Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.29K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Konsert
#Musiqa_tơgaragi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Kuy va so'z sehri" nomli "Musiqa" to'garagining hisobot konserti bo'lib o'tdi.

✔️Konsertda Zavqiddin Boboxo'jayev rahbarligidagi "Musiqa" to'garagining a'zolari I-chorak davomida musiqa asboblarida o'rgangan, o'zlashtirgan kuy va navolarini ijro etishdi.

✔️Xususan, dutorchi qizlar, doira zarblari, "O'zbegim yigitlari", "Andijon polkasi", pianinoda ijro etilgan popuri kuy, dutor kuyi, Z.Boboxo'jayev va uning shogirdlari ijrosidagi "Qizg'aldog'im", "Onam", "Chorbog'i bolo", turk tilidagi "Unutuyurum" kabi qo'shiqlar, "Kuntug'mish" dostonidan baxshiyona parcha, to'garak a'zosi J.Abdurasulovning o'z qalamiga mansub she'riga o'zi bastalagan kuyga giratadagi ijro barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Tilimiz fidoyilari

🔰Mahmud Qoshgʻariy

🔹Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari xalqaro va mahalliy til sertifikatlaridan yuqori ballarni qo'lga kiritishmoqda.

Mazkur maktabning jami 21 nafar 11-sinf o'quvchilardan 10 nafari xorijiy til bilish darajalarini qo'lga kiritishdi. Jumladan:

🔹 Marjona Norqulova - IELTS dan 7,5 ballni,
🔹Zarnigor Qudratova - 6 ballni, qo'lga kiritishgandi.

✔️Ularning soni yana to'rt nafarga ortdi (IELTS):

🔹
Gulsevar To'rayeva - 6,5 ball - Speaking - 7 ⚡️
🔹Farangiz Muhammadiyeva - 6 ball - Listening - 7 ⚡️
🔹Shodiya Yusupova - 6 ball
🔹Sevinch Abdiyeva - 5,5 ballni qo'lga kiritishdi.

❗️Shuningdek, bir muncha vaqt oldin mazkur maktabning yana bir guruh bitiruvchilari:

🔹 Gulnoza Cho'yanova
🔹 Dilnavo Sobirova
🔹 Botirali Hamroyev
🔹 Maftuna Xudoynazarova
🔹 Shodiya Yusupova ingliz tilidan Davlat test markazining "B2" darajali sertifikatga ega bo'lishgandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#TEST
#ChSB

🟢Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida choraklik summativ baholash bòyicha test olinmoqda.
🟢Test savollari Agentlik tomonidan yuborilgan maxsus qoplardan olinib, mas'ul - Qarshi Prezident maktabi òqituvchisi Suģdiyona Omonova tomonidan nazorat etilmoqda.


👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FAQ
#1Son

⚡️Faoliyatimizga doir eng ko'p murojaat qilinadigan savollarga javob berish maqsadida "FAQ" loyihasini yo'lga qo'ydik.

Savol: PIIMA nima? Uning tarkibiga qaysi muassasalar kiradi? Agentlikning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

📍Loyihamizning keyingi sonlarida javob olmoqchi bo'lgan savollaringizni @faq_project_bot da kutib qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Olimpiada

🔰Joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu olimpiadalarda respublika bo‘yicha jami 15 937 nafar o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shulardan 10 053 nafari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi.

📌Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishlari belgilangan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Kino_vaqti

🎦 Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni milliy kinematografiya oltin fondiga kirgan va so‘nggi yillarda yaratilgan sara filmlar bilan tanishtirish maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun o‘zbek kinematograflari tomonidan ishlangan film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

📺 Film o‘quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Yashil_makon

   Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ko‘chat ekish, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida barcha joylarda ushbu jarayon qizg‘in tus olmoqda. Zero, ko‘chat ekib bog‘ yaratmoq xalqimizning azaliy odati sanaladi.

❇️ Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida ham hashar ishlari  boshlab yuborildi. Mazkur loyiha munosabati bilan bugun maktab o‘quvchilari va tarbiyachilari tomonidan maktabning orqa binosi hududi atrofiga archa ko‘chatlari o‘tqazildi.


🌲 Kòchat ekish ishlari davom etadi.

👉@abdullaoripovmaktabi