Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.28K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Mitti_yulduz_jilolari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan respublikamizdagi barcha ijod maktablari o’rtasida “Mitti yulduz jilolari” she’riyat musobaqasi o'tkazildi. Musobaqa masofaviy tarzda tashkil etildi.
Musobaqada Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 1-o’rinni, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2-o’rinni, Isoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 3-o’rinni egalladilar.
G'oliblar qimmatbaho sovg'alar va diplom, "Mitti yulduz jilolari"statuetkasi, faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.

G'oliblarni tabriklaymiz!

✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
#xotira
Bugun O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xonodonida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi va adibning yaqinlari bilan birga shoirning yodgorlik lavhasi ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
Forwarded from Oripova Nozima
#dars_offline

Bugungi kunda Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilari ota-onalaridan “bahorgi ta'til uzaytirildimi?”, degan mazmundagi savollar kelib tushmoqda.

👩‍🏫 Mazkur savolga javoban Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda ta'lim karantin qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda, an'anaviy shaklda (offline) 29-mart kunidan boshlab tashkil etilishini ma'lum qiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Media_trening

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablari OAV va jamoatchilik bilan ishlash xodimlarining malakasini oshirish maqsadida 3 kunlik o‘quv-treningi tashkil etildi.

👩‍💻 Treningning birinchi kunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jumalistika fakulteti Audiovizual jumalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedrasining dotsenti, “Oltin qalam” sohibasi Nargis Qosimova qatnashchilarga tashkilot imidjini shakllantirishda PRning ahamiyatini tushunitirib berdi.

🧑🏻‍💻 Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakili Nurali Oripov ham treningda ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish tog‘risida”gi qarorida axborot xizmati uchun belgilangan vazifalar xususida gapirib o‘tdi.

⚡️Online trening qizg'in, savol-javoblarga boy, interaktiv usulda o'tmoqda.
#Milliy_tiklanishdan_milliy_yuksalish_sari
#munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi’” qarori va uning ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini qo’llab-quvvatlash haqida respublika ommaviy- axborot vositalariga Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o’qituvchi va o’quvchilari o’z munosabatlarini bildirdilar.

✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
2021 yil 30-mart kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi rahbarlar, o’qituvchi va o’quvchilari, ishchi xodimlaridan Covid-19 kasalligini oldini olish maqsadida Viloyat DSENM xodimlari tomonidan test namunalari olindi.

✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati