Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.24K subscribers
11.9K photos
1.23K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸 Maktabimizning iqtidorli o'quvchilaridan biri Sarvar Sa'dullayevning maktabdagi faoliyatidan fotolavhalar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Kun_qahramonlari

🔰Avval xabar berganimizdek, Prezident ta’lim muassasalari agentligi va “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi maktablar ishtirokida “Zakovat” o‘yinining respublika bosqichi bo‘lib o‘tgandi.

🌀Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning jami 26 ta terma jamoasi ichida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining "Nasaf" jamoasi 38 ball bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

📹Quyida "Nasaf" jamoasi vakillarini kutib olish marosimidan videolavha.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Дунёда жами 6909 та, яъни 7000 га яқин тил ва лаҳжа бўлиб, шулардан 178 тасигина давлат тили мақомига эга. Улар орасида Ўзбек тилининг ҳам борлиги, қалбимизга ғурур ва ифтихор бағишлайди.

ОНА ТИЛИМ!

Шоир- миллат қурбонлиги!
Ана,
Чўлпон исботи,
Хаёлимдан кетмас сира,
Усмон Носир ҳаёти.
Миллат бор-ки,
Улғаяди,
Шеъру
Шуур,
Баёти,
Жадидларин кўнглида,
Бўй чўзган сарви гулим,
Она тилим, Она тилим!
Асли Ўрхун-Энасойдан,
Оққан шаршара тилим,
Она сўзини айтиб,
Чиққан илк бора тилим.
Сен бор,
Мен бор,
Айтарим бор,
Дунёга Она тилим,
Сен бор экан дунёда,
Яйрайди жону-тилим,
Она тилим, Она тилим!
Қутадғу билиг элчи,
Ўн асрлар нарига,
Юсуф Хос Ҳожиб,
Амир,
Кўнгиллар лашкарига,
Таъзим қилгум Навоий,
Турк назмин заргарига,
Аждодларим куйласам,
Сайраб кетар булбулим,
Она тилим, Она тилим!
Атоийдан сўз очсам,
Аҳмад Югнакий араз,
Аҳмад Яссавий десам,
Лутфий айтар мухаммас,
Сен туғилган кун бугун-
Миллат туғилгани рост,
Она тилим, Она тилим!
Ватан билан,
Тил мангу,
Қолгани бари ўтар,
Қай дилда шу сўз бор-ки,
Яшайди Аваз Ўтар,
Туркий тилим,
Омон бўл,
Тил бўлдинг умумбашар,
Она тилим, Она тилим!

@Мирзоҳид Ботиров
Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.

© Alixonto‘ra Sog‘uniy - «Turkiston qayg‘usi» kitobidan
"So‘z latofati" kitobidan

Arab tilidan o‘tgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda ko‘p: Aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina.

Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, Oynai Iskandar va hokazo. Harakat nomlari asosan turkiycha. Ko‘pgina so‘zlarning o‘zbekchasi ham, arabchasi ham, forschasi ham tilimizda barobar ishlatiladi.

Arabcha Alloh yonida forscha xudo, turkiy Tangri so‘zlarimiz bor.
Yurak ham, qalb ham, dil ham deymiz.

Arabcha ism, forscha nom, o‘zbekcha ot - ham o‘zimizniki.
Til, zabon, lison bizda shu sababdan beqiyos va rangin.

Erkin Vohidov
O‘zbekiston Qahramoni,
O‘zbekiston xalq shoiri
#Insho_tanlovi

🔰21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi va “Oktabr – ona tili va adabiyoti fani oyligi” munosabati bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 “a” va 7 “b”-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ona tili – millat ruhi”, “Navoiyni anglash – o‘zlikni anglash” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazildi.

🎉 Ta’kidlash joiz, mazkur tanlovning g‘oliblari 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili berilganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda taqdirlanadi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_dars

🔰21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi va “Oktabr – ona tili va adabiyoti fani oyligi” munosabati bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Mohigul Olimjonova tomonidan 7 "B"-sinf o'quvchilariga "Tilga e’tibor – elga e’tibor" mavzusida ochiq tarbiyaviy soat o‘tkazildi.

🟢 Dars avvalida M.Olimjonova o'quvchilarga tillarning kelib chiqish tarixi va bugungi holati haqida batafsil ma'lumot berdi. Shundan so'ng o'zbek tiliga oid videorolik namoyish etildi va tilimiz haqida o'quvchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

🟢 Shuningdek, o‘quvchilar o‘zbek xalq maqollari, sinonim so‘zlar, hikmatli so‘zlar, o‘zbek tilining izohli lug‘ati bo‘yicha “Ta’rifini keltiring” kabi o‘yinlar yuzasidan o‘zaro bellashishdi.

