Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-96-son qarorining 4-bandi hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil 30-martdagi 03-02/4-413-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning har seshanba kuni loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Teorema" jamoasi 18 ball to'plab, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Paradoks” jamoasi 17 ball bilan 2-o'rinni egalladi. Bir xil - 16 ball to‘plagan "Power of lady" va "Ideal" jamoalari esa 3-o‘rinni band etishdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент таълим муассасалари ўқитувчилари учун ўқув-услубий қўлланма чоп этилди
#11nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Hamkorlikdagi_tadbir
#Harbiy_qismda_bir_kun

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik xislatlarini tarbiyalash maqsadida harbiy qismlar va harbiy ta’lim muassasalari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

🏫Shu maqsadda, maktabning harbiy chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedov, tarbiyachilar - B.Berdiyev, M.Samadovalar rahbarligida o‘quvchilarning Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparatiga tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar qurol-aslahalar va okrug kutubxonasi bilan tanishishdi. Shuningdek, "Okrug shonli tarixi muzeyi" bo'ylab sayohat o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

"G‘urub" so‘zining ma’nosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z ta’rifi"

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
​​#bilib_oling

✔️BAYROQ HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

🏳️Turkiy tillarda bayroq bilan bog‘liq terminologiya juda rivojlangani qiziq fenomendir. Aslida har qanday davlatning o‘z ramzlari, bayroqlari bo‘lgan qadimdan. Lekin ko‘chmanchilar bunday simvolikaga ko‘proq murojaat etgan. Davlatning ramzi bo‘lmish bayroq turli jabhalarda ishlatilgan: xon chodiriga o‘rnatilgan, egallangan shaharlar qo‘rg‘oniga yoki bosh maydoniga tikilgan, janglarda ko‘tarib yurilgan. Ko‘p xon ko‘rgan, ko‘p shahar zabt etgan, ko‘p jang qilgan turkiy qabilalardan shu sababdan bo‘lsa kerak, bayroqlarning turlari va ularga qo‘llanadigan atamalar ko‘p bo‘lgan.

🏳️Bugun asosiyga aylangan “bayroq” so‘zi sanchib qo‘yiladigan bayroqni anglatgan. Yaʼni tepasiga bayroq ilingan nayzani. Uning qadimgi shakli – batraq/batruq, +bat “botmoq, botirmoq” o‘zagidan. Xuddi shu tushunchani ifodalaydigan boshqa so‘z – sancaq bugungi Turkiya turkchasida saqlangan. Uning o‘zagi, ko‘rinib turganidek, +sanç “sanchmoq”, qadimgi shakli esa sançğaq. Sançğaq va batraq jang chog‘ida ko‘taib yurilgan va g‘alaba qozonilishi bilan tikib qo‘yilgan.

🏳️Urushdan tashqari vaqtda yerga qadab qo‘yiladigan bayroq tuğ deb yuritilgan. Bu so‘z bugungi o‘zbek adabiy tilida ham bor, “tug‘” shaklida, lekin kam ishlatiladi. Baʼzi etimologlar uning ildizini tuğığ “tikik, tikilgan” deb rekonstruksiya qiladi, baʼzilar esa xitoycha va mo‘g‘ulcha etimonlar qidiradi.

🏳️Lekin turkiy tillarda bayroq maʼnosini ifodalovchi asosiy so‘z boshqa edi: bonçuq. Hozir u “munchoq” shaklida (boshqa maʼnoda) o‘zbek tilida ishlatiladi. Bonçuq deganda xon chodirida turadigan, hokimiyatni ifodalaydigan rasmiy davlat bayrog‘i tushunilgan. U odatda uzun yog‘och boshiga osilgan ot dumidan iborat bo‘lgan. Dumlar soni bittadan to‘qqiztagacha bo‘lgan (to‘qqiz muqaddas son hisoblangan).

🏳️Oxirgi so‘z – “yalov”. Uning o‘zagi tushunarli – yalmaq “hilpiramoq”. Etimologiyasidan ham anglagan bo‘lsangiz kerak, bugungi shaklga yaqin, hilpirab turadigan bayroq nazarda tutilgan. U odatda janglarda ko‘tarib yurilmagan, uzun nayzaga ilinmagan, kalta tayoqqa mustahkamlanib, o‘tovlar va binolar tepasiga osib qo‘yilgan.

Tilshunos Eldar Asanovning
“Telegram”dagi sahifasidan olindi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Veb_dizayn
#Тўгараклар_фаолиятидан

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida asosiy dars mashg‘ulotlari va fan to‘garaklaridan keyin ixtisoslashtirilgan to‘garaklar faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda ana shunday 8 ta ixtisoslashtirilgan to‘garak faoliyat yuritmoqda. O‘quvchilar o‘z qiziqishlariga ko‘ra, mazkur to‘garaklardan biriga qatnashadi.

Web-dizayn to‘garagi jarayonlaridan foto lavhalar.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube