Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.62K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Kitobxonlik_haftaligi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari uchun "Kitobxonlik haftaligi" tadbirlari doirasida "Hikmatni kitobdan izlang" mavzusida kitobxonlik aksiyasi o'tkazildi. "Ziyo" MChJ xodimlari tomonidan kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. O'quvchilar, tarbiyachi-ustozlar hamda ota-onalar yangi nash etilgan o'zbek va jahon adabiyoti durdona asarlari bilan tanishdilar. Ota-onalar o'z farzandlariga kitob tuhfa etdilar
✍️Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
#7_aprel_Butunjahon_salomatlik_kuni
#Salomatlikning_5_qoidasi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-aprel Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan 8-9 sinf o‘quvchilari bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Y.Jamolova, xotin-qizlar kengashi raisi L. Sulaymonova, maktab hamshirasi Sh. G'ulomhaydarova tomonidan " Salomatlikning besh qoidasi"mavzusida suhbat o'tkazildi. Tadbir avvalida o'quvchilarga "Sog' tanda sog'lom aql" mavzusida videorolik namoyish etildi.
Suhbat davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar
✍️Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
#Diqqat_tanlov

📣📣O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning ona Vatanga muhabbat, sadoqat, yuksak insoniy fazilatlar ulug‘langan samimiy, sodda, o‘tli she’riyatini o‘quvchi-yoshlarga chuqur singdirish maqsadida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov 3 yo‘nalishda tashkil etiladi:
🔹1-yo‘nalish: Nazm (shoir she’rlariga nazira bog’lash).
🔹2-yo‘nalish: Nasr (Shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar, Word, Times New Roman,12 shrift shaklida).
🔹3-yo‘nalish: Badiiy publitsistika (essе yozish, shoir she’ridan tahliliy maqola Word, Times New Roman,12 shrift shaklida).

👩🏻‍💼🧑🏻‍🏫Tanlovda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib ishtirokchilarning ijodiy ishlari tanlov tashkilotchilariga taqdim etiladi.

📺📰Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

🗓Tanlovning birinchi bosqichi barcha ijod maktablarida 2021-yil 10-apreldan 20-aprelga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblarning ishi hamda ular haqidagi ma’lumotlar tanlov tashkilotchilariga quyidagi telegram raqami orqali yuboriladi:
1)+998979907409
2)
+998911699820

⚡️🏆 Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir faxrli o‘ringa bir nafardan g‘oliblar aniqlanadi.
Tanlovda to‘qqiz nafar g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘oliblariga:
1-o‘rin - (3 yo‘nalishda) uyali telefon va 1-darajali diplom;
2-o‘rin - (3 yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 2-darajali diplom;
3-o‘rin - (3 yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 3-darajali diplom beriladi.
Tanlov go‘liblari 2021-yil 26-aprel kuni Muhammad Yusuf nomli ijod maktabida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusida o‘tkaziladigan ma’rifiy tadbir doirasida taqdirlanadilar.
#DTM_test
Bugun Abdulla Oripov ijod maktabida, Davlat test markazi bilan hamkorlikda 11-sinf o’quvchilaridan tanlagan yo’nalishlari bo’yicha 5 blokli sinov testi olindi.
✍️Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
#Kitob_taqdimoti

Abdulla Oripov nomidagi
ijod maktabida "Kitobxonlik haftaligi" kunlari davom etmoqda.Bugun 7-sinf o‘quvchilari Narsillayeva Maftunaning "Baxt shu'lasi" hamda Umrzoqova Gulsevarning"Orzuyim kamalagi"nomli she'riy to'plamlari кitoblari taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi Sharofat Ashurova, "Yurt tarovati" gazetasi bosh muharriri, jurnalist Nasiba Ibragimova, Qarshi shahar xalq qabulxonasi mutaxassisi Durdona Berdiyeva, Qashqadaryo teleradiokompaniyasi mutaxassisi Shahnoza Qosimova, ota-onalar, o'quvchilar va ustozlar ishtirok etdilar.Tadbirni ijod maktabi direktor o'rinbosari Yoqutxon Jamolova ochib berdi.
O'quvchilarning ijodiy chiqishlari, badiiy kompozitsiyasi barchaga manzur bo‘ldi. "Yurt tarovati" gazetasi bosh muharriri N. Ibragimova o'quvchilarga o'z sovg'alarini topshirdi.
✍️Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
#Abdulla_Oripov_80_yillik_tantanalari
#Yashnagay_toabad_ilm_fan_ijod
#Adabiyot_bayrami

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislik instituti professor-o'qituvchilari va talabalari tashrifi munosabati bilan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludiga bag‘ishlangan "Yashnagay toabad ilm-u fan, ijod" mavzusida ma'rifiy tadbir- adabiyot va ijod bayrami o'tkazildi. Tadbirda institut prorektori, pedagogika fanlari doktori Ro'zimurod Choriyev, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov,QarDU professori, Senator Abduraim Erkayev, shoirning rafiqasi Xanifa Mustafayeva, institutning Qarshi filiali rahbariyati ishtirok etdilar.Mehmonlar Abdulla Oripov haykali poyiga gul qo'yib, ehtirom ko'rsatdilar. So'ng shoir hayoti va ijodi aks etgan muzeyga sayohat qildilar. Ijod maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda institut talabalari bilan o'tkazilgan mushoira chinakam adabiyot bayramiga aylandi. O'zaro ijodiy hamkorlikka asoslangan ushbu tadbirda kelgusidagi loyihalar, ustuvor vazifalar belgilab olindi. Institut jamosi tomonidan o'quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.