🟢 Dars yakunida M.Olimjonova o‘quvchilar bilan birga “Til sandig‘i” loyihasini amalga oshirishga kelishib oldi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

"Jubba" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Тўгараклар_фаолиятидан

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar dars mashg‘ulotlaridan so‘ng o‘z qiziqishi va yo‘nalishiga qarab to‘garak mashg‘ulotlariga qatnashishadi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlash bilan birga yanada yangi ilmlarni ham o‘zlashtirishmoqda.

Xususan, Abdulla Aralov rahbarligidagi "Yosh tarjimonlar" to‘garagi bugun yosh tarjimon-o‘quvchilar bilan gavjum. O‘quvchilar nasriy, she'riy va publitsistik maqolalarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girishmoqda.

Quyida to‘garak a'zosi Iroda Shodiyevaning tarjima she'rini taqdim etamiz:

Xotira

Doʻstim,
Xotirangdan qilma shikoyat,
Yoddan chiqarmoq ham yaxshi odatdir.
Yoddan chiqarmoq ham bir saodatdir,
Unutmaslik dardi ogʻir nihoyat.
Vaqtida unutsang,
Orom topar jon,
Qalb koʻtarib yurmas ortiq jafoni.
Mana men,
Yillarki, bir bevafoni
Esdan chiqarolmay kuyaman hamon.

Memento

My friend,
Don't complain from your memento,
Forgetting is good habit also.
Forgetting is happiness too,
Unforgettable is too hard sore.
If you forget in time,
Soul finds peaceful spot,
Heart doesn't carry torment anymore.
Here I am,
For several years, still opressed
By unable to forget the betrayer.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest
#Axborot_xizmati

🔰 Prezident taʼlim muassasalari agentligi va uning tizimidagi taʼlim muassasalarida hafta davomida sodir boʻlgan muhim xabar va yangiliklar bilan "Dayjest" dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

A'zo bo'ling:

➡️https://t.iss.one/hilola_umarova
➡️https://t.iss.one/D_Sobirova_PIIMA

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Harbiy_qismda_bir_kun
#Hamkorlikdagi_tadbir
#Dastur_ijrosi

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo‘lga qo‘yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘quvchilarida Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik xislatlarini tarbiyalash maqsadida harbiy qismlar va harbiy ta’lim muassasalari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

🏫Shu maqsadda, maktabning harbiy chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedov rahbarligida o‘quvchilarning “Harbiy qismda bir kun” tadbiri davomida DXX chegara qo‘shinlariga qarashli 9205-sonli harbiy qismga tashrifi uyushtirildi. Tashrif davomida o‘quvchilar harbiy qismda askar va zobitlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

🟣Xususan, harbiy xizmatchilar tomonidan o‘quvchilarga harbiy qurol-yarog‘lar namoyish etildi, chegara postlaridan o‘tish tartiblari, bunda talab etiladigan hujjatlar bo‘yicha tushuncha berildi. O‘quvchilarga “Qurolini qo‘lidan bermagan o‘g‘lon” nomli kinofilm namoyish etildi.

🎤 - “Harbiy qismda bir kun” tadbiri doirasida bugun o‘quvchilarimizning harbiy qismga safarini uyurtirdik, - deydi Otabek Ahmedov. - Bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad shundaki, o‘quvchilarni harbiy xizmatning sharafli va mas’uliyatli jihatlari, harbiy qismda askar va zobitlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish va shu orqali ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir.

* * *
🏫 Qarshi shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy aviatsiya bilim yurti mamlakatimizda harbiy uchuvchilarni tayyorlaydigan yagona ta’lim muassasasidir. Bu yerda kursantlar harbiy transport vositalarini boshqarish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi.

🟣 Shu ma’noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari maktabning harbiy chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedov rahbarligida mazkur bilim yurtiga sayohat uyushtirishdi.

✈️ Sayohat davomida o‘quvchi-yoshlarga harbiy transport vositalari, ularning havodagi maqsad va vazifalari, texnik xususiyatlari, uchuvchilar faoliyati haqida boshlang‘ich tushuncha berildi.

🟣 Shuningdek, maktab o‘quvchilari bilim yurtining faollar zalida o‘tkazilgan “Jadidlar kundaligi” to‘plami taqdimotida ishtirok etishdi. O‘quvchilarimiz tomonidan she’riy kompozitsiya va sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

🟣 Muhimi, harbiy qism va harbiy ta’lim muassasalariga qilingan ushbu safarlar o‘quvchilar ongida shukronalik hissi, hayotga muhabbat, o‘ziga ishonch, Vatanga sadoqat, yurt himoyasi sharafli va muqaddas burch tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

📸 Sayohat bo'yicha fotoreportajni pastda ko'rishingiz mumkin. ⤵️⤵️⤵️

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Sayohat bo'yicha fotoreportaj (1-qism)