие студии Zamin Creative в Ташкенте, Андижане и Карши.
Образовательная программа Zamin Creative нацелена на получение навыков в сфере актерского мастерства, Fashion Design и медиа грамотности.
Партнёрами проекта Zamin Creative выступают Министерство дошкольного и школьного образования и ННУ Digital Generation Uzbekistan.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 15 до 18 лет.
Зарегистрироваться до 22 февраля можно здесь.

Zamin | Facebook | Instagram
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda vazir Hilola Umarova ham ishtirok etdi:

- Ajdodlarimizni bilish, ularni o'rganish o'tmishimizga va bugunimizga bo'lgan ehtirom hissini yanada oshiradi. Bugun taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan bir pallada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi misolida o‘zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o‘rganish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbir mehmonlariga alohida kayfiyat baxsh etdi.

❗️Shuningdek, tadbir doirasida Navoiy va Bobur davrini o'zida aks ettirgan cholg'u asboblari, hunarmandchilik namunalari ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

⚡️Ko'rgazmada, shuningdek eski va zamonaviy maktabda ta'lim olish jarayonlari ham sahnalashtirilganligi mehmonlarda katta tаassurot qoldirdi.
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

🔰Prezidentimizning joriy yilning 25-yanvaridagi "Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va rejaga muvofiq tanlovlar, madaniy-ma'rifiy tadbir va intellektual o'yinlar o'tkazildi.

📚Xususan, ijod maktabi tomonidan buyuk ijodkorning tavalludiga bag'ishlab, "Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik hargiz" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi. O'z navbatida, ijod maktabining o'quvchilari Dilnavo Sobirova, Sevinch Allnazarova va Sevinch Abdiyevalar esa Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o'tkazilgan “Bobur asarlari bilimdoni” tanlovining viloyat bosqichida e'tirof etilib, tanlovning respublika bosqichida faol ishtirok etishdi. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari asosida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

📌Bugun esa ijod maktabida "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari bilimdonlari" intellektual musobaqasining oxirgi - final turniri o'tkazildi.

⚡️Unda 8-sinflarning g'olib jamoalari, ya'ni "Kobul" va "Hindiston" jamoaslari o'zaro bellashdilar.

Ushbu musobaqani Qashqadaryo viloyati harbiy faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik G'ayrat Umurqulov, mayor A.Azamatov, Qarshi shahrida joylashgan DXX chegara qo'shinlari harbiy xizmatchilari yaqindan kuzatishdi hamda har ikkala jamoa vakillariga Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi badiiy kitoblar taqdim etishgan bo'lsa, maktab rahbariyati tomonidan ijodiy ishlar tanlovi g'oliblari esdalik sovg'alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

❇️Musobaqa so'nggida har ikkala jamoa ham 36 balldan to'pladi, natijada do'stlik g'alaba qozondi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
📸"Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari bilimdonlari" intellektual musobaqasidan fotoreportaj